www.ziyouz.com kutubxonasi
71
— Bu yetim bola sen tufayli shuncha tayoq yedi. Men buning javobini qanday beraman,
— deb mendan ikki barobar ko‘proq uni ham uradi. Keyin:
— Endi yumshadingiz. O’tiringlar, — deb bizni dasturxon atrofiga o‘tqizadi. Ko‘zyoshlari
bilan yemagan ovqatimizni yednradi. O’gay onamning yuzlari gezarib ketgan. Ora-sira
menga qarab Qo‘yadi. Bu ertaga senga ko‘rsatib ko‘yaman degani. Haqiqatan ko‘rsatadi.
Otam bo‘lmaganida:
— Razil bola, sen tufayli kaltak yedim, — deb ustimga bostirib keladi. Ushlab olsa,
to‘yguncha uradi.
Mana, uka, senga bir oqshom voqeasini aytdim. Bu har oqshom davom etishini aytsam
senga g‘alati tuyulishi mumkin, balki ishonmassan, Ammo bularning hammasi mening
boshimdan o‘tgan... Otam yo‘q paytlarda ovqatlanishga o‘tiramiz. O’gay onam, o‘gay
ukam va men. Agar ovqatda mening oddimdan go‘sht bo‘lagi chiqib qolsa, u zudlik bilan
ukamning oldiga surib qo‘yiladi. Uyda biron tansiqroq taom tayyorlansa, ovqat pishar
mahali meni uni keltir, buni keltir deb yugurtirardi. Ishlar bitgach, dasturxon boshiga
kelib ukamdan qolgan ovqatnigina ko‘rardim. Ba’zan ukam ga xitoban:
— Ol ko‘zichog‘im, sen ham hamma qatori yeyaver, qorning ochqab ketganini ko‘rib
turibman,—deredi. «Hamma» men ekanligimni bilib turardim.
Bir kuni otamningu bilan gaplashayotganini eshitib qoldim. Gap mening o‘qishim
xususida edi, O’gan onam ming bir bahona keltirib otamni bundan qaytarishga urinardi.
Oqbatda meni maktabga bermadilar.
Bir kuni holam menga bir-ikki narsalarni o‘rgatdi. «Bularni hech kim yo‘q payti otangga
ayt, mening aytganligimni unga bildirma», — dedi. Rozi bo‘ldim. Bir kun otam bilan
boqqa ketayotgandik. Otam gaplashmasdi, boshini yerga osiltirgancha vazmin yurib
borardi. «Ayni vaqti», — deb o‘yladim:
— Ota.
U menga o‘girildi:
— Nima deysan, o‘g‘lim.
— Jaxlingiz chiqmasa, sizga bir gap aytardim.
— Ayt, jahlim chiqmaydi.
— Onam bo‘lsaydi, men sen uchun bir gul misoli xushbo‘y taratardim. Hozir esa
tikanman, senga botib turaman, to‘g‘rimi?
Otamning ko‘zlarini yosh qopladi. Meni quchoqladi, bag‘riga bosdi, hidladi va hiqillab
yig‘lay boshladi. Bir muddat shunday turganidan sung:
— Toychog‘im, kurib turibsan-ku, sendan ko‘proq uni do‘pposlayman. To‘g‘ri aytding,
ammo ne qilay, kuchim yetmayapti,—dedi.
Men yana holam o‘rgatganidek:
— Menga kuchingiz yetadi-ku, ota, — dedim.
Bu so‘zlar otamga qattiq ta’sir qildi, Bu gaplarni kim o‘rgatganini so‘radi, aytmadim.
O’sha kundan keyin otamning menga nisbatan muomalasi o‘zgardi. Onam chaqsa,
avvalgidek sapchib turib urmaydigan, faqat do‘q-po‘pisa bilan, nasihat bilan
kifoyalanadigan bo‘ldi:
— Boshqa bunday qila ko‘rma, abjag‘ingni chiqaraman, bola...
O’gay onam otamdagi bu o‘zgarishni ko‘rardi, faqat sababini bilmasdi. Menga ba’zan
«o‘g‘lim, bolam» deb, ba’zan yeguliklar berib avrasa ham bunga muvaffaq bo‘lolmadi.
Saodatli hayotim ikki yilcha davom etdi. Saodatli kunlar deganim, ota-onasi bor bola
uchun tikanlar ustida yotish bilan teng. Ikki yildan so‘ng — otam vafot etgach, ahvol
o‘zgardi. Boshimda qora bulutlar aylana boshlagach, qochdim. Mana shu yerda xizmat
qilyapman...»
O’gay ona (roman). Ahmad Lutfiy Qozonchi
Dostları ilə paylaş: |