Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/220
tarix21.10.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#158531
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   220
Элекрон қулланма (дарслик)

Umumdavlat va mahal-
liy soliqlar hamda bosh-
qa majburiy to‘lovlar


49
8)
davlat boji. Davlat boji yuridik ahamiyatga molik harakatlarni 
amalga oshirganlik va bunday harakatlar uchun vakolatli muassasalar, 
shuningdek, mansabdor shaxslar tomonidan hujjatlar berganlik uchun 
olinadigan majburiy to‘lovdir. Bunday vakolatli muassasalarga misol 
qilib sud va notarial idoralari, O‘zbekiston Respublikasi diplomatik 
vakolatxonasi va uning konsullik muassasalarini keltirish mumkin. 
Davlat bojining stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan belgilanadi; 
9)
bojxona to‘lovlari. Bojxona organlari bojxona ishini amalga 
oshirishda belgilangan tartibda bojxona to‘lovlarini undiradi. Bojxona 
to‘lovlarining quyidagi turlari mavjud: 

bojxona boji; 

import qilinayotgan tovarlar uchun undiriladigan qo‘shilgan 
qiymat solig‘i; 

import qilinayotgan tovarlar uchun undiriladigan aksiz solig‘i; 

bojxona yig‘imlari. 
Soliq solishning soddalashtirilgan tartibida to‘lanadigan 
umumdavlat soliqlari: 
10)
yagona soliq to‘lovi; 
11)
tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy 
belgilangan soliq. 
Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarga quyidagilar kiradi: 
1)
mol-mulk solig‘i; 
2)
yer solig‘i; 
3)
benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan 
soliq; 
4)
ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim 
turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im; 
5)
yagona yer solig‘i (soliq solishning soddalashtirilgan tartibidagi 
soliq)
Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘lovchisi bo‘lib 
O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligi hujjatlariga muvofiq, 
mulkchilik shaklidan qat’iy nazar yuridik va jismoniy shaxslar 
hisoblanadi. 
Mol-mulk solig‘i va yer solig‘i O‘zbekiston Respublikasining 
qonun hujjatlariga binoan joriy etiladi va uning butun hududida 
undiriladi. 
Ushbu soliqlar stavkalarining miqdori O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti qarori asosida belgilanadi. 


50
Benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq, 
ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi 
xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘imlar Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi davlat hokimiyati organlari, viloyatlar va Toshkent shahar 
xalq deputatlari kengashlari tomonidan joriy etiladi. Ushbu soliqlar va 
yig‘imlar stavkalarining eng yuqori miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti qarori asosida belgilanadi. 
Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning stavkalari soliq 
to‘lovchilarga Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va uning quyi 
organlari tomonidan belgilangan tartibda yetkaziladi.
Mol-mulk solig‘i, yer solig‘i hamda yagona yer solig‘i bo‘yicha 
imtiyozlarni berish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
tomonidan belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari 
tomonidan amalga oshirilishi mumkin. 
Yuridik shaxslar tomonidan byudjet bilan hisob-kitoblar hisobi 
byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar hisobi hisobvaraqlarida mahalliy 
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar har bir turi bo‘yicha yuritiladi.
Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning o‘z vaqtida 
to‘lanishi, mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘g‘risidagi 
qonun hujjatlariga rioya qilinishi uchun javobgarlik soliq va boshqa 
majburiy to‘lovlarni to‘lovchilar zimmasiga yuklanadi. 
Mahalliy soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lanishining 
tasdig‘i bo‘lib amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq bank muassasasi 
yoki vakolatli organ bergan hujjat hisoblanadi. 
Soliqlarning umumdavlat va mahalliy soliqlarga bo‘linishi hukumat 
idoralarining respublika hukumati va mahalliy hukumatlarga bo‘linishi 
asosida kelib chiqadi. Har bir hokimiyat idoralari o‘zlarining bajaradigan 
muhim vazifalaridan kelib chiqib, o‘z byudjetiga va uni ta’minlaydigan 
soliqlarga va boshqa majburiy to‘lovlarga ega bo‘lishi kerak. Respublika 
hukumati umumdavlat miqyosida katta vazifalarni, jumladan, sog‘liqni 
saqlash, maorif, fan, mudofaa, xavfsizlikni saqlash, aholini ijtimoiy 
himoyasini tashkil etish va boshqa bir qator shu kabi strategik vazifalarni 
bajaradi. Shuning uchun uning byudjeti ham soliqlari ham salmoqli 
bo‘lishni talab etadi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, yuridik shaxslardan 
olinadigan foyda solig‘i, yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va 
maxsus to‘lovlar, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, jismoniy 
shaxslardan olinadigan daromad solig‘i respublika byudjetiga tushadi. 
Umumdavlat soliqlarining muhim xususiyati shundaki, respublika 


