289
ilmiy daraja va faxriy unvon uchun qo‘shimcha to‘lovlar;
rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar;
kompensatsiya to‘lovlari (kompensatsiya);
ishlanmagan vaqt uchun haq to‘lash.
predmeti ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘lgan
fuqarolik-huquqiy tusda tuzilgan shartnomalarga muvofiq jismoniy
shaxslarga to‘lovlar;
yuridik shaxsning boshqaruv organi (kuzatuv kengashi yoki
boshqa shunga o‘xshash organi) a’zolariga yuridik shaxsning o‘zi
tomonidan amalga oshiriladigan to‘lovlar;
O‘zbekiston Respublikasi mudofaa,
ichki ishlar, favqulodda
vaziyatlar vazirliklarining, O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik
xizmatining harbiy xizmatchilariga, ichki ishlar organlarining
oddiy
askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibiga hamda O‘zbekiston Respublikasi
Davlat bojxona qo‘mitasining xodimlariga xizmatni o‘tashi (xizmat
majburiyatlarini bajarishi) munosabati bilan to‘lanadigan pul ta’minoti, pul
mukofotlari va boshqa to‘lovlar.
Bunda O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va
konsullik muassasalari xodimlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi
Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga
kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslar uchun
yagona ijtimoiy to‘lovning va sug‘urta badallarining
soliq solish obyekti
ularning O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga ishlash uchun
yuborilguniga qadar oxirgi ish joyi bo‘yicha olingan, O‘zbekiston
Respublikasida byudjet muassasalari xodimlari uchun ish haqi oshirilishi
hisobga olingan holda qayta hisoblanadigan mehnatga haq to‘lash
tarzidagi daromadlardan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun chet ellik
xodimlarni berish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish shartnomasiga muvofiq
yuridik shaxs - O‘zbekiston Respublikasi norezidentiga to‘lanadigan
chet ellik xodimlarning daromadlari ham yagona ijtimoiy to‘lovning
soliq solish obyektidir.
Yagona ijtimoiy to‘lovni va sug‘urta badallarini hisoblab chiqarish
uchun soliq solinadigan baza Soliq kodeksining 172-moddasiga muvofiq
to‘lanadigan daromadlar summasi
sifatida belgilanadi, lekin ushbu
kodeksning 308-moddasida ko‘rsatilgan to‘lovlar bundan mustasno.
O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun chet ellik
xodimlarni berish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish shartnomasiga muvofiq
yuridik shaxs - O‘zbekiston Respublikasi norezidentiga to‘lanadigan
290
chet ellik xodimlarning daromadlari bo‘yicha yagona ijtimoiy to‘lovni
hisoblab chiqarish uchun soliq solinadigan baza chet ellik xodimlarga
to‘lanadigan daromadlar summasi sifatida aniqlanadi, biroq
bu summa
O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun chet ellik xodimlarni
berish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish shartnomasiga doir xarajatlar
umumiy summasining 90 foizidan kam bo‘lmasligi lozim.
Soliq kodeksining 308-moddasiga muvofiq yagona ijtimoiy to‘lov
va sug‘urta badallari quyidagi to‘lovlarga nisbatan hisoblanmaydi:
1)
mehnatda mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqqa boshqacha shikast
etganlik bilan bog‘liq zararning o‘rnini qoplash uchun qonun hujjatlarida
belgilangan miqdorlardan ortiqcha olingan summalar.
2)
quyidagi grant mablag‘lari hisobiga olinadigan mehnatga haq
to‘lash tarzidagi daromadlar:
davlatlar, davlatlarning hukumatlari, xalqaro va chet
el hukumatga
qarashli tashkilotlar tomonidan berilgan grant mablag‘lari;
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadigan
ro‘yxatga kiritilgan xalqaro va chet el nohukumat tashkilotlari
tomonidan berilgan grant mablag‘lari;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari doirasida
berilgan grant mablag‘lari.
Yagona ijtimoiy to‘lov quyidagilarga nisbatan hisoblab
chiqarilmaydi:
O‘zbekiston Respublikasi mudofaa, ichki ishlar, favqulodda
vaziyatlar vazirliklarining, O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik
xizmatining harbiy xizmatchilariga, ichki ishlar organlarining oddiy
askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibiga hamda O‘zbekiston
Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining xodimlariga xizmatni o‘tashi
(xizmat majburiyatlarini bajarishi) munosabati bilan to‘lanadigan pul
ta’minotiga, pul mukofotlariga va boshqa to‘lovlarga;
O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyaviy sudining, umumiy
yurisdiksiya sudlarining va xo‘jalik sudlarining sudyalari, shuningdek
prokuratura organlarining mansab darajalariga (harbiy unvonlarga) ega
bo‘lgan xodimlarining xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan
olgan daromadlariga;
aktsiyadorlik jamiyatlarining boshqaruv
xodimlari sifatida jalb
qilingan chet ellik xodimlarining mehnatga haq to‘lash tarzidagi
daromadlariga.
291
Yagona ijtimoiy to‘lov va sug‘urta
badallari har oyda soliq solinadigan
bazadan hamda belgilangan stavkalardan
kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Yagona ijtimoiy to‘lov yuridik
shaxslarning mablag‘lari hisobidan to‘lanadi, sug‘urta badallari esa
xodimlarning ish haqidan ushlab qolinadi va
soliq agentlari tomonidan
o‘tkaziladi.
Yuridik shaxslarning mehnatga haq to‘lash fondidan yagona
ijtimoiy to‘lov stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori
asosida tasdiqlanadi. 2018 yil uchun to‘lov stavkasi quyidagi miqdorda
belgilangan:
6.1.1-jadval
Dostları ilə paylaş: