www.ziyouz.com kutubxonasi
72
Mening bir dona onam, bularni tinglagach, qadringizga ko‘proq yetadigan bo‘layapman,
sizni yanada ko‘proq yaxshi ko‘rib qolyapman. Qaysi bolaning o‘z onasi sizning menga
ko‘rsatgan yaxshiligingizni ko‘rsata oladi?! Bu yerda talabalar o‘z ota-onalaridan oyda-
yilda bitta maktub olishadi. Holbuki mening onajonim o‘z qo‘llari bilan bitilgan maktubni
har hafta jo‘natadilar. Maktubni olib yuz-ko‘zlarimga suraman, «farishtasifat onamning
qo‘llari tekkan, buyozuvni nurli barmoqlari yozgan»,—deb to‘yib-to‘yib hidlayman.
Boshingizni og‘ritmadimmi? Kamchiligimga e’tibor bermang. Sizga uzun xat yozmasam,
ko‘nglim tinchlanmaydi. Yozarkanman, yoningizda o‘tirganday, yuzlaringizga to‘yib
qarayotganday tuyulaman. Besh daqiqa bo‘lsin sizni yonimda his etmoq uchun,
maktubni cho‘zib yuborganim uchun meni avf eting. To‘yib-to‘yib qo‘llaringizni o‘pish
umidi bilan, sizga sog‘inchli salomlar yo‘llayman.
O’glingiz Husayin.
Husayinning maktubiga Fotimaxonimning shaxsan o‘zi javoblar bitardi. Javoblarida
Turkiyada bironta musulmon odam qolmaganda ham yolg‘iz o‘zi bu ehtiyojni qarshilay
oladigan darajada bilimli, yangi musulmon bo‘lgan bir odamga «mana sen o‘rnak
oladigan musulmon», deya ko‘rsatadigan darajada axloqli, ilmiga amal qilgan-qilmagani
so‘ralganda uyalmaydigan darajada ibodatga bog‘liq bo‘lishga undardi. Yoshligini qanday
kechirgani to‘g‘risida Allohga hisob berishini unutmasligini, agar yoshlik g‘ayri shar’iy
yo‘llarga undasa, u tarafga bir qadam qo‘ya ko‘rmasligini aytib, ogohlantirishni ham
unutmaodi.
Husayinning hayoti Cho‘rumda — ota-onasi huzurida qanday kechgan bo‘lsa, ularning
nazoratidan uzoq Istambulda ham shunday davom etardi. U yerda ham odob-axloqini
muhofaza etar, darsdan boshqa narsalarga chalg‘imasdi. Chunki u o‘z maslagidan kelib
chiqib birinchi navbatda Alloh rizosi uchun, Allohning diniga yordam bermoq uchun
harakat qilardi. Ibodatini o‘zgalar ko‘rsin deb emas, Uning rizosini qozonmoq uchun, tark
etgan yomonligini odamlar yomonlashidan chekinish uchun emas, Kun kelib Alloh
huzurida javob berish uchun, har neni ko‘rguvchi, eshitguvchi, bilguvchi Allohdan
qo‘rqqani uchun yomonliklarni tark etdi. Alloh qilma degan ishni qilmasligiga sabab
odamlarga yaxshi ko‘rinish emas, Uning amrini ado etish shartligini, farzligini bilgani
uchundir. Bunday fikr va ishonchdagi insonga nazorat shart emas.
Ikkinchi kursga o‘tganida kelgan bir maktubda Odnlaning Ismoil ismli bir yigit tarafidan
so‘ralgani, bola yetim o‘sgani, kosiblik qilayotgani eslatilib, axloqi haqida «yomon emas»
deyilgandi. Husayin bu ish ko‘proq ota-onasi va Odila orasida hal etilishi, agar axloqi
yaxshi bo‘lsa, berilishi uchun jiddiy to‘siq yo‘qligini bildirdi.
Dostları ilə paylaş: |