www.ziyouz.com kutubxonasi
65
* * *
Bolasiga yetarlicha mol-mulk qoldirgan, katta boylik to‘plagan ota o‘zi yaratishga mas’ul
bo‘lgan kelajakni ta’minlagan sanaladimi?
Insonning ruh va badandan paydo bo‘lgan bir mavjudot ekanlngini qabul qilgan, uning
faqat oddiy bir moddiy borliq emasligini tan olganlar bu savolga ha deb javob berishlari
mumkin emas. Oqshom tushgach, hisobsiz mol-mulk ustida boyo‘g‘lidek tunaganlar
bunga misoldir. Ammo bolasini qoldirgan moliga, undan ham muhimrog‘i shaxsiga,
nafsiga hokim bo‘ladigan odob-axloqqa o‘rgatganlarga e’tiroz yo‘q. Bular zurriyotlari
istiqbolini ta’minlash yo‘lida ilk qadam tashlaganlar, ularni borishlari zarur mo‘ljal,
manzil sari yo‘llaganlar.
Farzandiga taom yeyish odobini o‘rgatish o‘rniga ovqatni o‘zi yedirib qo‘ygan, velosiped
haydashni o‘rgatish uchun go‘dagini velosipedga mindirib qiyaliqdan pastga qo‘yib
yuborgan otaning harakatlari qanchalik xato bo‘lsa, mulkni boshqarishni bilmagan
bolasini boyligaga boshliq qilib qo‘yish ham shunchalik xatodir. To‘g‘ri, bola yiqilib-turib
velosiped minishni o‘rganar, ammo u o‘rgangunicha velosipedning mingulik holi
qolmaydi. Otasi qoldirgan boylikdan boshqa hech narsaga ega bo‘lmaganlar xushlarini
boshlariga to‘plashlari, qo‘llaridagini sochib-sovurmasliklari uchun yana bir boylikka
extiyojmandlarki, bu boylik osongnna qo‘lga kirmaydi. Bu: «Yana kelin bo‘lsam, ro‘zg‘or
tutishni o‘rganardim», — deb ikkinchi marta kelin bo‘lishga ko‘z tutgan tul xotinning
holatini eslatadi.
Otaning farzandiga qoldirishi mumkin bo‘lgan eng go‘zal, qimmatli merosi odob va
tarbiyadir. Bu haqiqatni bilganlar, bolalarini urish o‘rniga adab xivichi bilan tartibga
chaqirishadi, intizomga keltiradilar.
Fotimaxonim Husayin, Odila va Samihaga nima bera olishi mumkin? Otasidan qoladigan
katta boyliknimi? Yo‘q. Undana otasidan qoladigan boylikka, na bunday boylikning
insonga saodat keltirishiga ishonchi bor. Agar boylik saodat deyilsa, faqirlardan
badbaxtroq kimsalar bo‘lmasdi. Fotimaxonim ertaga ularni jamiyat oldida va Yaratgan
huzurida uyalmaydigan darajada tarbiyalab yegashtirsa, eng qimmatli merosni qoldirgan
bo‘ladi. Jamiyat avlodiga, farzandiga mol-mulq boylik qoldirganlarni muborakbod
etmaydi. Lekin ularni odob-axloqsiz, vijdonsiz qilib yetishtirsa, tanqid va tahqir etadi.
Fotimaxonim shunisiga ishonadi. Ishongani uchun o‘g‘lini haqiqiy o‘g‘il bola, haqiqiy
farzand, qizlarini ota-onasiga gap tekkizmaydigan tarzda o‘stirish, tarbiyalash yo‘lidan
boradi. Bu oson yo‘l emas. Aks holda, hammaning bolasi ham haqiqiy farzand bo‘lib
yetishardi. Hamma ham qoshiq yasay oladi, ammo faqat ustasigina uning sopini qoq
o‘rtasidan chiqarishga qodir.
Barcha ayollar ham Fotimaxonim kabi farzand tarbiyalashning, uni iftixor krlingudek bir
tarbiyaga sohib qila olishning lozimligiga ishonmaydi. Bir ona bolasi och qolsa
kasallanishi va oxir-oqibat nobud bo‘lishiga ishonadi. Shu ishonch tufayli har kech, har
saxar uyqudan qolib unga ko‘krak tutadi. Issiq to‘shagini tark ettiradigan, uyqudan ko‘z
ocholmaydigan, uyqudan totli narsa bo‘lmagan paytlarda ko‘z ochdiradigan bir tuyg‘u va
ishonch bor — bu shafqat, «agar emizmasam bolam qiynaladi», degan ishonch. Bu his,
shu tuyg‘u onani issiqni-issiq, sovuqni-sovuqdemas-dan bola xizmatiga yo‘llaydi.
Fotimaxonimning fikricha, beshikdagi bola sutga qanday ehtiyojmand bo‘lsa, beshikdan
turgach tarbiyagaham shunday ehtiyoji bordir.
Tarbiya hech kimga hech qachon zarar keltirmaydi. kesilgan daraxt mehmonxonaga
kiritilmaydi.
O’gay ona (roman). Ahmad Lutfiy Qozonchi
Dostları ilə paylaş: |