Microsoft Word texnik tizimlarni boshqarish fanidan


-Mavzu: Korxona faoliyatini rejalashtirish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/56
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#181668
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   56
O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi A

6-Mavzu: Korxona faoliyatini rejalashtirish. 
REJA: 
1.Rejalashtirishning moxiyati va korxona faoliyatini baholash usullari, rejalashtirish 
jarayoni hamda yechim qabul qilish. 
2.Reja tuzishning variantlari. 
3.Korxona tuzilishi va rejalashtirish. 
4.Tavakkallikni baholash. 
5.Rejalashtirish boshqarishning muhim vazifalari. 
1.Rejalashtirishning moxiyati va korxona faoliyatini baholash usullari, 
rejalashtirish jarayoni hamda yechim qabul qilish. 
Rejalashtirish jarayoni deganda rejali-iqtisodiy masalalarning turkimlarini va 
ruyxatini, ketma-ketligini, ularning yechish vositalari va usullarini tushunish lozim. 
Rejalashtirish bu korxona uchun maqsadlarni tanlash jarayonini bildiradi, shu bilan 
birga ushbu maqsadlarni amalga oshirish yo’lida qanday yechimlar qabul qilish 
lozimligini ko’rsatadi. Ustuvor (strategik) rejalashtirish barcha boshqarish yechimlari 
uchun asosini ta’minlaydi. Uning faoliyatiga resurslar (sarmoyalar, yer, Mehnat, 
tadbirkorlik kobilyati) ni taksimlash, tashki muhitga moslashuv, ichki muvofiklashuv 
va tashkiliy bosh vazifani tanlash kabilar kiradi. Bosh maqsad oliy rahbar tomonidan 
shakillanadi va ishlab chiqiladi. SHaxsiy korxonalarda korxonaga asos solgan odam 
(mulkdor) o’zining maqsadlarini kushib olib borishi va uni korxona rejasida amalga 
oshirishi mumkin. Bosh vazifa va maqsadlarni aniqlangandan keyin rahbariyat tashki 
muhitni quyidagi uchta ulcham bilan baholaydi:
1).Joriy rejalashtirishning har xil yo’nalishlarda paydo bo’ladigan 
o’zgarishlarni baholash: 
2). Korxonaning joriy bosh yo’nalishi uchun qaysi omillar xavf solishini 
aniqlash. 
3). Rejani to’g’rilash yo’li bilan korxonaning maqsadlariga erishish uchun 
qaysi omillar yuqori imkoniyatga egaligini aniqlash. 
Omillar sifatida quyidagilarni tahil etish lozim: 


44
Iqtisodiy, siyosiy, bozor, texnologik, xalqaro, raqobatchilik va ijtimoiy xulk
tashki xavf va imkoniyatlar ruyxati. 
Rejaning hamma ko’rsatkichlari bo’yicha boglangan umumiy yechim olish 
uchun ba’zi bir masalalarni o’zaro kichiq yechimlarini moslash usullarini ishlab 
chiqish, har bir masalani quyilishi va yechimi uchun javobgar bo’limlar tarkibi va 
shaxslarni aniqlash va nixoyat umumiy reja bo’yicha belgilangan davrada yechim 
qabul qilish katta ahamiyatga ega. Yechim qabul qilishda hisobga olishning mavjud 
usullari va tavakkal baholashlarni tahil etishga asoslanib, olimlar( O. Lange, P. 
Fishberna, T. Bochkan, R Kinni, X Rayfi, A. Pervozvanskiy, L. Yevlanov, O. 
Lorichev va boshqalar ) ikkita asosiy yo’nalishlarni ajratib ko’rsatgan edilar. Bu 
usullar foydalilik nazariyasi va «muvozanatli ifodalash» usulidir. Foydalilik 
nazariyasi ma’lumotlari noaniqligi darajasi tobeligidan kelib chiqkan ko’pgina 
mumkin bo’lgan yechimlarni qisqartirish usullrini beradi. Juda ko’p mumkin bo’lgan 
yechimlarda yagona yechim qabul qilishni insonga yuklatiladi. 
Rejalashtirishning uslublari alohida ko’rsatkichlar va rejaning bo’limlarini 
ishlab chiqish uchun zarur bo’lgan, ularni o’zaro muvofiklashtirish va boglash hamda 
rejaning bajarilishini tahil etish uchun zarur bo’lgan texnikaviy-iqtisodiy va iqtisodiy-
matematik hisoblashlarning muayyan usullarini ifodalaydi. Rejalashtirishning 
talimoti (ilmiy metodologiyasi) ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish rejalari ishlab 
chiqishning umumiy talablari va usullari yigindisidir. U uslublar va rejalashtirishni 
tashkil etish amalga oshiriladi. 
Rejalashtirishning ilmiyligi ilmiy kerakli ilmiy bashorat qilish, jamiyat 
extiyojini aniqrog o’rganish, o’zok muddatli oldindan bilishni ishlab chiqish, 
hisoblashdagi variantlar o’tkazishlarni kuzatadi. Ilmiy-texnik taraqqiyotlar, 
matematika, iqtisodiy kibernetikaning barcha yo’nalishlari zamonaviy EXT lari, 
rejaning texnik-iqtisodiy asoslangan barcha ko’rsatkichlari va ilmiy asoslangan 
me’yor va me’yorlashlarning ilg’or tizimlarini qo’llashlarini hisobga olgandagina 
rejalashtirishning ilmiyligini oshirishga erishiladi.
Rejalashtirishning muhim vazifalaridan biri: istiqboldagi va joriy rejalarni 
ishlab chiqa olish bilimlarni shakillantirish va rejalarni ishlab chiqishdagi ilmiylik 


45
darajasini oshira olish bo’yicha korxona jamoasi mo’ljallangan chora tadbirlarni 
ruyobga chiqarish. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin