www.ziyouz.com kutubxonasi
120
xalqqa tanitildi va tanitilmoqda. Bu kitobning nashrga tayyorlanishi va
chop etilishi ham
bobomiz vasiyatlarini amalga oshirish yo‘lida qo‘yilgan yana bir qadamdir. Otamiz og‘ir
kasallikka uchraganligiga qaramay, bobomlarning vasiyatiga binoan bu kitobining
davomini yozishga kirishdilar va o‘zlari to‘g‘ridan to‘g‘ri ishtirok
etgan Sharqiy Turkiston
Ozodlik inqilobining tarixiy voqealari yuzasidan o‘z fikr mulohazalarini bildirdilar. Kitobda
bobomizning Oqsuv turmasidan
qanday chiqishi tarixi, Ozodlik inqilobi oldidan Sharqiy
Turkistondagi vaziyat, Inqilob taassurotlari va ishtirokchilari haqida, Sharqiy Turkiston
islom jumhuriyati va uning faoliyati, bobomizning bu ishni amalga oshirishda ko‘rsatgan
shijoat va qahramonliklari to‘g‘risida so‘z boradi. Nasib
etsa ikkinchi kitob ham shu
tarixiy voqealarga qiziquvchi kitobxonlarga yaqin kunlarda taqdim etilajak.
Bobomlarning bu mazkur tarixiy asarini mulk egalari vakillarining ijozati ila nashrga
tayyorlash va chop etish uchun kompyuterga kiritishni 2002 yil 16 martda boshlab ulug‘
ramazon
oyi ichida, ya’ni 24 noyabrda Alloh yordami ila yakunladim.
Uvaysxonto‘ra Shokirov.