51
byudjetiga tushadigan soliqlardan mahalliy byudjetlarni boshqarib borish 
uchun ajratma sifatida tushushi mumkin. Bordi-yu, ajratma etmasa 
subvensiya yoki subsidiya beriladi. Umumdavlat va mahalliy soliqlar 
yagona mohiyatga ega bo‘lib, ular byudjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan 
to‘lovlar hisoblanadi. 
Mahalliy soliqlar mahalliy davlat hokimiyati organlari bajaradigan 
vazifalariga qarab belgilanib, ularga doimiy va to‘liq biriktirib beriladi. 
Mahalliy hokimiyat organlari asosan fuqarolarga yaqin bo‘lganligidan 
ularga ijtimoiy masalalarni, jumladan, maktab, sog‘liqni saqlash, 
madaniyat, maorif, shahar va qishloqlar obodonchiligi kabi vazifalarni 
bajaradi. Lekin bu soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar ularning byudjet 
xarajatlarining 30-40 foizini qoplaydi, xolos. 
Shuning uchun ham mahalliy byudjetlar daromadlarini ko‘paytirish eng 
dolzarb masalalardan hisoblanadi. Mahalliy soliqlarning muhim xususiyati 
shundaki, ular faqat shu hududning byudjetiga tushadi va ulardan boshqa 
byudjetlarga ajratmalar berilmaydi.
Mahalliy byudjetlarning soliq va boshqa majburiy to‘lovlari kam 
bo‘lganligidan bu byudjetlarning daromadlar va xarajatlarini 
barqarorlashtirish (balanslashtirish) ancha murakkabdir. Bu masalani 
yechishda umumdavlat soliqlaridan ajratmalar beriladi (masalan, 
qo‘shilgan qiymat solig‘idan, aksiz solig‘idan va boshqalar). 
O‘zbekiston soliq tizimida sodda-
lashtirilgan (ixchamlashtirilgan) soliq 
tizimiga o‘tgan yuridik va jismoniy 
shaxslar ham mavjud bo‘lib, ular quyidagi 
soliqlarni to‘laydilar: 
1.
Mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi 
to‘lanishini nazarda tutuvchi soliq solish tizimi qo‘llanilishi mumkin. 
Aksiz solig‘i to‘lanadigan mahsulot ishlab chiqarishni va yer qa’ridan 
foydalanganlik uchun soliq solinadigan foydali qazilmalarni qazib 
olishni amalga oshiruvchi mikrofirmalar va kichik korxonalarga (bundan 
maxsus pechlardan foydalangan holda energiya tejaydigan zamonaviy 
texnologiyalar asosida pishiq g‘isht ishlab chiqaruvchi mikrofirmalar va 
kichik korxonalar mustasno) yagona soliq to‘lovi tatbiq etilmaydi. 
Yagona soliq to‘lovi to‘lovchilar uchun import qilinadigan tovarlar 
bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘ini to‘lash majburiyati 
saqlab qolinadi. 
2.
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari foyda solig‘i, 
qo‘shilgan qiymat solig‘i (tovarlar, ishlar, xizmatlarni import qilish 

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin