Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/120
tarix06.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#152649
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
117
uygur bolalarini kommunistlik ruhida tayyorlamish edilar. Mana, baxtimizga qarshi, biz 
sho‘rlik qo‘lga olingan kunimizdan boshlab otasini tanimagan shu bolalar oldida so‘roq 
berishga majbur bo‘ldik. Endi esa, bizning ustimizda qanchalik ogir ishlar o‘tganligini, 
mening shu so‘zlarimdan keyin,oqil odamlar to‘liq tushunib onglagandirlar. 
Shu bilan ertasi kuni o‘z soqchilarimiz kelgach, odatdagi ishlar bilan uchinchi 
qo‘nalg‘uga qarab jo‘na-dik. Qopsalan suvidan o‘tib ketayotganimizda To‘ra oxunning 
ko‘ngli buzilib: «Bu zolimlar bizni sog‘ qo‘yishiga ko‘zim yetmaydi, kechaning 
qorong‘ulig‘idan foydalanib, boshqalarga qaramay ikkovimiz qochaylik. Jangal yo‘liga 
yetib olsak, u yog‘iga o‘zim boshlayman», deb meni qo‘zg‘ab ko‘rib edi; bu ish xatarlik 
bo‘lgani uchun rozilik bermadim. Shu bilan yurib kechga yaqin Sayram qishlog‘iga 
yetdik. 
Bu joyning Sayram atalishining sababi esa, bundan 200 yillar oldin yerlik xonlarining 
ittifoqsizligi, hukumatlarining kuchsiz rasvoligidan foydalanib, G’ulja xoni qalmoq 
Ko‘ngtoji talonchilik qilib, o‘lja asir olmoq uchun G’uljadan askar tortib chiqadi va 
Sayram shahrini qamal qiladi. Atrofdagi Buxoro, Xorazm xonliqlari esa tomoshachi bo‘lib 
qarab turadilar. Bir necha kunlar o‘tkach, qalmoqlar himoyasiz qolgan shaharga bostirib 
kiradilar. Talab bulab, vayron talqon qilgan so‘nggida, ikkinchi o‘zlariga qarshilik 
ko‘rsatmaslikka garov olgandek bo‘lib, ko‘zga ko‘ringan yurt yaxshilaridan 30 necha 
uylik oilani, o‘z odatlaricha, oq uylik qilib olib ketadilar. 
Ko‘ngtoji o‘lgan so‘nggida, Oqsuv Uchturpon yo‘li bilan ular o‘z eliga qaytib 
kelayotganlarida, shu yerga yetgach qarasalar, bu yer ham ona Vatanlari Sayram 
erlariga o‘xshab ketar ekan. Rost, bular deganlaridek oqar suvlarining mo‘lligi, atrofdagi 
adirlarning ekinlik bo‘lishi bilan, ikki Sayramning bir biriga o‘xshagan yeri bordek 
ko‘rinadi. Bu bahona bo‘lib, horib charchab kelayotgan xalq bir ikki yil shu yerda turib 
hordiq olaylik, qachon el tinchib, yo‘llar ochilib ketar ekan, shunda yurtimizga qaytarmiz 
degan bo‘lsalar ham, o‘sha zamon sharoiti to‘sqinlik qilib, shu yerda qolib ketgan 
ekanlar. 
Yoqubbek tarixini yozgan va ham o‘zi uning xizmatida bo‘lgan Muso Sayramiy shu biz 
yozayotgan Boy Sayramlik kishidur. Tarixga qiziquvchilar u kishining chig‘atoy turkcha 
yozilgan «Tarixi Aminiya» asarini topib o‘qisinlar. Bu kitobda har yoqlama foydalik 
so‘zlar ko‘pdir. Bu yerga kelganimizda yerlik qariya kishilar bilan ko‘rishib, ulardan bu 
to‘g‘rilik oz ko‘p tarixiy ma’lumot top moqqa qiziqqan bo‘lsam ham, haydabog‘la bilan 
ixtiyorsiz bo‘lganlikdan, bir kechagina yotib ketishga to‘g‘ri keldi. Shu yerdan chiqqan 
kunimizdan boshlab Oqsuvga yetguncha, yulg‘unto‘g‘roq yog‘ochidan boshqa narsa 
unmagan qumluq yo‘l bilan yurib ertasi beshinchi kuni deganda, kechga yaqin Oqsuv 
shahri qopqasiga yetdik. Sapl ichiga kirgach, hech bir yerda to‘xtamasdan, to‘g‘ri 
turmaga keltirib, bizni topshirishdi. Bu voqea 1938 yili, avgust oyining boshlarida 
bo‘lgan edi. 
Shing Duban hukumati pardasi ostida yoshiringan sovet Rusiyasining eng qonlik, 
fojialik kunlari esa 37 yili boshlanib, 38 39 yillarda eng yuqori avjiga chiqqan edi. Baxtga 
qarshi ko‘rgilik ekan, nakd shu qora davrning eng fojialik kunlarining birida men 
turmaga olinmish edim. Bu zulmxonaga birinchi qadam qo‘yib kirganimdayoq 
yo‘ldoshlarimdan ajratib, har birimizni har yoqqa tarqatdi. Meni ham har yoqdan olib 
kelingan bir to‘p janivorlar ichiga kirgizib qo‘yishdi. Qarasam, bir qanchalari qozi, mufti 
a’lam, oxunlardan boshlab, imomoxun, mazinoxun bo‘lsalar, qolganlari shangyu, begim, 
dubbegi, yurt oqsoqoli qatorlik qop qora hech narsadan xabari yo‘q kishilar ekan. 
Boshqalari esa ozdur ko‘ddur yeri, suvi bor, yoki yuqoridagilarga bog‘lanishi bor odamlar 
ekan. 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin