www.ziyouz.com kutubxonasi
64
sotuvchilar kabi baqirib-chaqirmasligi Fotimaxonimning diqqatini nega tortmadi? Eshik
oldida o‘ynab yurgan Odilaga teshikkulcha uzatganda olmadi. Balki bu onasi bergan
tarbiya sababli, balki sotuvchining yuz-ko‘li qoraligi tufaylidir.
Ismoil nechun o‘zini tanitishni istamadi, aksincha, yuz-ko‘zini tanimas holga solib, o‘sha
ko‘chadan o‘tishni afzal ko‘rdi? Buning sababi undagi g‘ariblik, yolg‘izlik tuyg‘usidir. Balki
Fotimaxonimdan avvalgi mehrni ko‘rmas... Bu uniumidsiz holga boshlardi. Balki tanisa
ichkariga taklif etar, balki kirishini boshqalar istamas va u ham tez-tez kelishdan
uyalar?! Holbuki, tanimasdan kelib-ketgan bu ko‘chada unga ahamiyat bergan yo‘q. Yuz-
ko‘li kir bir kulchachi... Ha kelibdi, ha ketibdi, Kimning nima ishi bor?!
Uning irkitligini ko‘rganlar kulcha yeyish maqsadidan darhol voz kechardilar. Uning esa
parvoyi falak. Zotan, u bu taraflarga teshikkulcha sotgani kelayotgani yo‘q-ku... Uning
yagona muddaosi deraza oldida o‘tirishini Xudodan yolvorgan bir kimsasining oldidan
o‘tib, unga uzoqdan, ikki lahza bo‘lsin boqmoq, unga yaqinlashgach esa bosh egib sekin-
sekin uzoqlashmoqdir.
Uning eshigi oldida uymalashishga jasorati yo‘q. Go‘yo tanib, chaqirib qoladiganday.
Uning eshigi oldida boshqa ko‘chalarda baqirgani kabi baqirish yo‘q. Balki ovozini bir
necha yil oldingi Ismoilning tovushiga o‘xshatib yuborar. Ammo qayg‘uga cho‘mgan
kechalari chiqib shundoq qabriston eshigigacha va o‘sha ko‘chagacha kelish, bu kimsasiz
ko‘chada kezish, Fotimaxonim bosgan izlardan yurish, Fotimaxonimning oyog‘i tekkan
ostona yonida turish, uyquga ketganida uyi oldida qorovullik qilish hollari yo‘q emas edi.
Bunga kim nima derdi?! Bormi bunga monelik qilguvchi?!
Bir kun shu ko‘chadan o‘tayotganda o‘zidan kichikroq bir bola tirg‘aldi. Fotimaxonimning
qo‘shnisi bo‘lgani uchun uni avf etdi.
Odilbekning do‘konini bilib oldi. Ko‘p vaqt u yerda «balki uyiga biror narsa berib
yuborar», degan umidda aylanib yuradigan bo‘ldi. Keyin Fotimaxonim tanib qolishini
o‘ylab bu fikrdan voz kechdi. Boshlang‘ich maktabni sinfda qolmasdan bitirdi. Ammo
tirikchilik to‘rlariga bandi etilganidan bundan buyog‘nga o‘qiyolmasdi. Zero, o‘qishni
davom ettirish uchun faqat istakning o‘zigina kifoya qilmasdi. Bunnng imkoni yo‘q edi.
Na ota-onasi tiriladi, na Sanihaxonim tushunadi. Tushunsa ham o‘qitishni xohlashi
gumon edi, Teshikkulcha bilan qorin to‘ydirib bo‘lmaydi, shuning uchun boshqa bir ish
qilish kerak degan o‘yda edi.
Bir kosib qarindoshiga shogird tushdi, Uydagi ahvoli bilan solishtirganda, shogirdlik unga
unchalik og‘irlik qilmasdi. U yerdan tegadigan bir necha tiyin uning uchun muhim emas.
Kasbni yaxshiroq o‘rganish uchun jon holatda tirishar, Sanihaxonimning osilgan qovog‘i,
tund vajohatidan kutuladigan kunlarini xayol etib ishga kirishardi. Ustozi namoz
o‘qshasa tayoq yeyishini, ish uchun urmasa ham namoz uchun urishini avvaldan
ogohlantirgani sababli ibodatni kanda qilmas, ularda ota-onasini duo qilishni unutmasdi.
Bu duolar ularga foyda keltirishini, onasining ruhi dunyoda qoldirgan yetimidan borgan
hadya bilan sevinishini o‘ylab, bir oz bo‘lsada ko‘ngli rohatlanar edi. Ba’zan orttirgan bir
necha chaqasi bilan bir faqirning ko‘nglini olmoqqa chiqar, ota-onasi uchun duo qilishini
so‘rardi.
Kunlar shunday o‘tardi. Jome’da Husayinning xutbasini eshitib iztirob cheqdi, havas qildi.
Shunday bo‘lmoqni qanchalar istagandi. Balki Fotimaxonimday bir onasi bo‘lganda ana
shu xutba o‘qigan o‘zi bo‘lishi ham mumkin edi. Jamoat chiqkuncha kutdi. Husayin oyoq
kiyimini olmoqchi bo‘lganda Ismoil avvalroq harakat qilib, to‘g‘rilab qo‘ydi. Bu oyoq
kiyimlarga Fotima onasining ham qo‘llari tekkan bo‘lishi mumkin. Zotan, uning o‘g‘li
bo‘lishining o‘zi yetarli edi. Unga qilingan xizmat, Fotimaxonimga qilingan xizmat
demakdir.
O’gay ona (roman). Ahmad Lutfiy Qozonchi
Dostları ilə paylaş: |