Soliq to‘lovchilar tar-
kibi, soliq obyekti
va
soliq bazasi
67
Jami daromadlar tar-
kibi, jami daromad-
dan chegirmalar
bankda hisob-raqamiga ega bo‘lishi;
identifikatsion raqamga ega bo‘lishi;
mahalliy hokimiyat organlaridan ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi.
Umumiy tartib bo‘yicha yuridik shaxslar qayd etilgan shartlarga javob
bersagina foyda solig‘i to‘lovchilar bo‘lib hisoblanadilar.
Soliq kodeksining 127-moddasiga ko‘ra yuridik shaxslardan
olinadigan foyda solig‘ining obyekti bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi
rezidentlarining, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni
doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi
norezidentlarining foydasi hamda O‘zbekiston Respublikasi
rezidentlarining va O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining
chegirmalar qilinmagan holda to‘lov manbayida soliq solinadigan
daromadlari hisoblanadi.
Soliq solinadigan baza jami daromad bilan chegirib tashlanadigan
xarajatlar o‘rtasidagi farq sifatida, Soliq kodeksining 158-moddasining
ikkinchi qismida, boshqa qonunlarda va O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining qarorlarida nazarda tutilgan imtiyozlar hamda Soliq
kodeksining 159-moddasiga muvofiq soliq solinadigan foydaning
kamaytirilishi summalari inobatga olingan holda hisoblab chiqarilgan
soliq solinadigan foydadan kelib chiqib belgilanadi.
Yuridik shaxslarning foyda solig‘i
bo‘yicha soliqni to‘liq, to‘g‘ri aniqlash
(hisoblash) uchun ularning jami
daromadlari tarkibiga nimalar kirishini
mukammal o‘rganish zarur bo‘ladi.
Yuridik shaxslarning jami daromadlari tarkibiga ular tomonidan
olinishi lozim bo‘lgan (olingan) ortilgan tovarlar, bajarilgan ishlar,
ko‘rsatilgan xizmatlar haqlari kabi pul va bepul (tekin) qaytarmaslik
sharti bilan olingan mablag‘lar kiradi. Demak, olingan kreditlar jami
daromadga kirmaydi.
Yuridik shaxslarning jami daromadlari tarkibiga quyidagilar kiradi:
tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan olinadigan daromadlar;
boshqa daromadlar
.
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan, shu
jumladan yordamchi xizmatlar tomonidan realizatsiya qilishdan
qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i hamda benzin, dizel yoqilg‘isi va
gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq chegirib tashlangan holda
olingan tushum tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan
olinadigan daromaddir.
68
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olinadigan
tushum yuklab jo‘natilgan tovarlar (bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan
xizmatlar) qiymatidan kelib chiqqan holda tovarlarni jo‘natish, ishlarni
bajarish, xizmatlar ko‘rsatish hollarini tasdiqlovchi hujjatlar asosida
belgilanadi.
Vositachilik faoliyatidan daromadlar oladigan yuridik shaxslar
uchun tushum deyilganda ko‘rsatilgan xizmatlar uchun olinishi lozim
bo‘lgan haq summasi tushuniladi.
Nashriyot va tahririyatlar uchun gazeta va jurnallarni realizatsiya
qilishdan olingan tushum ularda reklamani joylashtirishdan olingan
daromadlar kiritilgan holda aniqlanadi.
Mol-mulkni ijaraga berishdan foizlar, royalti, daromadlar olish
imkonini beruvchi mol-mulkni va mulkiy huquqlarni boshqa shaxslarga
foydalanishga berish, shuningdek, talab qilish huquqidan boshqa
shaxsning foydasiga voz kechishdan olingan daromadlar, agar ushbu
daromadlar summasi tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni realizatsiya qilishdan
olingan daromadlarning umumiy summasidan ortiq bo‘lsa, xizmatlarni
realizatsiya qilishdan olingan daromadlar, deb e’tirof etiladi. Mazkur
norma notijorat tashkilotlarga tatbiq etilmaydi, ular uchun ushbu
daromadlar boshqa daromadlar sifatida qaraladi.
Qurilish, qurilish-montaj, ta’mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash,
loyiha-qidiruv va ilmiy ishlar (xizmatlar) bo‘yicha, shuningdek,
obyektlarni foydalanishga tayyor qilib qurish chog‘ida shartnomaviy
baholardan kelib chiqib haq to‘lash uchun hisob-kitob hujjatlari taqdim
etilgan, buyurtmachilar tomonidan bajarilgan (ko‘rsatilgan) va
tasdiqlangan ishlarning (xizmatlarning) qo‘shilgan qiymat solig‘i
kiritilmagan qiymati daromadga qo‘shiladi.
Tovarlar (ishlar, xizmatlar) tannarxidan yoki tovarlar olingan
bahosidan past baholarda (tovarni olish bilan bog‘liq xarajatlarni
hisobga olgan holda) realizatsiya qilinganda, shuningdek, tovarlar
(ishlar, xizmatlar) bepul topshirilganda soliq solish maqsadlari uchun
tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushum
tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) tannarxi yoki tovarlar olingan
baho asosida (tovarni olish bilan bog‘liq xarajatlarni hisobga olgan
holda) aniqlanadi. Baholari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinishi
nazarda tutilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun realizatsiya qilishdan
olinadigan tushum belgilangan baholar (tariflar) asosida aniqlanadi.
Boshqa daromadlarga tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chi-
qarish va realizatsiya qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan operatsiyalardan
olinadigan daromadlar kiradi, ular quyidagilardan iborat:
69
soliq to‘lovchining asosiy vositalari va boshqa mol-mulki chiqib
ketishidan olinadigan daromadlar;
mol-mulkni operativ ijaraga berishdan olinadigan daromadlar;
asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni moliyaviy ijaraga ber-
ishdan olinadigan daromadlar;
tekin olingan mol-mulk, mulkiy huquqlar, shuningdek, ishlar va
xizmatlar;
inventarizatsiya natijasida aniqlangan ortiqcha tovar-moddiy
zaxiralar hamda boshqa mol-mulk qiymati tariqasidagi daromadlar;
hisobot yilida aniqlangan o‘tgan yillardagi daromadlar;
majburiyatlarni hisobdan chiqarishdan olinadigan daromadlar.
Bunga da’vo muddati o‘tgan hisobdan chiqarilgan majburiyatlar hamda
sudning yoki vakolatli davlat organining qaroriga binoan hisobdan
chiqarilgan majburiyatlar kiradi.
talablardan o‘zganing foydasiga voz kechish shartnomasi
bo‘yicha olingan daromadlar;
ilgari chegirib tashlangan xarajatlarning yoki zararlarning o‘rnini
qoplash tarzidagi daromadlar;
xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklardan olinadigan daromadlar;
birgalikdagi faoliyatda ishtirok etishdan olinadigan daromadlar;
undirib olingan yoki qarzdor tomonidan tan olingan jarimalar va
penya, shuningdek, qonuniy kuchga kirgan sud hujjati asosida qarzdor
tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan jarimalar va penya;
kursdagi ijobiy farq;
dividendlar va foizlar;
royalti;
tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqarish va realizatsiya
qilish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan operatsiyalardan olinadigan boshqa
daromadlar.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadigan boshqa daromadlar
qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi chegirilgan holda aniqlanadi.
Notijorat tashkilotlari uchun yuqorida keltirilgan boshqa daro-
madlarga soliq solinmaydi, bundan dividendlar va foizlar, royalti hamda
birgalikdagi faoliyatda ishtirok etishdan olinadigan daromadlar
mustasno.
Soliq to‘lovchining qiymati chet el valutasida ifodalangan
daromadlari milliy valutada olingan daromadlar bilan jamlangan holda,
buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan
tartibda hisobga olinadi.
70
Soliq kodeksining 129-moddasiga ko‘ra quyidagilar soliq
to‘lovchining daromadi sifatida qaralmaydi:
ustav fondiga (ustav kapitaliga) olingan hissalar, shu jumladan
aksiyalarni (ulushlarni) joylashtirish bahosining ularning nominal
qiymatidan (dastlabki miqdoridan) ortiq summasi, birgalikdagi
faoliyatni amalga oshirish uchun oddiy shirkat shartnomasi bo‘yicha
birlashtiriladigan mablag‘lar;
muassislar (ishtirokchilar) tarkibidan chiqilayotganda (chiqari-
layotganda), yoki muassis (ishtirokchi) ulushining miqdori
kamaytirilganda, shuningdek, tugatilayotgan yuridik shaxsning mol-
mulki uning muassislari (ishtirokchilari) o‘rtasida taqsimlanayotganda
ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa doirasida olingan mablag‘lar (mol-
mulk yoki mulkiy huquqlar);
oddiy shirkat shartnomasi sherigining (ishtirokchisining) shart-
noma sheriklari (ishtirokchilari) umumiy mulkidagi ulushi qaytarib
berilgan yoki bunday mol-mulk bo‘lingan taqdirda, hissasi miqdorida
olingan mablag‘lar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar);
realizatsiya qilinayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun boshqa
shaxslardan dastlabki haq (bo‘nak) tarzida olingan mablag‘lar (mol-
mulk yoki mulkiy huquqlar);
qonun hujjatlariga muvofiq majburiyatlarni ta’minlash tariqasida
garov yoki zakalat tarzida olingan mablag‘lar (mol-mulk yoki mulkiy
huquqlar) ularga bo‘lgan mulk huquqi boshqa shaxsga o‘tadigan paytga
qadar;
byudjetdan berilgan subsidiyalar;
agar mablag‘larni (mol-mulk yoki mulkiy huquqlarni) boshqa
shaxsga o‘tkazish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining qarori asosida yuz berayotgan bo‘lsa, tekin olingan
mablag‘lar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar), ishlar va xizmatlar;
olingan grantlar va insonparvarlik yordami;
notijorat tashkilotlar tomonidan ustav faoliyatining ta’minoti va
uni amalga oshirish uchun olingan, belgilangan maqsadga ko‘ra va
(yoki) tekin kelib tushgan mablag‘lar;
sug‘urta shartnomalari bo‘yicha sug‘urta tovoni (sug‘urta sum-
masi) tariqasida olingan mablag‘lar;
vositachiga yoki boshqa ishonchli vakilga vositachilik, topshiriq
shartnomasi yoki vositachilik xizmatlarini ko‘rsatish yuzasidan boshqa
shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarish munosabati bilan,
shuningdek, komitent yoxud boshqa topshiriq beruvchi uchun vositachi
71
yoki boshqa ishonchli vakil tomonidan qilingan xarajatlarni qoplash
hisobiga kelib tushgan mol-mulk (haq to‘lovi bundan mustasno);
ijaraga beruvchi (lizing beruvchi) ijara (lizing) to‘lovining qismi
tariqasida olgan moliyaviy ijara (lizing) obyekti qiymatining qoplamasi;
telekommunikatsiyalar tarmoqlarida tezkor-qidiruv tadbirlari
tizimining tekin olingan texnik vositalari, shuningdek, mazkur
vositalardan foydalanishga hamda ularga xizmat ko‘rsatishga doir
xizmatlardan olingan daromadlar;
ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik subyekti muassislaridan
(ishtirokchilaridan) uning majburiyatlarini bajarish uchun olingan
mablag‘lar. Ixtiyoriy tugatish qonun hujjatlarida belgilangan mud-
datlarda tugallanmagan yoki tugatish tartib-taomili to‘xtatilgan va
faoliyat qayta boshlangan taqdirda, ushbu mablag‘lar jami daromad
tarkibiga kiritiladi hamda soliqqa tortiladi;
investor va davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat
organi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga binoan investitsiya majburiyatlari
sifatida kiritilayotgan mol-mulk.
O‘zbekiston Respublikasidagi to‘lov manbayida soliq solinadigan
dividendlar va foizlar jami daromaddan chegirib tashlanadi.
Yuridik shaxslarning jami daromadlari tarkibi O‘zbekiston Respub-
likasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi «Mahsulot (ishlar,
xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy
natijalarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida»gi 54-sonli qarori bilan
tasdiqlangan Nizom bilan aniqlanadi va quyidagi ketma-ketlikdagi
ko‘rsatkichlar bilan ifodalanadi:
1) mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda.
Dostları ilə paylaş: |