www.ziyouz.com kutubxonasi
58
kelolmasdi. Ilk daf’a xutba juda ham hayajonli edi. Xayolida ba’zi mavzular jonlanar,
lekin hech biriga ko‘ngli chopmasdi.
Asrdan so‘ng maktabdan qaytarkan ko‘zi yerda, xayoli mavzu tanlash bilan mashg‘ul.
O’ylay-o‘ylay og‘ir-vazmin odimlardi. Yonidan o‘tayotganlarning ayol, erkakligini
farqlamasdi.
— Xusayin, yo‘l bo‘lsin! Boshini qo‘tardi.
— Qalaysan, Husayin?!
— Xudoga shukur. Tinchliq O’zing qalaysan?
— Allohga shukur. O’ychan ekansan.
— Shukur, yaxshi. Yomon emas.
— Alloh yaxshilikdan ayirmasin.
— Omin.
Ajrashdilar. Ora-sira ko‘rishib turadigan samimiy do‘sti. Yurishda davom etdi. Eski
o‘ychanlik tarqalib ketdi.
Bugun chorshanba, Cho‘rim bozori qizg‘in. Yo‘llar odatdagidan ko‘ra tiqilinch. Yaqin
qishloqlardan kelganlar endi ketmoqchiligini ma’lum qilganday magazinlari oldiga
qo‘ygan yuklarini hozirlashmoqda. Doira (aylana do‘kon)lardan bir oz erta chiqqan ayol-
erkaklar qo‘llarida to‘rxalta olib bozorga shoshilibroq ketishmoqda. Eski hokimiyat binosi
bo‘lgan tarafdan Qubbali Jom’e yo‘nalishida kelgan avtobus yomg‘ir suvlarini
sachratmasin deya bir chetga chekinib, o‘tib ketishini kutib turdi.
Jome’ ro‘parasidagi magazinning yonida cho‘kkalagan kampir Xusayinning diqqatini
tortdi. Ustidagi liboslar faqirligiga, yuzidagi ajinlar umr bo‘yi mashaqqat chekkaniga
dalolat edi.
Oldida bir savat bor edi. Bir ko‘li bilan savat tutqichidan ushlab, shu qo‘li ustiga
peshonasini suyab turar, chuqur-chuqur nafas olardi. Oldidan o‘tgan avtobus sachratgan
suvlari bezovta qilmas yoxud chekinmoqqa toqati va majoli yo‘q edi. Boshini kutardi.
Atrofdan o‘tayotganlarga yordam umidida bokdi.
Shu orada oldidan o‘taetgan ochiq-sochiq xotin uni turtib, chetga itardi va yo‘lida davom
etdi. Uch qadamcha yurib, yana qaytdi, sumkasidan hamyoninn olnb, undan kampirga
pul uzatdi. Bu payt Husayin ham ularga uch-to‘rt qadamcha yaqinlashib qolgandi, Momo
avval qo‘liga tushgan pulga, so‘ng uni bergan ayolga qaradi, pulni qaytardi:
— Tilanish uchun o‘tirganim yo‘q, charchadim, — dedi. Pokiza insonlarga yarashadigan
muomala edi bu. Tilanadigan ahvolga tushmaguncha bu yo‘l bilan qorin to‘ydirishni
munosib ko‘rmaslik doim ham uchraydigan fazilat emas. Bu pul olinsa ne bo‘lardi?
Bergan ham, olgan ham zarar qilmasdi. Ammo «mendan muhtojroqlar bordir» deya
zirqiragan vijdonga ne deymiz?
Ko‘cha boshlarida o‘tirib kelgan-ketganga qo‘l ochganlarni, kechgacha zshikma-eshik
kezganlarni o‘iladi Husayin... Bu odamlar o‘rtahol hunarmand yoki do‘kondorni ortda
qoldiradigan pulnn qo‘lga kiritishmoqda...Hatto bular orasida bozorma-bozor
kezadiganlari ham bor. Bir necha kun burun bir baqqol bitta tilanchini dushanba kuni
Majido‘zuda, seshanba kuni Singurluda, Chorshanba kuni Ko‘hna (So‘rgun)da,
payshanba kuni Olachada, juma kuni Cho‘rumda ko‘rganini aytgandi.
Bunday mablag‘ tikish talab qilinmaydigan «san’at»ni kim ham sevmaydi. Sarmoya yo‘q,
soliq to‘lash yo‘q, «bo‘sh turgan qo‘lni Alloh sevmaydi», deya eshiqdan-eshikka sang‘ib,
do‘kondan-do‘konga izg‘ir va bir-ikkita duoni ming‘nrlashdan iboratmi bu «san’at».
Bunday tilanchilikning qanday qiyinchiligi bor?
Xo‘sh, toptalgan or-nomus, yo‘qotilgan odob va iffat tuyg‘usig‘a nima deysiz? Bularning
hech qanday qadri yuqmi?
O’gay ona (roman). Ahmad Lutfiy Qozonchi
Dostları ilə paylaş: |