275
V BOB. DAVLAT BYUDJETINING SOLIQSIZ
DAROMADLARI
5.1. Davlat byudjeti soliqsiz daromadlarining zarurligi,
mohiyati va turkumlanishi
Davlat byudjetining soliqsiz daro-
madlari tarkibiga davlatga tegishli mulklarni
sotishdan va xususiylashtirishdan kelgan
daromadlar, tashqi iqtisodiy faoliyatdan
kelgan daromadlar, xorijiy davlatlardan olingan moliyaviy yordamlar
kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksiga muvofiq davlat
byudjetining soliqsiz daromadlariga yuridik va jismoniy shaxslardan,
shuningdek, chet davlatlardan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari,
rezident - yuridik shaxslarga va chet davlatlarga berilgan byudjet
ssudalarini qaytarish hisobiga tushadigan to‘lovlar va davlatning
moliyaviy va boshqa aktivlarining joylashtirilishi, foydalanishga
berilishi va sotilishidan olingan daromadlar kiritilgan.
Rossiya Federatsiyasida yuqorida qayd etilgan uchta asosiy daromad
turidan tashqari, Federal yo‘l jamg‘armasining mablag‘lari, markazlashgan
ijtimoiy rivojlantirish jamg‘armasining mablag‘lari ham byudjetning
soliqsiz daromadlari tarkibiga kiritilgan.
Davlatning maxsus maqsadli jamg‘armalari pul mablag‘larini soliqsiz
daromadlar tarkibiga kiritish maqsadga muvofiq bo‘lmaydi. Buning sababi
shundaki, birinchidan, mazkur jamg‘armalarga qilingan ajratmalar soliq
xarakteriga ega bo‘lib, bunda soliq to‘lovchilar bilan davlat o‘rtasida tovar-
pul munosabatlari mavjud emas; ikkinchidan, maqsadli jamg‘armalarga
qilingan ajratmalar soliqlarga xos bo‘lgan muhim xususiyatga, ya’ni
to‘lovni amalga oshirishda subyektlar mulk shaklining o‘zgarishi
xususiyatiga egadir.
Soliqsiz daromadlarning ko‘pchiligi doimiy, qat’iy belgilangan
stavkada undiriladigan xazina (byudjet) daromadlari ko‘rinishiga ega
bo‘lmaydi. Byudjetning soliqsiz daromadlari qat’iy rejalashtirilmasligi
kerak, lekin amaliyotda ko‘p hollarda ular, odatda ilgarigi yildagi
tushumlar darajasida rejalashtiriladi. Soliqsiz daromadlar soliq daromadlari
kabi O‘zbekiston Respublikasining vakillik organlari tomonidan jismoniy
Dostları ilə paylaş: