www.ziyouz.com kutubxonasi
8
Odilbek namozxon, xushfe’l, xushbichim, fayzli bir inon edi. U haqda eshitilgan qisqa
ma’lumot — shu. Fotimaning onasi bunday turmushga rozi bo‘lmaydiganga o‘xshardi.
Ikki yetimga qarash oson bo‘ptimi?! Uni muamolar kamroq,har jihatdan to‘kin oilaga
uzatmoqchi edi. U to‘g‘rida qizi bilan maslahatlashdi:
— U odam yaxshilikka yaxshi emish, ammo ikki yetimn or, qizim, nima qilasan?
— Ularga farzandimday qarayman, ona bo‘lib tarbiyalayman.
Ona bo‘lib qarash osonmi, qizim? Saniha nima qildi? Ismoil yegan tayoqlarni
ko‘rmayapsanmi? Bola shuncha zulm ko‘ryapti, Saniha shuncha gunoh orttiryapti.
Xo‘sh, Sanihaxonim onalik qildimi, buni istadimi,bunga tirishdimi? Kelganining uchinchi
kuniyoq Ismoil uydan yig‘lab chiqmaganmidi? Qachon Ismoil Salmaday go‘zal, toza
liboslar kiydi? Qachon Salma bilan teng ko‘rildi? Salmaga qarashdan ortib, biror marta
do‘stlari bilan o‘ynadimi? Aminmanki, u uyda Salma Sanihaxonimning bolasi, Ismoil esa
uning xizmatkoriday ko‘riladi. Hatto xizmatkorga ham bunday muomala qilmaydilarku.
— Qizim, bir narsa menga ma’lumki, yetimning qahri qattiq bo‘ladi. Qancha urinma,
o‘zingni ularga ona sifatida tan oldirolmaysan. Senga bir narsa aytaymi? Yetimg‘esirsiz,
qaynonasiz, bolasiz oilaga kelin bo‘lishing kerak. Nega o‘zingni zaxmatga urasan,el
qilmaganni qilasan?
— Ho‘sh, unda bu bolalar nima bo‘ladi, ona? Bironta o‘zini bilmaydigan kelib har xil
zulmlar o‘tkazsa, bechora bolalarning
HOAI
ne kechadi, ularning aybi nima, ona?
— Senga nima, Fotima? Birovning bolasi bo‘lsa, o‘ylagan narsangni qara. Qancha
chidaysan, bir hafta, bir oy sabr qilding, xo‘sh, oxiri nima bilan tugaydi? Bir kun kelib
boshqacha o‘ylab qolasan. Pushaymon bo‘lasan, hayoting so‘ngigacha ularning dardiga
o‘ralashib o‘zini jabr qilasan, yo Sanixaga o‘xshab, og‘izlariga urib, tashqariga quvib,
haydaysan. Bundan boshqa yo‘l bormi?
— Bor, ona. Ularni o‘z farzandimday o‘stirib, savob olish bor. O’z bolasini parvarish qilish
hayvonning ham qo‘lidan keladi. Inson bir pog‘ona ustun bo‘lishi kerakmasmi? Insonning
xayvovdan ustunligi g‘arib yetimni bolasiday bag‘riga bosa olishida emasmi? Zulmning
har qanday turi ham yomon, ammo yetimga qilingam zulm, zolimni, ya’ni zulm qilguvchi
insonni hayvondan pastroq tushirib ko‘ysa kerak.
Bu suhbat Fotimaning istagi amalga oshishi bilan yaqunlandi. Qizini so‘ratgan bu
odamning yomon odam emasligini bilgan otasi ixtiyorni Fotimaga berdi Yetimlarni
parvarishlash Fotimaning qo‘lidan keladi Agar Fotima xoxlayotgan inson axloqiy buzuq,
ichkiliboz, qimorboz, din dushmani bo‘lsa, qizini unga bermaslik otaning burchi. Aksi
bo‘lsa, Fotimani o‘z ixtiyoriga qo‘yish kerak. Shu sababdan sovchilarga muvofiq va
munosib javob berdi.
Bayramdan bir oylar keyin Ismoilning ahvolini ko‘rganlar uning sekin-asta o‘nglanib
borayotgani haqida xulosa chiqarishlari mumkin edi. Ba’zan otasi uni bozorga olib borar,
ba’zan Ismoil o‘rtoqlari bilan o‘ynardi. Uyda yana uni kaltaklashyaptimi, yo‘qmi bilib
bo‘lmasdi. Faqat ilgarigiday tayoq yeyishlar nihoyasiga yetgan!
eDI
. Buni birinchilardan bo‘lib Fotima angladi.Aslida Fotimaning ikki yetimi bo‘lgan kishiga
turmushga ishiga sababham Ismoil edi. To‘g‘rirog‘i, Ismoil chekkan iztiroblarning uning
ko‘nglida qoldirgan teran ta’siri edi bu. Ikki yetimning qo‘nglini olish—ularni zolim ko‘liga
tushishdan kutqarish edi uning niyati. Yo‘qsa, Fotimaday ham ruhiy, ham jismoniy
go‘zallik sohibasi,ishchan qizga uylanmoqchi bo‘lganlar ko‘p edi. Yana ko‘plab topilardi
ham. U uylangan odamga turmushga chiqarkan, uning marhum xotini xotiralariga
bog‘lanib qolishi mumkinligini bilgani holda, bu go‘daklarni qutqarish fikrida edi.
Modomiki, bo‘lg‘usi er murosali inson ekan, muammo yo‘q hisob. Har holda o‘lgan bilan
tirik bir emas. Endi uylangan xotini ham sevadi, hurmatlaydi. Buning ustiga, Fotima eri
bo‘ladigan odamga, birinchi xotiniga nisbatan xurmatni unutishini taklif etadigan, uni
O’gay ona (roman). Ahmad Lutfiy Qozonchi
Dostları ilə paylaş: |