Microsoft Word ugay ona ziyouz com doc



Yüklə 422,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/85
tarix02.01.2022
ölçüsü422,56 Kb.
#38026
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   85
Ahmad Lutfiy Qozonchi. O'gay ona (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 

73

kuzatolmagandir. Uning Ismoil ekanini xayoliga keltira olmasdi. Qolaversa, o‘ylaganida 



nima ham qila olardi? Uni o‘z uyiga, o‘z tasarrufiga olishi mumkin emasdi-ku?! 

Kunlarning birida Odilani so‘rab Ismoil tomondan sovchilar keldi. G’alati bo‘ldi. 

Kelganlarning ko‘pini bilardi. O’z mahallasining ayollari. «Ismoilni o‘zing yaxshi bilasan», 

— deyishdi. Biladi, albatta, ulardan ziyodroq biladi. Shu bilan birga otasi bilan Odilaning 

fikrini so‘ramasdan biror narsa deyolmasdi. Shuni aytdi. «Ismoil uylansa alohida 

yashaydimi yo yana o‘sha onasi(!) bilan birga turishadimi?» — deb so‘radi. Tabiiyki, 

Odilani Sanihaxonimning qo‘liga topshirib ko‘yolmasdi. Ismoil alohida turmoqchi ekan. 

Bundan ajablanmasa ham bo‘ladi. Demak, yillar davomida chekkan azobini qayta 

tortmoqchi emas... Ularga otasi bilan bir bor uchrashishlari kerakligini bildirdi. 

Mehmonlar ketgach, Odila bilan suhbatlashdi. Odilaga Ismoilning yetim ekanligi xush 

kelmayotgandi. 

— Meni yetimga bermoqchimisiz?! — dedi. Bunday demasligi kerak edi. Balki o‘zi 

yetimligini bilmagan, yetimlik hayotini yashamagan, ona mehriga yo‘g‘rilgan Odila 

adashgandi: yetim ham o‘zi kabi inson ekanligini, balki yetim bo‘lmaganlarga qaraganda 

insonni ko‘proq qadrlashini bilmasdi... Vayana bilmasdiki, Ismoil Odilaga 

Fotimaxonimning qizi bo‘lgani uchun uylanmoqchi edi, Uning tarbiyasida axloqli qiz bo‘lib 

yetishganini taxmin etgan Ismoil umr bo‘yi Fotimaxonimning hurmati uchun Odilani 

hurmat qilishini qaydan bilsin?! Bu azamat yigit bir kun ko‘chada o‘ziga teshikkulcha 

uzatgan kichkina sotuvchi ekanini qayoqdan taxmin etolsin?! 

Odila kibrli bir qiz emas. Aslida bu uyda olingan tarbiya tartib-intizomni sevishga

poklikka ahamiyat berishga qaratilgan. Yetimni yoqirmaslik odat emas. Ammo qarangki, 

turmush qurishni taklif etayotgani nogoh yetim chiqib qolgani g‘alati ta’sir qildi va 

eshitishi bilan «meni yetimga bermoqchisiz?» deb yubordi. Fotnmaxonim yetimning ham 

inson ekani, x;atto boshqalardan ham qimmatli bo‘lishi mumkinligini tushuntirdi. Agar 

bu taklifni qabul etishni istamasa, buni yetnmni xushlamaslik kabi bir sababga 

bog‘lamasligini aytdi. 

Odilbek ham Odilani Ismoilga berilishga rozi edn. Uning fikricha, axloqi durusg, ishi-

kuchi joyida yigitning xushlanmaydigan tarafi biroz faqirligiyu, yetimligi, holos. Ammo 

bu o‘ylaydigan ish emas. Faqirlik kelib-ketadigan hol. Yetimlik odamning ixtiyorida emas. 

Ixtiyoriga zid tarzda o‘z qizi ham yetim emasmi?! Gap faqat faqirliqda bo‘lsa, Xudo 

xohlasa bu to‘g‘rilash mumkin bo‘lgan muammo. Ismoilni yoniga olib, unga 

qo‘maklashsa, hammasi ko‘ngildagidek bo‘lib ketadi. 

Xullas, Odilani Ismoilga beradigan bo‘lishdi. Ismoilning sevinchini tasvirlash uchun so‘z 

ham, ta’rif ham yo‘q. Buni uning o‘rnida bo‘lib ko‘rganlar yaxshi bilishadi. Asal 

yemaganga asal lazzatini anglatish mushkulligini tan olganlar, uni bu hususda ma’zur 

qo‘rurlar. 

Xusayin katta ta’tilga chiqib,uchinchi sinfga o‘tgani haqidagi xushxabarni olib keldi. 

To‘yning shu ta’tilda o‘tishi belgilandi. Kuyovning do‘konini ta’riflashdi, tushuntirishdi. 

Bordi. Qarshisida o‘zi avvaldan tanigan chehrani ko‘rib, biroz shoshganday bo‘ldi. 

Suhbatlashdilar.Suhbatlashgandagi tortinchoqliq ovozidagi g‘arib ohang va shikastalik 

hanuz Ismoilning yetimligini bildirib turardi. G’aroyib voqea deb o‘yladi: yetimlik 

mashaqqati ovozidan bilinib turgan bir erkak bilan, yetimlik neligini bilmagan bir 

ayolning kurajak turmushi... Bu oilaga ichida chin ko‘ngildan yaxshiliklar tiladi. Saodat 

faqat O’zidan qutiladigan Parvardigoriga ko‘ngildan duolar, niyozlar etdi va ketdi. 

To‘y musulmonga yarashadigan dilxushliklar, tartib bilan o‘tkaziladigan bo‘ldi. To‘yda 

Odilbek va Fotimaxonim Ismoilga og‘ir keladigan shartlar qo‘ymaganligi nur ustiga a’lo 

nur edi. Hatto Odilbek va Fotimaxonim Ismoilga puldan yordam ham qilishdi, xijolat 

bo‘lmasligini, buni o‘zidan boshqa hech kim bilmasligani tushuntir-di. Ismoilning ko‘zlari 




O’gay ona (roman). Ahmad Lutfiy Qozonchi 

 

 




Yüklə 422,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin