298
huquqi buyurtmachining o‘zida saqlanib qolgan taqdirda, o‘z kuchlari
bilan bajarilgan ishlarni realizatsiya qilishdan olinadigan tushum
bajarilgan hamda tasdiqlangan ishlarning buyurtmachi materiallarining
qiymati kiritilmagan holdagi
qiymati sifatida belgilanadi;
3) vositachilik xizmatlari ko‘rsatuvchi, shu jumladan tovarlarni
sotish bo‘yicha, vositachilik va topshiriq shartnomalari bo‘yicha hamda
vositachilik xizmatlari ko‘rsatishga oid boshqa shartnomalar bo‘yicha
vositachilik xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar uchun - ko‘rsatilgan
xizmatlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i chegirib tashlangan holdagi
haq summasi;
4) savdo faoliyatini amalga oshiradigan yuridik shaxslar uchun -
tovar oboroti;
5) kredit tashkilotlari va sug‘urta
tashkilotlari uchun - agar
boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq Kodeksining 148 va
150-moddalariga muvofiq aniqlanadigan daromad;
6) mol-mulkni moliyaviy ijaraga (lizingga) beruvchi yuridik
shaxslar uchun - moliyaviy ijara (lizing) bo‘yicha foizli daromad
summasi;
7) gaz ta'minotini va elektr ta'minotini amalga oshiruvchi yuridik
shaxslar uchun - qo‘shilgan qiymat solig‘i va aktsiz solig‘ini chegirgan
holda tegishincha tabiiy gaz va elektr energiyasini oxirgi iste'molchiga
realizatsiya
qilish hajmi;
8) don mahsulotlarini qabul qilish (don mahsulotlarini qabul qilish
va donni qayta ishlash korxonalari) faoliyati bilan shug‘ullanuvchi
yuridik shaxslar – qo‘shilgan qiymat solig‘ini chegirgan holda, ustama
va chegirma.
Quyidagilarga soliq solish ob'ekti sifatida qaralmaydi:
-soliq Kodeksining 150-moddasiga muvofiq boshqa daromadlar;
-hayotni sug‘urtalash sohasiga taalluqli shartnomalar bo‘yicha
sug‘urta mukofotlari (badallari), qayta sug‘urta
qilish shartnomalari
bo‘yicha topshirilgan to‘lovlar summalari, shuningdek soliq Kodeksi
150-moddasining 2 va 4-bandlarida ko‘rsatilgan daromadlar.
-xalq banki tomonidan fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan
pensiya hisobvaraqlaridagi mablag‘lardan foydalanishdan olingan
daromad.
Soliq to‘lovchilar turli xil soliq solish ob'ektlariga ega bo‘lgan
hollarda, ular soliq solish ob'ektlarining alohida-alohida hisobini
yuritishi va tegishli ob'ektlardan kelib chiqqan
holda davlat maqsadli
jamg‘armalariga majburiy ajratmalarni to‘lashi shart.
299
Davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar har oyda
soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda
hisoblab chiqariladi.
Davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalarning stavkasi
3,2 foiz miqdorida belgilangan.
Davlat maqsadli jamg‘armalariga
majburiy ajratmalarning hisob-kitobi
soliq bo‘yicha
hisobga olish joyidagi
davlat soliq xizmati organlariga ortib
boruvchi yakun bilan yilning har
choragida, hisobot davridan keyingi
oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha
esa yillik
moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi (15-ilova).
Davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar quyidagicha
to‘lanadi:
-Davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar to‘lovchi
bo‘lgan mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan - hisob-kitobni
taqdim etish muddatidan kechiktirmay;
-mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq
to‘lovchilar tomonidan
- har oyda, keyingi oyning 25-kunidan
kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot taqdim
etiladigan muddatdan kechiktirmay.
Dostları ilə paylaş: