Soliq tizimining huqu-
qiy asoslari, soliq to‘
-
lovchilarning huquq
va majburiyatlari
60
taqdirda hamda tartibda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha
imtiyozlardan foydalanish.
byudjetga ortiqcha miqdorda tushgan soliqlar va boshqa majburiy
to‘lovlar summasini qaytarish to‘g‘risida yozma ariza bilan murojaat
qilish.
Amaliyotda shunday holatlar uchraydiki, gohida soliq
to‘lovchilarning o‘zlari, gohida esa soliq idoralarining ongli xarakatlari
tufayli soliqlar va yig‘imlardan ortiqcha to‘lovlarni undirish amalga
oshiriladi, ayniqsa, chorak yakuni yoki moliyaviy yil yakunlanayotgan
vaqtda ayrim soliq turlaridan prognoz-rejalarni bajarish maqsadida
korxonalarning bankdagi hisob raqamlaridan inkassa topshiriqnomasi
orqali qonunchilikka zid ravishda majburiy undirish holatlari ko‘p
uchrashi mumkin. Byudjetga ortiqcha undirilgan soliqlar 30 kun muddat
ichida soliq to‘lovchilarga qaytarilishi yoki boshqa soliqlar va
yig‘imlardan qarzi mavjud bo‘lgan holda o‘sha qarzni qoplash
imkoniyati paydo bo‘ladi.
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha byudjet oldidagi
o‘z soliq majburiyatlarini bajarish yuzasidan soliq organlaridagi mavjud
ma’lumotlar bilan tanishish.
Ushbu bandga muvofiq soliq to‘lovchilar quyi soliq idoralariga
berilgan soliq turlari bo‘yicha belgilangan prognoz-reja va shu kabi
xo‘jalik va moliyaviy faoliyatlariga tegishli bo‘lgan soliqqa tortish
masalalari bo‘yicha ma’lumotlar bilan tanishish imkoniyatlariga
egadirlar.
soliq organlari o‘tkazgan tekshiruv materiallari bilan tanishish va
tekshiruv dalolatnomalarini olish, tekshiruvlarning natijalaridan norozi
bo‘lgan taqdirda soliq organiga o‘zining yozma e’tirozlarini o‘n kunlik
muddat ichida taqdim etish.
Soliq to‘lovchilar faoliyati soliq organlari tomonidan tekshirilganda
aniqlangan xato va kamchiliklar, qo‘shimcha hisoblangan soliqlar va
boshqa majburiy to‘lovlar, hisoblangan moliyaviy jarimalar to‘g‘risida
tuzilgan dalolatnoma korxona mansabdor shaxslariga (bosh
hisobchisiga) tanishtirilishi shart. Tekshirish natijalarini korxona
rahbariyati nohaq, deb hisoblashi hamda e’tiroz bildirishi ham mumkin.
Bunday holatda, soliq to‘lovchi soliq idorasi rahbariyati nomiga yoxud
yuqori soliq idoralariga yozma murojaat qilishlari mumkin. Soliq
idoralarida ekspert komissiyasi tuzilgan bo‘lib, ushbu komissiya
tomonidan soliq to‘lovchilarning yozma e’tirozlari bir oy muddat ichida
ko‘rib chiqiladi va natijasi arizachiga bildiriladi. Bunday holatda
tekshirish natijasida soliq to‘lovchiga nisbatan qo‘shimcha hisoblangan
61
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar hamda moliyaviy jarimalarni
byudjetga undirish to‘xtatilmaydi.
soliq organlarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining
xatti-harakatlari ustidan yuqori soliq organlariga yoki sudga shikoyat
qilish.
Soliq organlari o‘zlariga berilgan vakolot doiralarida qabul qilgan
qarorlari ayrim hollarda soliq to‘lovchilarning e’tirozlarini keltirib
chiqarishi mumkin yoki ular mansabdor shaxslarining xatti-xarakatlarini
soliq to‘lovchi qonunga zid deb hisoblashlari va ularga barham berish
maqsadida yuqori soliq organlari (Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat soliq
boshqarmalari)ga yoxud sudga shikoyat bilan da’vo qilishlari mumkin.
Bunday holat amaliyotda ba’zida uchrab turadi.
soliq solish obyektini hisobga olishda, soliqlar va boshqa
majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish va to‘lashda o‘zlari yo‘l qo‘ygan
xatolarni mustaqil ravishda tuzatish.
Soliq to‘lovchilar soliq hisob-kitobini quyi soliq idoralariga
qonunchilikda belgilangan muddatlarda topshirgandan so‘ng xato va
kamchiliklarni aniqlashsa, uni qayta tuzatib darhol soliq idoralariga
qayta topshirishlari lozim bo‘ladi. Aks holda, qonun oldida javob
berishga to‘g‘ri keladi.
Soliq to‘lovchilar Soliq kodeksida va boshqa qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.
Soliq kodeksining 32-moddasiga muvofiq soliq to‘lovchilar
quyidagi majburiyatlarga egadirlar:
belgilangan tartibda va muddatlarda soliq organlarida ro‘yxatdan
o‘tish, pochta manzili o‘zgargan taqdirda esa (notijorat tashkilotlar qayta
ro‘yxatdan o‘tkazilgan taqdirda ham), bu haqda soliq organlarini o‘n
kunlik muddat ichida yozma ravishda xabardor etish.
Soliq to‘lovchilar amaldagi qonunchilikka muvofiq davlat
ro‘yxatidan o‘tgandan so‘ng albatta quyi soliq idoralaridan ham
ro‘yxatdan o‘tishi va tegishli ravishda soliq to‘lovchining identifikatsion
raqami (STIR)ni olishi shart. Soliq to‘lovchining identifikatsion raqami
Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan markazlashgan tartibda ro‘yxatga
olinadi va soliq to‘lovchilarga quyi soliq idoralari tomonidan beriladi.
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning tegishli summasini o‘z
vaqtida va to‘liq hajmda to‘lash.
Soliq to‘lovchilar hisobot davrida hisoblangan soliqlar va
yig‘imlarni o‘z vaqtida, to‘liq miqdorda byudjetga to‘lab berishlari shart.
Aksincha, soliq idoralari tomonidan o‘z vaqtida byudjetga
o‘tkazilmagan soliqlar va yig‘imlar summasiga nisbatan har bir
kechiktirilgan kun uchun 0,033 foiz miqdorida penya (moliyaviy jarima)
62
hisoblanadi. Hisoblangan penya miqdori korxonaning sof foydasi
hisobidan qoplanadi.
buxgalteriya hisobi va hisob hujjatlarini qonun hujjatlariga
muvofiq yuritish.
Korxona o‘zining ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatini
yuritishda qonunchilik bilan belgilab berilgan hisob va buxgalteriya
hisobi hujjatlarini yuritishga majburdir. Korxonada buxgalteriya hisobini
yuritish tegishli qonunchilik normalari asosida amalga oshiriladi.
moliyaviy hisobotni, soliqlar bo‘yicha hisob-kitoblarni yoki
daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyalarni qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda soliq organlariga taqdim etish.
Soliq to‘lovchilar har bir soliq turi bo‘yicha hisob-kitoblarini
belgilangan muddatlardan kechiktirmasdan soliq idoralariga taqdim
etadi. Aks holda, korxonaning mansabdor shaxslariga nisbatan
moliyaviy va ma’muriy jazo choralari qo‘llaniladi.
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish, to‘lash
bilan bog‘liq hujjatlar va ma’lumotlarni, shuningdek, soliqlar va boshqa
majburiy to‘lovlar yuzasidan imtiyozlar huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni
soliq organlariga taqdim etish.
Soliq to‘lovchilarga Soliq kodeksida, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti qarorlarida yoki boshqa qonun hujjatlarida soliqlar va boshqa
majburiy to‘lovlardan imtiyozlar ko‘zda tutilgan holda, ular imtiyoz
olish huquqini tasdiqlovchi tegishli qonun hujjatlarini quyi soliq
idoralariga taqdim etishi shart. Imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjat
mavjud bo‘lgandagina ular imtiyozlardan foydalanishlari mumkin.
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish, to‘lash
masalalarini tekshirish uchun soliq organlarining mansabdor shaxslarini
daromad olish yoki soliq solish obyektlarining saqlanishi bilan bog‘liq
binolar va joylarga kirishiga ruxsat berish.
Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika
kengashining tekshiruv rejasiga asosan Davlat soliq xizmati organlari
tomonidan soliq to‘lovchilar faoliyati tekshirilganda korxonalar soliqqa
tortish obyekti bilan bog‘liq bo‘lgan barcha obyektlarini ko‘zdan
kechirishga va bundan tashqari tekshirishga sharoit yaratib berishlari
lozim. Aks holda, soliq idoralarining qonuniy talablari bajarilmagan
hisoblanadi va ularga nisbatan qonunchilikda ko‘zda tutilgan tegishli
jazo choralari qo‘llaniladi.
soliq organlarining soliq haqidagi qonun hujjatlarini buzish
hollarini bartaraf etish to‘g‘risidagi talablarini bajarish.
63
Soliq idoralari tomonidan o‘tkazilgan tekshirishlar natijasida
aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish yoki ularning boshqa
vakolot doirasidagi qonuniy talablari soliq to‘lovchilar tomonidan
bajarilishi majburiydir.
Soliq to‘lovchilar Soliq kodeksida va boshqa qonun hujjatlarida o‘z
zimmalariga yuklatilgan boshqa huquq va majburiyatlarga ham ega
bo‘lishlari mumkin.
Dostları ilə paylaş: |