Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə454/473
tarix02.01.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#44324
1   ...   450   451   452   453   454   455   456   457   ...   473
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8

www.ziyouz.com kutubxonasi 
372
Onamiz Hazrati Oisha raziyallohu anho aytadurlar: 
Rasululloh o‘zlariga yetgan zulm uchun hech kimdan qasos olmadilar. Balki hammani afv 
qilib, gunohlaridan kechar edilar. O‘z oilalariga, boshqa hech bir odamga til, qo‘llari 
tegmay dunyodan o‘tdilar. Kishilar bilan qilgan muomalalari, ularga qilgan yaxshi 
odatlari hammaga yoqimlik edi. Rasululloh bilan suhbatlashgan kishilar: 
«Rasululloh hech kimni bizdan ortiq yaxshi ko‘rmasalar kerak», deb o‘ylashar edi». 
Sahiyliklari to‘g‘risida hazrati Jobir shunday aytadur: 
«Rasulullohdan kim bir narsa so‘rasa «yo‘q» deganini eshitmas edik. Ayniqsa, Ramazon 
kunlarida boshqa kunlardan ko‘proq Jabroil alayhissalom bilan ko‘rishar edilar. Ana shu 
chog‘da Rasulullohning saxovatlari, shamol esganda barchaga barobar tekkanidek
hammaga bir tekis yetib turar edi. 
Bir a’robiy kelib: 
— Yo Rasulalloh, bir tuyaga muhtoj bo‘lib qoldim. Shuni sizdan so‘rab keldim, — dedi. 
Shu kuni unga bergudek hech narsalari yo‘q edi. Shunday bo‘lsa ham, yo‘q demasdan: 
— Menim ustimdan o‘zingga yaragudek bir tuya sotib ol. Bahosini men to‘layman, — 
dedilar. 
Anda Hazrati Umar: 
— Yo Rasulalloh, qo‘lda yo‘q narsa bo‘lsa, qarz qilib birovga berishga Xudo 
buyurmagandur, — dedi. 
Rasulullohga bu so‘z yoqmadi. 
Anda ansorlardan biri: 
— Yo Rasulalloh, Xudo yo‘lida ayamay sarf qilabering, Arsh egasi ulug‘ Alloh hech 
qachon sizni unutmaydi, — dedi. 
Muning so‘zini anglab, suyunganlaridan kulib: 
— Alloh meni shunday qilishga buyurgandur, — dedilar. 
Rasululloh collallohu alayhi vasallamning Toif, Hunayn g‘azotlarida tushgan hisobsiz o‘lja 
mollarni taqsim qilishlari, qonlariga tashna bo‘lgan dushman askarlariga ko‘rsatgan 
mehribonchiliklari saxovat va muruvvat bobida qandog‘ ulug‘ darajada ekanliklariga 
ochiq dalildur. Bularning har birini o‘z o‘rnida yozib o‘tganmiz.  
Ammo Rasulullohning shijoat-bahodirliklari bo‘lsa, hammaga ma’lum edi. Bu ulug‘ sifatni 
ham Alloh taolo kamoli bilan Payg‘ambarimizga bermish edi. Xudo yo‘lida bo‘lgan 
urushlarda o‘zlaridan uch-to‘rt barobar ortiq dushman qarshisida tog‘dek tebranmay 
turar edilar. O‘zlari bosh bo‘lib chiqqan urushlarning hech qaysisida bir qadam ham 
orqaga chekinmadilar. Har qanday katta bahodir bo‘lsa ham urush maydonida olg‘a 
intilish, orqaga chekinish bo‘lmasga chora yo‘qdur, yolg‘iz Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam hech bir urushda orqaga qaytmadilar. Yo urush o‘rnini saqlab turdilar, yoki 
oldinga qarab qadam qo‘ydilar. 
Hazrati Ali aytur: 
— Urush maydoni qizishib, bahodirlar hayqirishib, qo‘rqoqlar yuragi bo‘g‘ziga tiqilib 
kelgan qo‘rqinchlik chog‘larda hammamiz Rasulullohga qarab qolur edik. Oldimizga 
tushib, dushmanga eng yaqin turar edilar. Biz Rasulullohni pana qilib urushar edik. 
Yana Rasululloh bek hayoli edilar. Hayo iymonning yo‘ldoshi, iymon daraxtining eng 
ulug‘ shoxi erur. Abu Sa’id Hudriy rivoyat qilur: «Pardasidan chiqmagan qizning 
hayosidan ham Rasulullohning hayosi kuchli edi. Ko‘p so‘zlarni kishilar yuziga aytmasdan 
uyalib gapirmasdilar. Agar birorta kishi noto‘g‘ri ish qilgan bo‘lsa, darhol uni yuziga solib, 
otini aytmas edilar. Balki falon qavm, yo ba’zi kishilar nega shunday qiladilar, degan so‘z 
bilan ul ishning to‘g‘ri emasligini bildirardilar». 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam nihoyat xushqiliq, istaralari issiq, qarasang 
kulimsirab turgan, so‘zlari silliq, kishiga yoqimlik, ochiq yuzlik, keng ko‘ngillik, chin 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   450   451   452   453   454   455   456   457   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin