www.ziyouz.com kutubxonasi
69
— Nega o‘gay bo‘lasizlar, o‘g‘lim? Bugungacha sen o‘zimning o‘g‘lim eding, bundan
buyog‘iga ham shunday bo‘ladi. Odila bugunga qadar o‘z qizim edi, qizim bo‘lib
qolaveradi. Bugun ushbu sirni xaqiqiy onasini tanisin va uning haqqiga duo kdlsin deb
ochdim. Butungacha ushbu vazifani men bajarib keldim. Uning haqiga har kun tilovat
qildim, duo o‘qndim. Istagim, bugundan boshlab sen ham shunday qilsang.
Fotimaxonim bir-ikki lahza nafas rostlab, yana davom etdi:
— Bugunga qadar buni bilishingizdan biron-bir foyda yo‘q edi. Bo‘yni egik, ko‘ngli siniq
bir yetim sifatida ulg‘ayar edingiz. Balki meni ona deb atamasmidingiz?! Xullas, bundan
yutqizadigan faqat siz edingiz. Shu sababdan bugunga qadar bu sirni sizlarga
ochmagandim. Odila yana bir necha Yil bu sirdan voqif bo‘lmay turgani ma’qul. Sen ham
bu hakda unga hech nima demay tur! Hozircha buning payti emas. Uning bilishidan hech
qanday foyda yo‘q. Mana, senga so‘zlashni xohlaganlarim shulardan iborat, o‘g‘lim.
Onangni tani va unnng uchun tilovat qil.
Xusayin ta’rif etish mushkul bir ahvolda qoldi. Demak, qarshisidagi yillar bo‘yi o‘zlarini
gul kabi yetishtirgan, balki istalgan bir haqiqiy onadan ko‘ra ancha-muncha ko‘proq
mehr ko‘rsatgan bu xotin o‘gay edi. Aqlini taniganidan beri yashab o‘tgan hayotini ko‘z
oldida jonlantirdi. Masalan: Samihaning Odiladan farqli tutilgan biron hodisani
eslamoqchi bo‘ldi. Muomalalardan biron-bir belgi axtardi, faqat bular hech bir naf
bermadi. Mana ishonish mumkin bo‘lmagan ikki xulosa: Yo bu xabar xato bo‘lishi kerak
yoki shuncha yillik o‘gaylik davrida o‘zni o‘gaydan ayirgan, soxta va yasama harakatlar
topilishi darkor. Na unisi, na bunisi. O’rtada bir vijdon bor edi va bu vijdonga hech bir
bo‘yab-bejashsiz oliy darajadagi onalik mehri, tarbiyasi ko‘rsatilgani ma’lum zdi. Husayin
o‘rtadagi munosabatlarda biron-bir soxtalik bo‘lganligini ayta olishi uchun yolg‘on
so‘zlashi lozim. O’gay ekanligini bugun aytgan onaning istalgan kimsaning onasidan
ko‘ra xurmatga loyiqroq ekanligini juda yaxshi tushunar edi. O’z bolasining o‘qishi,
yomonlar bilan do‘st bo‘lmasligi, odamlar orasida uyalmasligi uchun qay ona bu qadar
g‘ayrat qilardi?! Qaysi onaning qo‘lidan kelardi bu ish?! Agar ko‘llaridan kelsa,
hammasining farzandi ham tarbiyali bo‘lmasmidi?!
O’sha kuni do‘konga borganda otasi undan onasi bilan ba’zi narsalarni gaplashgan-
gaplashmaganini so‘radi. Xusayin bor gapni aytib berdi. So‘ng aqliga kelgan bir savolni
berdi:
— Xo‘sh, onam bilan marhum onamning qarindoshligi bormidi?
— Yo‘q, o‘g‘lim.
— Tanirmidi?
— Bilmadim. Bilganim shuki, ko‘pchilik o‘z opa-singillarining yetimlariga ham bunchalik
qaray olmaydi. Ko‘pincha sizni urmoqchi bo‘lganimda, sizni himoya qnlib, meni
uyaltirgan. Sizlarga mendan ko‘ra mehrnbonroq bo‘ldi. Men sabr qilolmagan, sabrim
yetmagan paytlarda u sabr qildi. Xasta bo‘lganingizda mendan ko‘proq kuyundi.
Sizlardan shikoyat qilganini eslolmayman. Yaxshiligini yuzga solmadi. Bugungi holga
kelishingga, Imom Xatib maktabida o‘qishingga sabab bo‘lgan ham udir. O’lgan onang
seni tug‘di, sutini emding, ammo seni shunchalar tarbiya qila olarmidi, yo‘qmi, bunisini
bilolmayman.
Odilbek qancha yillar davomida insoniylik va muruvvatdan boshqa harakatiga shohid
bo‘lmagan Fotimaxonimning bir vaqtlar Qur’oni Karim o‘qimoqni o‘rgatganini aytganida
Husayinning ko‘z oldida bu nurli siymo yuksalib, haqiqin onalarning yaxshi jihatlari
mujassam bo‘lgan sharaf tojini kiyardi.
Asr namozini birga o‘qigach, Odilbek o‘g‘liga onasining qabrini ziyorat qilishlarini aytdi va
yo‘lga tushdilar. Qabriston eshigidan kirisharkan mahzun qiyofali bir askarning
chiqayotgakini va salom berib uzoqlashganini ko‘rishdi. Husayin bu askarni taniganday
O’gay ona (roman). Ahmad Lutfiy Qozonchi
Dostları ilə paylaş: |