www.ziyouz.com kutubxonasi
76
Odilbek o‘g‘lini Imom Xatib maktabiga berish oldidan ikkilanganini esladi. O’g‘lini bu
o‘qishga berganidan pushaymon emas. U bilan qilgan samimiy suhbatlari natijasida
tijoratida, fikr va axloqida katta o‘zgarishlar bo‘lganidan Odnlbek juda ham mamnun.
Husayin Imom Xatib maktabiga qayd etilgach, Odilbek goho Erdolbekka ro‘baru kelib
qolganida piching va minnatlariga ahamiyat bermasdi. Erdolbek:
— Kim ne desa-desin, Odilbek, siz yanglishdingiz.
— Erdolbek, yanglishgan bo‘lsam ham mamnunman. Faqat yanglishganimni isbot etish
qoldi, bunday odamning topilishiga ishonmayman. Sizga tijoriy hayotdan misol keltiray:
tasavvur etingki, bir mol faqat mening qo‘limda bor. Millatning bu molga ehtiyoji katta,
baland narx qo‘yishimni kim ma’n eta oladi?
Masalan, avtobus bekatida yigirma besh qurushlik gazli suv ellik, hatto yetmish besh
qurushga sotiladi. Gazetalar ko‘pincha katta shaharlarda kimlarningdir kasal ot va eshak
so‘yib sotilayotganda ushlanganini yozishadi. Bular yolg‘on bo‘lsa, bu yomonlarning
oldini olmoq, yolg‘on bo‘lmasa, bularni haqiqat sifatida qabul qilmoq majburiyatidamiz.
Vijdonni isloh qilishga hukumat ham ojiz. Har insonning boshiga bittadan nazoratchi
ko‘yolmaydi. Har do‘konni va do‘konchini har kun, har soat nazorat qilolmaydi.
Xaridorga molning kamchiligini aytmasam, aytishga meni kim majbur qiladi? Qaytarib
olib kelganga, buni o‘zing qilib keltirding deb tuxmat qilsamchi? Kim meni qaytaradi?
Ertaga bahosi oshadigan bir molni uyimda yeki boshqa joyda saqlab, vaqgi kelganda
chiqarsam, kim aralashadi bunga? Hukumat bularning qanchasidan xabar topadi?
Nechasini uddalaydi, nechasiga ulgurib, qanchasiga ulgurmaydi? Bunaqa voqealar
tijoratda qanchadan-qancha?! Qo‘limdagi mol tugaguncha eski bahoda sotsam, bunga
kamroq foyda ko‘rishni yoqtirganim sabab emas. Bu Allohdan ko‘rqishimdan, vijdon
tuyg‘usidan.
Stadionning ilk ochilgan kun cho‘kishiga nima deysiz? Stadion qurilishida ilm yetarli
bo‘lmaganmi? Yoki xalq ilk ochilgan qun yoqtirmasdan ketmon, bel, cho‘kich bilan
qulatdilarmi? Balki quriliivdagi nuqson vijdon hokimiyatining Alloh buyrug‘i bilan nazorat
qilinmay qolishi natijasidir?
Odilbek Erdolbekning yuziga javob kutganday birpas qarab turgach, davom etdi:
— Erdolbek, xayotimda, tijoratimda kechaga nisbatan bugun yaxshi tomonga o‘zgarish
bo‘lgan bo‘lsa, buning birinchi sababi o‘g‘lim o‘qigan kitoblardan foydalanganim, u bilan
din, ma’naviyat borasida muzokara qilganim, axloq to‘g‘risida suhbatlashganimdir.
Odilbek bundan so‘ng Erdolbek bilan biror marta bahslashmadi. Bahslashsa-da, natija
o‘zgaradi deb bO’lmasdi. Odilbek to‘g‘ri gapirardi, Odilbek o‘g‘li tufayli bilmagan
sohalaridan xabardor bo‘ldi, anchagina ma’lumot oldi. Bungacha faqat namozxon bir
musulmon edi, holos. Fotimaxonimga uylanib, Qur’oni Karim o‘qishni o‘rgandi, natijada
bir qadar fe’li ham yaxshilandi, masalan, marhuma xotini haqiga har kun tilovat
qilmoqni, uning ruhiga bag‘ishlab sadaqalar bermoqni odat qildi, Shu sababdan xonimiga
bo‘lgan xurmati so‘ngsiz. Unda bir ayolda bo‘lishi kerak bo‘lgan bir talay xususiyatlar bor
edi. Qarshisidagn eri bo‘lsa ham to‘rri, samimiy so‘zlar, yaxshi niyat bilan yo‘l ko‘rsatadi.
O’zini katta tutish, tavsiya etgan narsasi to‘g‘ri chiqsa, yuzga solishday tarbiyasizlikni
unda ko‘rmadi. O’g‘lining o‘qishidan faqat foydalar ko‘rganini inkor etolmaydi.
Odilbekning do‘kondagi aqidalaridan biri to‘g‘rilik bo‘lsa, ikkinchisi qanoat edi. Ha, unda
qanoat mavjud edi. Faqat uning bomdoddan so‘ng to xuftongacha namoz vaqtlaridan
tashqari doim do‘konda bo‘lishini ko‘rganlar bu qanoatni anglashlari mushkul. Ham
qanoat sohibn bo‘lmoq ham oqshomgacha ishlamoq... Agar bu da’vo to‘g‘ri bo‘lsa,
qanoatning boshqa bir ma’nosi bordir?!
Ha, qanoat bir luqma, bir xirqa», deb yotib, bugun yegulik topib, ertani o‘ylamaslik
emas. Hisobsiz boy bo‘lishning ham qanoatga zarari yo‘q. Faqat inson bu molga emas,
O’gay ona (roman). Ahmad Lutfiy Qozonchi
Dostları ilə paylaş: |