56
Yuridik va jismoniy
shaxslar to‘laydigan
soliqlar va yig‘imlar
Mazkur tendensiyaning mavjudligi davlat byudjeti daromadlarini
shakllantirishning hozirgi holati nuqtayi nazaridan ijobiy hisoblanadi.
Buning
sababi shundaki, qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘i
iqtisodiy kon’yunkturaning o‘zgarishlariga bevosita bog‘liq bo‘lmagan
barqaror daromad manbalari hisoblanadi va egri soliqlar bo‘yicha
tushumlarning asosiy qismini tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti ijtimoiy xarajatlarini
o‘sish tendensiyasiga ega ekanligi davlat byudjeti daromadlari hajmini
uzluksiz oshirib borishni taqozo qiladi. Bu esa, qo‘shilgan
qiymat
solig‘i, aksiz solig‘i kabi barqaror daromad manbalarini byudjet
daromadlarining tarkibidagi yuqori salmog‘ini ta’minlashni taqozo
qiladi.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, to‘g‘ri va
egri soliqlar yagona soliq
tizimini tashkil etib, bir-biri bilan o‘zaro bog‘langandir.
Yevropa mamlakatlarida egri soliqlarning roli AQSh, Yaponiya,
Kanada va Avstraliyaga qaraganda yuqori. Yevropa mamlakatlarida jami
soliq tushumlarining hajmida egri soliqlarning salmog‘i 40 foizdan
yuqori
bo‘lib, ayrim mamlakatlarda 50 foizni tashkil etadi. Mazkur ko‘rsatkich 50
foizdan yuqori bo‘lgan mamlakatlar guruhiga Meksika, Turkiya va Koreya
kiradi. AQSh, Yaponiya, Kanada va Avstraliyada esa ushbu ko‘rsatkich 25-
30 foizni tashkil qiladi
19
.
O‘zbekiston Respublikasi soliq qonun-
chiligiga binoan soliqqa tortish maqsadida
soliq to‘lovchilar
yuridik va jismoniy
shaxslarga bo‘lingan. O‘zbekiston Respub-
likasining davlat byudjetiga to‘lanadigan soliqlar va yig‘imlarning hal
qiluvchi asosiy qismini yuridik shaxslarning soliqlari va boshqa majburiy
to‘lovlari tashkil etadi. Yuridik shaxslar quyidagi umumdavlat hamda
mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘laydilar (2.2.1-chizma).
Yuridik shaxslar soliq to‘lovchi bo‘lishi uchun yuridik
shaxs
maqomini
olganidan tashqari, albatta biror ruxsat etilgan faoliyatdan
daromad olgan bo‘lishlari zarur yoki tovar (ish, xizmat)lar sotishdan
oborotga ega bo‘lishlari
hamda statistika idoralarida, mahalliy davlat
hokimiyati organlaridan ro‘yxatdan o‘tgan (kodga ega) bo‘lishlari shart.
19
Пансков
В
.
П
.,
Князев
В
.
Г
.
Налоги
и
налогообложения
. –
М
.:
МЦФЭР
, 2003.
С
. 57-59
57
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i
(yagona soliq to‘lovi)
Qo‘shilgan qiymat solig‘i
Yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar
va maxsus to‘lovlar
Suv resurslaridan
foydalanganlik uchun soliq
Mol-mulk solig‘i
Yer solig‘i (yagona yer solig‘i)
Benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun
olinadigan soliq
Yuridik shaxslarning mehnatga haq to‘lash fondidan
yagona ijtimoiy to‘lov
Fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga
sug‘urta badallari (huquqiy to‘lovchi yuridik shaxs
hisoblanganligi uchun)
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (huquqiy
to‘lovchi yuridik shaxs hisoblanganligi uchun)
Dostları ilə paylaş: