64
Foyda solig‘ining joriy
qilinishi, iqtisodiy mo-
hiyati va ahamiyati
III BOB. YURIDIK SHAXSLARNI SOLIQQA TORTISH
3.1. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i
O‘zbekiston Respublikasi davlat
byudjeti daromadlari 1991-yilga qadar
asosan davlat korxonalari foydasidan
ajratiladigan ajratmalar hisobidan
shakllanar edi. Ushbu foydadan ajratma
davlat tomonidan belgilangan majburiy to‘lov bo‘lib,
u korxonalar
balans foydasining 90 foizgacha bo‘lgan qismini byudjetga olib ketar,
qolgan mablag‘lar esa korxona tomonidan emas, balki yuqori tashkilot
topshirig‘iga ko‘ra tegishli fondlarga taqsimlanar edi.
Respublikamiz ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor muno-
sabatlariga o‘tishi tufayli mamlakatimiz xo‘jalik
turmushida chuqur ijobiy
o‘zgarishlar ro‘y bera boshladi. Natijada mulkchilikning turli shakllari
rivojlanishi, korxonalar imkoniyatining oshishi, bozor infratuzilmasi
rivojlanishi bilan majburiy ajratmalarning avvalgi tizimi korxonalarning
xo‘jalik yuritish samaradorligini ta’minlay olmay qoldi hamda ular
bevosita va bilvosita investitsiya dasturlariga to‘sqinlik qila boshladi.
Chunki foydadan ajratma o‘zining iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra
faqat davlat
korxonalari foydasidan ajratilishi lozim edi.
Bozor munosabatlari rivojlanishi bilan iqtisodiyotni soliqlar
yordamida tartibga solish xususan, foydadan ajratmalar o‘rniga daromad
solig‘ini joriy etish zarurati paydo bo‘ldi va 1992-yildan boshlab barcha
turdagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar «daromad» solig‘ini to‘lashga
o‘tdilar.
O‘zbekiston Respublikasi rubl mintaqasida
qolib turgan vaqtda
daromad solig‘ini olishga o‘tish pul qadrsizlanishi tufayli ish haqi
o‘sishini cheklash uchun davlat tomonidan majburiy chora bo‘ldi.
Bunday sharoitda ishlab chiqaruvchilarning moliyaviy ahvoli
yomonlasha boshladi. Natijada mahsulotga talab pasayib, sotishdan
olingan tushum hajmi kamaygani holda, ular o‘z
ishlab chiqarishlari
yo‘nalishini o‘zgartirishga, foyda olmasalar ham juda katta miqdorda
ishchilarga ish haqi to‘lashga majbur bo‘ldilar. Bunday holatda
amaliyotda korxonalar hisobot davrida faoliyatlarini foyda bilan
yakunlamasada, daromad solig‘ini ish haqi fondidan belgilangan
stavkada to‘lashga majbur edilar.
65
1995-yil 1-yanvardan boshlab soliqlarning rag‘batlantiruvchi rolini
kuchaytirish maqsadida mamlakatimizda korxonalarning foydasidan
olinadigan soliq joriy etildi. Shu bilan bir qatorda soliq to‘lovchilarning
ayrim toifalari (tijorat
banklari, sug‘urta tashkilotlari, kino-konsert
faoliyatini olib boruvchi muassasalar, ko‘ngilochar o‘yinlarni tashkil
etuvchi
korxonalar, birja va boshqa shu kabi korxonalar) uchun daromad
solig‘i va yalpi daromad solig‘ini to‘lash tartibi saqlab qolindi.
Amaldagi Soliq kodeksining 23-moddasiga muvofiq yuridik
shaxslardan olinadigan foyda solig‘i umumdavlat soliqlari tarkibiga
kirib, u davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda asosiy
manbalardan biri hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: