46
2.
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar aniq bo‘lishi kerak. Soliq
to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida har bir soliq to‘lovchi qaysi
soliqlar va
majburiy to‘lovlarni qachon, qancha miqdorda hamda qay tartibda
to‘lashi kerakligini aniq biladigan tarzda ifodalangan bo‘lishi kerak.
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni
belgilashda, soliq to‘lovchilar,
shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning elementlari
aniqlangan bo‘lishi kerak (7-modda).
3.
Soliq solish umumiydir. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar
bo‘yicha imtiyozlarni belgilash ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi
kerak (8-modda). Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar
kamsitish
xususiyatiga ega bo‘lishi mumkin emas hamda ijtimoiy, irqiy, milliy,
diniy va boshqa shu kabi mezonlardan kelib chiqqan holda qo‘llanilishi
mumkin emas.
4.
Soliq tizimi O‘zbekiston Respublikasining
butun hududida barcha
soliq to‘lovchilarga nisbatan yagonadir (9-modda). O‘zbekiston
Respublikasining bojxona hududi doirasida tovarlarning (ishlarning,
xizmatlarning) yoki moliyaviy mablag‘larning erkin muomalada bo‘lishini
bevosita yoki bilvosita cheklab qo‘yadigan soliqlar va boshqa majburiy
to‘lovlar belgilanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
5.
Soliq solish masalalarini tartibga
soluvchi normativ-huquqiy
hujjatlar rasmiy nashrlarda e’lon qilinishi shart (10-modda). Barchaning
e’tibori uchun rasmiy e’lon qilinmagan normativ-huquqiy hujjatlar kuchga
kiritilmagan hujjat sifatida huquqiy oqibatlarni
keltirib chiqarmaydi va
soliq sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga, ulardagi ko‘rsatmalar
bajarilmaganligi uchun biron bir sanksiyani qo‘llashga asos bo‘lib xizmat
qilishi mumkin emas.
6.
Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlaridagi bartaraf etib bo‘lmaydigan
barcha qarama-qarshiliklar va noaniqliklar soliq to‘lovchining
foydasiga
talqin qilinadi (11-modda).
Soliqqa tortish tamoyillari va soliq qonunchiligi prinsiplari ma’lum
o‘xshashlikka ega bo‘lib, ularni amaliyotga tatbiq etish iqtisodiyotni
yanada rivojlantirishning muhim vazifalaridan hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: