www.ziyouz.com kutubxonasi
57
xushlamayotganlarini bildirayotganlar, anglatayotganlar ham topilardi. So‘zlarini
tugatganda ilk e’tiroz baralla eshitildi:
— Xo‘sh, Husayin, biz hech dam olmaymizmi, ko‘ngil ochmaymizmi?
Husayinning javob berishiga o‘rin qolmadi, Bir jo‘rasi:
— Dam olishga haqqimiz bor. Ammo dam olyapmiz deb bunaqa odob va axloq yo‘llariga
pistirma qo‘ygan filmlarni ko‘rish ham har holda dam olish bo‘lmasa keraq Dam olish
faqat film tomosha qilish deganimi?! Ko‘ngil ochish-chi? Mening axloqimni buzmaydigan,
nomus va iffat tuyg‘ularimni orttiradigan, mehnatga nisbatan kishida kuch-quvvat,
g‘ayrat, muhabbat uyg‘otadigan filmlar bo‘lsin, biz ham ko‘ramiz, biz ham qutlaymiz.
Husayin bu suhbatning foyda berayotganini ko‘rib mamnun bo‘ldi. Bundan keyin kinoga
haftada bir borishga qaror qilindi. Kino uchun ketadigan qolgan pulga kitob olinib,
harakatchan, tarbiyali va faqir bir do‘stga hadya qlindi. Hadya etganlar ko‘nglida pulni
behuda xarjlamagani, yaxshi ish qnlganidan huzur bor edi.
Keyinroq ham Husayin sinfdoshlari bilan bu mavzuda makggab ichida kengroq tashviqot
yuritishga kirishdi. Kino pullarini xayrli yo‘lga sarflamoqqa rozi bo‘lganlarning g‘ayrati
bilan kutubxona tashkil etish qarorlashtirildi. Kitob javoni usgiga «Bu kitoblar kinoga
beriladigan pulga olindi degan yozuv ilindi.
Husayin kinoga borganini bir hafta o‘tgach, onasiga aytdi. Hodisani bir boshdan gapirib
berdi. So‘zlarini tugatganda Fotimaxonim o‘g‘lining sochlarini siladi:
— Mamiun bo‘ldim, o‘g‘lim, hursand bo‘ldim. Umid qilamanki, har kun bir yangi yaxshilik
eshigani ochgaysan. Shu yo‘lda mashg‘ul bo‘lasan. Har yaxshilikni yolg‘iz Alloh rizosi
uchun ado etishga g‘ayrat qilgaysan. Faqat sendan istaganim bir yaxshilik qilganingda,
nega ko‘proq qilmadim, nega kech qildim deya Allohdan kechirim so‘ra. Men o‘g‘limni
shunday ko‘rmoqni istayman. Shunday ko‘rsam, quvonaman, bolam.
Husayin onasining bu yuksak tuyg‘usi, nozik hislari qarshisida erib ketdi. So‘zlari go‘zal,
o‘zi so‘zidan yaxshi bo‘lgan onasining Qur’on axloqi bilan nurlangan yuziga shukrona va
minnatdorlik hislari bilan boqdi. Bu iz umr bo‘yi Haqqa qul bo‘lmoq sharafi bilan porlab,
faqat Haq ne’matlari qarshisida loyiq ibodat etolmaganining, munosib qul
bo‘lolmaganining ranjidasi bilan yonardi.
Hafta davomida yaxshilik qilgani uchun sevingan, o‘ziga sig‘may yurgan Husayin endi
qarshisiga xar kun yangi fazilat bilan chiqqan onasiga loyiq o‘g‘il bo‘lmagani uchun
kuyinardi. Uning ko‘k ko‘zlariga tikilib bir on o‘yga toldi. Har narsaga ibrat nazari bilan
boqqan, samimiyligiga to‘lib-toshgan 6u ko‘zlar uning bepoyon ummonlarni tamsil etgan
pokiza ruhiga tarjimonlik qilganday. Tolg‘in ko‘zlaridan sizgan ikki tomchi yosh
Husayinda so‘z bilan tushuntirish mushkul bo‘lgan his va o‘ylarning dolg‘alanganini
bildiradi. Birdan o‘z ko‘zlarining ham bu ko‘zlar kabi moviy bo‘lmaganidan ranjiganday
bo‘ldi. Qanday g‘alati holki, onaning ko‘zlari moviy, o‘g‘ilniki qora! So‘ngra Alloh taolo
har narsaga qodirligini, kuruq tuproqdan yuzlab tur meva, giyoh va gullar yetishtirgan
Allohningbu ishda ham bir hikmati borligini o‘yladi. Ko‘z rangi jihatidan emas, axloq va
tushuncha tarafidan unga o‘xshshi kerakligini xotirladi. Necha ko‘zlari ko‘k odamlar
borki, pokiza axloqqa daxldor emas.
Husayin shularni o‘ylaganda azon ovozi asr kirganini, har xil mashg‘ulotlarni qo‘yib,
Yaratgan huzurida turish kerakligini e’lon etardi.
* * *
Imom Xatib maktabining to‘rtinchi sinfiga o‘tganda dars tatbiqoti sifatida hutba o‘qish
vazifasi topshiriladi. Husayin qanday mavzuni olish kerakligi haqda bir qarorga
O’gay ona (roman). Ahmad Lutfiy Qozonchi
Dostları ilə paylaş: |