283
mablag‘larning qolgan qismi turli shakllarda olingan moliyaviy yordamlar
hissasiga to‘g‘ri keladi.
66
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinadiki, moliyaviy
yordamlarning miqdori nisbatan kichik bo‘lib,
ular davlat byudjeti
daromadlari nuqtai-nazaridan sezilarli darajadagi amaliy ahamiyatga ega
emas.
Byudjetning soliqsiz daromadlari tar-
kibidagi asosiy daromad turlaridan biri –
davlatga tegishli bo‘lgan mulklarni
xususiylashtirishdan keladigan daromadlar
hisoblanadi. Rivojlanayotgan davlatlarda,
shu jumladan, MDHga a’zo
mamlakatlarda davlat mulkini xususiylashtirishdan va sotishdan
olingan daromad soliqsiz daromadlar tarkibida sezilarli salmoqni
egallaydi.
Mazkur mamlakatlarda ko‘p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish
zaruriyati davlat mulkini xususiylashtirishni dolzarb masalasiga
aylantirdi. Xususan, Rossiya Federatsiyasida 2006 yilda davlat mulkini
xususiylashtirish va sotishdan olingan byudjet
daromadlarining umumiy
summasi 25061,2 mln. rublni tashkil qildi. Bu summaga munitsipial
mulkchilik tasarrufida bo‘lgan davlat mulkini sotish summasini
qo‘shsak, u holda davlat mulkidan olgan byudjet daromadlarining
umumiy summasi 52057,3 mln. rublni tashkil qiladi. Bu summani
byudjet daromadlari nuqtai-nazaridan baholash uchun uning soliqsiz
daromadlarining umumiy hajmidagi salmog‘ini o‘rganish kifoya qiladi.
Agar 2000 yilda davlat mulkini sotish va xususiylashtirishdan olingan
byudjet daromadlari soliqsiz daromadlarning umumiy hajmidagi
salmog‘i 14,0 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, 2005 yilda bu ko‘rsatkich 50,5
foizni tashkil qildi. 2006 yilga kelib esa, mazkur ko‘rsatgich 45,2 foizni
tashkil qildi.
67
Keltirilgan ma’lumotlarning tahlilidan ko‘rinadiki, birinchidan,
davlat mulkini sotish va xususiylashtirishdan olingan daromadlar
Rossiya Federatsiyasi davlat byudjetining soliqsiz
daromadlari tarkibida
asosiy o‘rinni egallaydi; ikkinchidan, soliqsiz daromadlarga xos bo‘lgan
nobarqarorlik ushbu daromad turiga ham xos ekanligi yaqqol kuzatiladi.
Davlatga tegishli mulklarni sotishda va davlat korxonalarini
xususiylashtirishda ushbu korxonalarning davlatga tegishli bo‘lgan
66
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining ma'lumotlari.
67
Бурков
С
.
Неналоговые
доходы
от
госсобственности
и
бюджетный
потенциал
страны
. //
Российский
экономический
журнал
.
№
9, 2006.
С
.25
Dostları ilə paylaş: