Microsoft Word ugay ona ziyouz com doc



Yüklə 422,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/85
tarix02.01.2022
ölçüsü422,56 Kb.
#38026
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   85
Ahmad Lutfiy Qozonchi. O'gay ona (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 

74

yoshlanmay qolmadi. Dunyoda Fotima onalar bo‘lganidek, Odilbeklarning ham 



topilishidan qanoat hosil qildi. Eridagi bu fazilat Fotimaxonimning yillar oshaqilgan 

mexnati samarasidir, balki Majido‘zu sayohatida bir tanimagan ayolga yo‘l haqini 

to‘lagan domlaning ta’siridir. Balki bu fazilatlar unda avvaldan bo‘lgandiru, shular 

ta’sirida nish otgandir. 

Yetimini yetimga bergan Fotimaxonim bir kun Odilbekka iltimos qildi: «Hech kimga 

bildirmasdan Ismoilga biroz yordam bersak». Odilbek ma’qul topdi. Shunday yaxshilikni 

tashviq qilgani uchun xonimiga tashakkur izhor etdi. Ammo o‘zi buni bir necha kun avval 

amalga oshirib bo‘lganini aytishni ep ko‘rmadi. Chunki bu ishni Fotimaxonim bilsin deb 

emas, ajrini Allohdan kutib, ado etgandi. 

 

* * * 

 

Odila bir kun Ismoilning kiyimlarini tozalarkan ich cho‘ntagidan, bir paytlar rangi qirmizi 



bo‘lgani bilinib turgan bo‘z parchasini topib olib, hayron bo‘ldi. Kuyovlik libosi 

cho‘ntagiga solingan bu bo‘z parchasi nima edi? Bilolmadi. Poyabzal tozalagich bo‘lsa, 

ich kissaga solinmasdi. Sevimli eri buni cho‘ntagida olib yurishidan bir maqsadi bo‘lsa 

kerak, deya tag‘in joyiga qaytarib solib ko‘ydi. Oqshom so‘raganda Ismoil bergan javob 

uni o‘lguday xijolat qnldi: «rahmatli onamning libostsdan olingan bir parcha...» Odila 

bunia ytgan Ismoilning ko‘zlariga qaramaslikni afzal bilib, boshini egdi. 

Odilbek avval o‘ylab ko‘yganidek Ismoilni o‘z yoniga oldi. Do‘kondagi ish kundan-kun 

yaxshilanib, qizib borar, yonida bir yordamchi bo‘lishini taqozo etardi. Bunga kuyovidan 

boshqani loyiq ko‘rmadi. Har yil muntazam zakotini hisoblab berar, balki yanglish hisob 

bo‘lgandir, vijdonim, ko‘nglim tinch bo‘lsin, deb ustiga bir mikdor qo‘shardi ham. 

Sandiqni keltirgan hammol albatta xizmat haqqiga qo‘shimcha choy puli olar va xursand 

bo‘lib, duolar qilib ketardi. Odilbek do‘kondan ko‘rayotgan barakasini mana shu 

yaxshiliklar hisobiga deb bilardi. «Alloh uchun berganga Alloh berar», degan lavhani 

do‘koniga ostirib qo‘ygandi. Bu do‘konning moddiy bo‘lmasa ham, ma’naviy bezagi edi, 

undagi ma’no Odilbek tijorat ishlarida qat’iy amal qiladigan aqidalardan biridir. 

To‘g‘rilik aytishga oson, to‘g‘rilikka amal qilish, uni asos qilgan tarzda ish yuritish esa 

juda mushkuldir. Do‘konida hiyladan boshqa ish qilmaydigan kimsalar yuzi qizarmasdan 

haqiqatdan so‘z ochib, to‘g‘riliqdan lof urishadi. «Sendan boshqasiga bu narxda 

bermayman»,— deganlar, ayni mollarini shu bahoda, hatto arzonroqqa ham o‘zgalarga 

berib yurishadi va vijdonlari ham qiynalmaydi. Shunday bnr davrda Odilbekning axloqiga 

ishonib, aldanmasliklarini bilib, uning do‘koniga baxuzur keladilar. Uni bilmaganlar ham 

bu do‘kondan chiqarkanlar aldanmaganlariga amin bo‘ladilar. 

Uning do‘konida har narsaning o‘z narxi, o‘z bahosi bor. Bu baho vijdon va qanoat kabi 

ikki hakam qarori bilan tasdiqlangan. Tanigan ham tanimagan ham bir narsani bir 

narxda oladi. Ba’zi mol bahosi past qo‘yilishi xaridorning g‘alati-g‘alati qarab ko‘yishiga 

sabab bo‘ladi. So‘raydi va kamchiligi borligini biladi. Kamchilik bir qarashda sezilmas 

darajada. Natijada xaridor u molni oladi. Ketayotib bu qusur aytilmaganda bilmasligini, 

dunyoda yaxshi odamlar borligini va yana do‘konga kelishini o‘ylab, xursand bo‘lib 

ketadi. Do‘konda esa, molining kusurini aytib sotadigan, Allohga va insonlarga nisbatan 

axloqiy vazifani yaxshi o‘taydigan, o‘zini to‘g‘rilikka yo‘llaydigan, Allohga shukr etmoq 

bilan mashg‘ul bo‘lgan bir Odilbek qolgandi. 

Boshqalarda topilmaydigan mollarning bahosi ham uning do‘konida ziyoda 

ko‘rsatilmaydi. Yoki kamyob mol bahosini oshirish uchun saqlab qo‘ymaydi. Chet el 

mahsulotiga alohida joy qilib qo‘ygan. Xaridorga agar xohlasa, Turkiyada ishlangan, puli 




O’gay ona (roman). Ahmad Lutfiy Qozonchi 

 

 




Yüklə 422,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin