Microsoft Word ugay ona ziyouz com doc



Yüklə 422,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/85
tarix02.01.2022
ölçüsü422,56 Kb.
#38026
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   85
Ahmad Lutfiy Qozonchi. O'gay ona (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 

68

Husayin Imom Xatib maktabini yetti sinfini yaxshi bitirdi. 



Bir kun Fotimaxonim Xusayinni yoniga o‘tqizdi. Uning nima to‘g‘risidadir maxsus 

gaplashmoqchi ekanligi yaqqol sezilib turardi. Odila va Samiha bog‘da edi. 

— O’g‘lim, bugun sen bilan Odila va Samixa eshitishini istamaganim bir masalani 

gaplashamiz. 

— Gaplashaylik ona, marhamat. 

Fotimaxonim dona-dona qilib so‘z boshladi: 

— Bu yil o‘n to‘qqizga kirayapsan, o‘g‘lim. Bolaliging ortda qoldi. Endi azamat bir yigit 

bo‘lding. Past-balandni o‘rganding, yaxshini yomondan ajratadigan bo‘lding. Endi bir 

haqiqatni bilishingni istayman. Yillar davomida bu haqiqatni sendan, Odiladan va 

Samihadan maxfiy tutdim, yashirib keldim. Menimcha, bunday qilinishida foyda bor edi. 

Bugun esa bu haqqatning ochilishida foyda bor deb uylayman va shuning uchun ham 

aytmoqchiman. 

Husayin tashvishlanib tinglardi. Fotimaxonim davom etdi: 

— Bundan ancha yillar avval bo‘lib o‘tgan ikki hrdisani eslaysanmi, yo‘qmi, bilmadim. Bir 

kuni: Bir ayol menga yetimligimni, onamning oti Xayriya ekanligini aytdi», — deganding. 

Undan ko‘zing mening ko‘zimga o‘xshamasligini eshitgan ekansan. O’sha kun otangdan 

mening ikkinchn ismim Xayriya ekanini bilganding va masala hal bo‘lgandi. Bir gal: 

«Samihaning ko‘zlari boshqacha, biznikiga o‘xshamaydi», — deganingda, men senga 

otangning sochlarining bir qismi qora, bir qismi oqligini ko‘rsatgandim. Bularni 

eslaysanmi? 

— Biroz eslaganday bo‘lyapman, ona. 

— Eslayolmasliging ham mumkin. Ammo bilishing lozim bo‘lgani shulki, o‘sha ayoldan 

eshitganing, har qun holam deb haqqiga duo qilganing Xayriyaxonim sening va 

Odilaning haqiqiy, o‘zingizningonalaringizdir. Vafot etganiga o‘n to‘rt yilga yaqin vaqt 

o‘tdi. Men esa sizning o‘gay onangizman, bolam. 

Xusayin g‘alati bo‘lib ketdi. Ko‘z o‘ngida yuz-ko‘zi o‘zinikiga o‘xshash ayol paydo 

bo‘lganday bo‘ldi. Faqat boshlang‘ich maktabdagi snnfdoshi yetim Yilmaz xayolida undan 

aniqroq gavdalandi. Demak, o‘zi ham unga o‘xshash. Lekin uning yetimligi bilan o‘zining 

yetimligi orasida qanday bog‘liqlik bo‘lishi mumkin? Farq esa yer bilan osmoncha. 

Aytgani ikki bo‘lgani yo‘q. Yilmaz chekkan jafolar esa, eh-he... Nimasi o‘xshash buning?! 

Uning onasidagi insoniylikdan uzoq fe’l bilan o‘z onasining farishtalarga yaqin sifatlari 

orasida tog‘larcha masofa bor. 

— Ona, hazillashmayapsizmi? 

— Nega xazillashay, o‘g‘lim?! 

— Ammo, bizning nimamiz yetimga o‘xshaydi? Samihaning nimasi o‘zingiznikiyu, bizning 

qaerimiz o‘gay?! O’gay bo‘lsak shuncha vaqtdan beri bilinmasmidi?! Sizning 

ismingizXayriya emasmi? 

— Mening asosiy ismim Xayriya emas, o‘g‘lim. Bu uyga kelgach, onangni Xayriya ekanini 

eshitsang, hayronu xafa bo‘lmagin deb o‘zimga Xayriya degan ikkinchi ismni oldim. 

Sizning o‘gaylarday o‘smaganligingizga kelsak, otangga turmushga chiqishimning asosiy 

sababi sizning yetimga o‘xshamasligingizni, yaxshi unib-ulg‘ayishingizni ta’minlash edi. 

Yillar davomida sizni o‘z zurriyotim sifatida bag‘rimga bosish, sizga yetimliklaringizni 

sezdirmaslik uchun ko‘limdan kelganini qildim. Agar o‘zim bexabar qusurlarim bo‘lsa, 

Alloh kechirsin, sen ham menga buni anglashim uchun yordam ber, qo‘zichog‘im. 

Husayinning qo‘zlari yoshlandi, Bu onaning o‘gay emas, o‘z onasi bo‘lishini shu qadar 

istardiki... 

— Endi nima bo‘ladi, ona? Bundan keyin biz o‘gay bo‘lamizmi? 



O’gay ona (roman). Ahmad Lutfiy Qozonchi 

 

 




Yüklə 422,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin