www.ziyouz.com kutubxonasi
3
Tashqariga yo‘nalib, o‘z eshiklariga bir qarab qo‘ydida, devor tagiga iyagi bilan qo‘llariga
tayangancha cho‘nqayib o‘tirdi va yig‘lay boshladi.
Sanihaxonim Ismoil yegan tayoqlar jannatdan chiqqan deydi. Orasira shunday
deyishdan Ismoilni urib zavqlangani kabi zavq oladi. Jannatdan chiqqan narsa faqat
tayoqmi? Yoxud tayoqning jahannamdan chiqqan turi yo‘qmi? Modomiki, jannatdan
chiqqan ekan, nechun Salma bilan birga totmaydi bu tayoqni?! Ismoil kichik boshi bilan
bularni tushunganday bo‘lar, yig‘lar, faqat tuzukroq, to‘g‘riroq javob topolmasdi.
Topgandan ne foyda? Tayoq jannatdan chiqqanmi yoki do‘zaxdanmi, baribir Ismoilning
joniga azob beraveradiku, Ismoil shunday xayollar bilan band bir paytda yuqorida ikki
ayol o‘rtasida shunday suhbat kechardi:
— Pastda nima qilib yuruvding, Fotima?
— Ismoilning ko‘nglini ko‘tardim, ona.
— Birovning bolasi bo‘lsa, senga nima, qizim? Onasini bilasanku, dimog‘idan qurt
yog‘adi. Nega aralashasan demaydimi?..
— Desin, ona, deb ko‘rsin?! Zulm emasmi go‘dakkinaga?! Onasi bo‘lmasa, shuncha ezish
kerakmi? Aslida onasizligini bildirmasligi zarurku... buning o‘rniga bunday ish tutsa, jon
chidaydimi?
— Bu insonlik emas, ammo na chora, nima ham qilarding?! Kimga
dod deysan, kimga tushuntirasan, qizim?! Hamma yerda
shunday. Qaysi o‘gay ona yetim bolalarni bag‘riga olibdi?! O’z bolasiday ko‘ribdi?
O’gaylik qilmagan o‘gay ona bormi? Qani bunday fazilatlar, qizim?
— Menga qolsa, bu bolaga zulm qilinmasa deyman. O’z dardi o‘ziga yetib ortadi. Ona
mehriga muhtoj, ko‘ngli vayron bolaga qanday muomala qilishmoqda, bilmadim. Qanday
inson bunday muomala qiladi, qaysi axloq kitobida bunga o‘rin bor?! Qay vijdon bunga
chidaydi, bilmadim, ona, bilmadim..!
Shu kecha Fotima, uxlay olmadi. Ko‘zlarini yumishi bilan Ismoilni ko‘rar, u yig‘lar,
to‘xtovsiz yig‘lardi. Bu bolaning yolg‘iz aybi — onasining o‘lgani, yetimligi. Aslida, unga
bu yoshda parvarish, ona mehriga muhtoj g‘amli yuragiga, mahzun ko‘ngliga malham
zarur edi. Lekin qayda malham?! Qani, u mehribon inson?! Insoniylik amriga kuloq
tutgan bormi? Muruvvat, marhamat yo‘lidan yurguvchi qani? Qani, o‘z diniy burchini
o‘ylaganlar?! Qaerda?!! Axloqiy vazifasini o‘taydiganlar qayda, qayokda, qani?!
Agar Janobi Payg‘ambarimiz tug‘ilmasdan yetim qolganlari eslansa, har yetimga qilingan
yaxshilik Alloh huzurida ul zotga qilingan yaxshilik singari qabul qilinishi o‘ylansa,
shunday hodisalar sodir bo‘larmidi?! Aslida katta odam ham ko‘tarolmaydigan yuk
bechora, yoshgina go‘dak yelkasiga qo‘yilgan edi. Onasi vafot etgandan buyon hayoti
vayron, ko‘ngli chilparchin, dunyodan bezgan. Bezdiruvchi tayoqlar, haqoratlar
paydarpay yog‘ilib, peshma-pesh kelib turar, faqat yaxshi so‘z, mexrmuruvvat,
marhamat ko‘li tasodifan bo‘lsa-da, hali uning darvozasini, ko‘ngil eshigini ochmagandi...
Ha, jajjigana Ismoil bu holga bardosh berar, istaristamas bu og‘irliklarni ko‘tarardi.
Ko‘tarmasdan nima ham qilardi?! Arzimas xatosi uchun ham kaltaklaydigan o‘gay onauni
parvarish qilarmidi?! Unga yoki otasiga bularni aytib, dardiga darmon toparmidi?!
Ismoiluchun bu ishlar g‘oyat mushkul edi. Otasi yonida ham o‘gay onasidan ko‘p bor
haqorat eshitgan, kaltak yegan, ammo otasi uning yonini olmagan. Aqalli biron marta
o‘gay onaning qo‘lidan tutmagan. Yo‘qsa, shunday bo‘larmidi? Loaqal oqshom uyga
qaytgan otasini xursandlik bilan qarshilab, quchog‘iga otilmasmidi?! Qachon bunga jur’at
qila olgan? Fotima bunday holatga shohid bo‘lmagan. Ammo oqshom uyga qaytgan ota
qarshisida boshi egik, o‘ylay-o‘ylay uyga kirib ketgan maxzun Ismoilni ko‘p ko‘rgan.
Balki bir oz keyin bu kamchiliklar botar vau otasining ko‘lidan tutar... Balki har kim o‘z
aybi uchun o‘zi jazolanar... Balki qarindoshi qilgan xatosi uchun Ismoil jazolanmaydigan
O’gay ona (roman). Ahmad Lutfiy Qozonchi
Dostları ilə paylaş: |