284
oddiy aksiyalarini sotish muhim o‘rin egallaydi. Aksiyalarni sotishda
ularning bozor bahosi muhim o‘rin egallaydi. Agar oddiy aksiyalarning
bozor bahosi yuqori bo‘lsa, u holda aksiyalarni sotishdan olingan
byudjet daromadlarining miqdori nisbatan katta bo‘ladi. O‘z navbatida,
oddiy aksiyalarning bozor bahosi emitentning sof foydasining miqdoriga
bog‘liq: sof foydaning miqdori qanchalik katta bo‘lsa, ularga
to‘lanadigan dividendning miqdori ham shunchalik yuqori bo‘ladi.
2003-2004 yillarda davlat mulkini
xususiylashtirish dasturiga
muvofiq, mazkur davr mobaynida respublikamizda ustav kapitalida
davlatning ulushi 25 foizdan 51 foizgacha bo‘lgan 673 ta korxonadagi
davlatning ulushi birja va birjadan tashqari bozorlarda sotilishi
mo‘ljallangan. Bu korxonalarning ichida iqtisodiy salohiyati yuqori
bo‘lgan bir qator yirik korxonalar – «Agama» sanoat korxonasi,
«Jizzaxplastmass» HJ, «Elektrokimyozavodi» HJ, «O‘zbekselmash» HJ,
«Toshqishloqmash» HJ kabi korxonalar mavjud. Ularning ustav
kapitalidagi davlatga tegishli aksiyalarni sotilishi
davlat byudjetining
soliqsiz daromadlari hajmining oshishiga olib keladi.
2003-2004 yillarda davlat mulkini xususiylashtirish dasturiga
muvofiq, ustav kapitalida davlatning ulushi 51 foiz va undan yuqori
bo‘lgan 644 ta korxonaning ustav kapitalida davlatning ulushini
qisqartirish ko‘zda tutilgan. Shunisi xarakterliki, ko‘pchilik korxonalarning
ustav kapitalidagi davlatning ulushini 40 foizdan ortiq qismini sotish
ko‘zda tutilgan. Masalan, «Navoimontajavtomatika»
DAKning ustav
kapitalidagi davlat ulushining 49,0 foizini, «Andijon bioxim zavodi»
HJning ustav kapitalidagi davlat ulushining 45,0 foizini,
«O‘zkimyosanoat» DAKning ustav kapitalidagi davlat ulushining 49,0
foizini, «Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati» HJning ustav kapitalidagi
davlat ulushining 46,5 foizini sotish mo‘ljallangan. Mazkur korxonalarning
ustav kapitalidagi davlat ulushining muvaffaqiyatli tarzda sotilishi
O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetining soliqsiz daromadlari hajmini
sezilarli darajada o‘sishiga olib keladi.
Davlat mulki bilan bog‘liq daromadlarning ikkinchi turi davlatga
tegishli bo‘lgan mulklarni ijaraga berishdan olinadigan daromadlar
hisoblanadi. Ijara to‘lovlari shaklidagi mazkur daromadning miqdori
ijaraga beriladigan mulklarning umumiy maydoniga va ijara stavkalariga
bog‘liqdir. Rossiya Federatsiyasida 2001 yilning 1 iyun holatiga, Federal
byudjetga hisoblangan ijara to‘lovlarining atigi 318,0 ming
rubl Federal
byudjetga kelib tushdi. Holbuki, mazkur daromad turi bo‘yicha Federal
byudjetga kamida 5300 mln. rubl kelib tushishi lozim edi. Amalga
285
oshirilgan tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, birinchidan, juda katta
umumiy maydonga ega bo‘lgan davlat mulklari bo‘yicha (82,7 metr kv.)
yangi ijara shartnomalari tuzilmagan; ikkinchidan, to‘lov intizomining
yaxshi emasligi sababli 794,9 mln. rubl miqdoridagi ijara to‘lovlari
bo‘yicha muddati o‘tgan
qarzdorlik mavjud; uchinchidan, ijara
stavkalari va umuman ijara to‘lovlari bo‘yicha asossiz imtiyozlar
mavjud.
Davlat mulki bilan bog‘liq byudjet daromadlarining uchinchi turi
davlat mulkini sotishdan olingan daromadlar hisoblanadi. Davlat
mulkini sotishda kompaniyaning kapitalizatsiya darajasi muhim o‘rin
tutadi. Kapitalizatsiya darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, davlat mulkini
sotishdan olingan daromadlar miqdori shunchalik katta bo‘ladi.
Masalan, Rossiya Federatsiyasining bir qator davlat korxonalarida 2002-
2007 yillarda kapitalizatsiya darajasini keskin pasayishi kuzatilgan.
Xususan, «Slavneft» korxonasida 2006 yilda kapitalizatsiya darajasi
mavjud 1070,2 mln. AQSh dollaridan 752,2 mln.
AQSh dollariga tushib
qolgan. Ya’ni, korxonaning kapitalizatsiya darajasi 318,0 mln. AQSh
dollariga pasaygan. Bu esa, korxonaning bozor bahosini 2006 yilda 25
foizga pasayishiga olib keldi. Rossiya Federatsiyasi hisob palatasi
tomonidan o‘tkazilgan tekshirishlar natijasi shuni ko‘rsatadiki,
«Slavneft» sho‘ba korxonalarining aktivlarini boshqa kompaniyalarga
o‘tkazib yuborilganligi natijasida korxonaning kapitalizatsiya darajasi
keskin pasayib ketgan. «Slavneft» korxonasining boshqa kompaniya-
larning balansiga o‘tkazib yuborilgan sof aktivlarining miqdori 9213,0
mln. rublni tashkil qildi.
Davlat mulki bilan bog‘liq daromadlarning to‘rtinchi turi davlatning
davlat korxonalarining ustav kapitaliga qo‘ygan investitsiyalaridan
oladigan daromadlari hisoblanadi. Davlat
korxonalarining moliyaviy
holati qanchalik barqaror bo‘lsa, ular tomonidan oddiy aksiyalarga
to‘lanadigan dividendlarning darajasi shunchalik yuqori bo‘ladi. Rossiya
hukumatiga yirik miqdorda dividendlar to‘lovchi korxonalar bo‘lib,
RAO «Gazprom», NKA «Lukoyl», NKA «Rostneft», NKA «Slavneft»,
AKA «Transneft», AKA «Transnefteprodukt», RAO «EES Rossii»,
OAO «Texsnabeksport», AK «Alrosa» va OAO «TVEL» kompaniyalari
hisoblanadi. Ular 2002 yilda davlat tomonidan olingan jami
dividendlarning 68,0 foizini to‘lagan bo‘lsa, 2007 yilga kelib bu
ko‘rsatkich 88,0 foizni tashkil qildi.
Mazkur kompaniyalarning moliyaviy holatining barqarorligi
ularning sof foydasi miqdorini katta bo‘lishiga olib keldi. Natijada
286
davlatga tegishli bo‘lgan aksiyalarga to‘g‘ri keladigan
sof foyda
miqdorining minimal summasi 98712,0 mln. rublni tashkil qildi.
O‘zbekiston Respublikasi byudjet amaliyotida davlat mulkini
xususiylashtirish bilan bog‘liq daromadlarning amaldagi holatini tahlili
(5.2.1-jadval) 2003 yilni hisobga olmaganda, tahlil qilingan davr
mobaynida 2004 yildan boshlab davlat mulkini xususiylashtirishdan
olingan daromadlarning miqdori o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lgan.
5.2.1-jadval
Dostları ilə paylaş: