www.ziyouz.com kutubxonasi
2
ko‘rmagan qarindoshini nechun bu qadar jiddu jaqd bilan qo‘riqlaydi? Javob oddiy:
kaltak yeyishdan qo‘rqish... Ha, shu qo‘rkuv bo‘lmasa, tayoqemasaedi... Boy bolalari
yegan shokoladdan ko‘proq tayoqlar... o‘rniga mehr-shafqat, muruvvat ko‘rsa edi, balki
qarindoshini bundan ko‘proq avaylardi. Joni achib, yaxshi ko‘rib, o‘zi istab qarardi.
Shafqat va marhamat yulduzlar qadar uzoq ekan, u o‘ziga yuklangan yumushlarni
ko‘ngildan, mehr bilan ado etolmas edi.
Yo‘l o‘rtasiga kelganda qizaloqning oyog‘i qayrilib, yiqilib tushdi. Bola uni darhol
turg‘azdiyu, faryodini to‘xtatolmadi. U qizaloqni kuchib chetga yetakladi, kiyimlarini qoqa
boshladi. Qizcha yig‘idan tinmasdi. Qarshi tomondan ochilgan eshikdan bir ayolning
boshi ko‘rindi. Atrofga alangladi, bolalarni ko‘rdi. Yo‘lda erkak yo‘qligini bilgach, tezroq
yurdi:
— Razil, yana bolani yig‘latding, hozir senga ko‘rsatib qo‘yaman!
Yuqoridan ochilgan derazadan yosh qiz ovoz berdi:
— Sanixahola, Ismoilning aybi yo‘q. Bolao‘zi yiqildi. O’z ko‘zim bilan ko‘rdim.
Sanihaxonim, uning bu aralashuvidan mamnun emasligini ta’kidlagan ohangda javob
berdi:
— Yaxshi qarasa yiqilarmidi, singlim? Ko‘r bo‘lgur, hech qaramaydi go‘dakka.
So‘ng bolalarga o‘girildi. Yuqorqdagi qiz:
— Alloh haqqi, u aybdor emas! — deya bakirdi. Lekin Sanihaxonnm quloq solmadi,
kattasini birikki shapaloqlagach, kichigini quchog‘iga oldi:
— Kel qo‘zichog‘im, yagonam! So‘ng Ismoilga o‘girildi: Uyaltirma, ikki tarsaki nima
degan gap? Naq oyog‘imning ostigaolib tepkilardimku.... —deya o‘dag‘aylab, bolasini
yetaklab uyi tomonga yo‘l oldi.
Ismoilning nohaq jazolanishi o‘ynayotgan bolalarga tekin tomosha bo‘ldi. Ikki daqiqa
davom etgan bu shafqatsiz voqea ularni tinchlantirdi, hatto dam oldilar.
Ismoil yig‘lar ekan, ular yana o‘yinlariga berilib ketdilar. Bu orada yon tomondagi eshik
ochilib, haligi baqirgan qiz chiqdi va Ismoilni chaqirdi:
— Ismoil! Ismoil!
Ismoil qayrilib qaradi.
— Buyoqqa kel!
Bordi. Qiz uni ichkariga taklif etarkan:
— Ol, mana bularni, ye! Mana bunga esa ko‘ngling istagan narsani sotib ol, —deya
qo‘lidagi qandlarni unga uzatdi. Boshqa ko‘lida esa ellik qurush bor edi.
— Kerakmas, Fotima opa.
— Olmasang xafa bo‘laman, opa demaysan.
Ismoil hiqillashini bosolmadi. «Bular nimaga ham yarardi, hech qanday foydasi yo‘q»,
deganday oldi. Cho‘ntagiga soldi.
— Kel yuzingni yaxshilab yuv, Ismoil, —deb Fotima zinada turgan suraxi (grafin)ga
uzaldi, Ismoil hiqqillab:
— Opa, o‘zim yuvaman, ovora bo‘lmang.
— Men kuyib tursam, yaxshiroq yuvasan. Quloqsiz bo‘lma! Ismoil yuzini yuvdi. Fotima
sochiq keltirib bolaning yuzini artdi va
o‘pib ko‘ydi.
— Bir narsa kerak bo‘lsa, yonimga kel, maylimi, Ismoil.
Ismoil uning ko‘zlariga qaradi. Ezilib qaradi. Ko‘zlari yana yoshlandi.
— Mening ham sizday opam bo‘lsaydi?!—deb cho‘ntagidan chiqargan kir ro‘molchani
ko‘zlariga olib bordi.
— Men sening opang emasmanmi, Ismoil?! Doim yonimga kelib tur.
— Qanday kelaman? Bu yerga kirganimni ko‘rsa, o‘ldiradi meni.
O’gay ona (roman). Ahmad Lutfiy Qozonchi
Dostları ilə paylaş: |