Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf


partiyalar va harakatlardan tashqari), xayriya jamg‘armalarining mulkida



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/220
tarix21.10.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#158531
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   220
Элекрон қулланма (дарслик)


partiyalar va harakatlardan tashqari), xayriya jamg‘armalarining mulkida 
bo‘lgan korxonalar foydasidan shu birlashmalar va jamg‘armalarining 
ustavda belgilangan faoliyatini amalga oshirish uchun yo‘naltiriladigan 
ajratmalari summasiga; 

qo‘shimcha foyda solig‘ini to‘lovchilar uchun sof qo‘shimcha 
foyda summasiga. 


81
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda 
solig‘ini hisoblab chiqarish soliq 
solinadigan bazadan va belgilangan 
stavkadan kelib chiqqan holda amalga 
oshiriladi. Kalendar yil soliq davri, yilning choragi hisobot davridir. 
 
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining hisob-kitobi davlat 
soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan yilning har 
choragida hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay
yil yakunlari bo‘yicha esa, yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan 
muddatda taqdim etiladi. Foyda solig‘i bo‘yicha hisobotlar hisob-
kitoblar qonun hujjatlarida belgilangan shakl va tartibda taqdim etiladi 
(1-ilova). 
O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali 
amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari doimiy 
muassasa joylashgan joydagi davlat soliq xizmati organiga O‘zbekiston 
Respublikasidagi faoliyatining xususiyati haqidagi hisobotni (erkin 
shaklda), shuningdek, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining 
hisob-kitobini chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar uchun 
yillik moliyaviy hisobotni topshirish uchun belgilangan muddatlarda 
taqdim etadi. Bunda yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining 
hisob-kitobida byudjetga to‘lanadigan sof foydadan olinadigan soliq 
summasi alohida satrda ko‘rsatiladi. Faoliyat kalendar yil tugashidan 
avval tugatilgan taqdirda bu hujjatlar faoliyat tugatilganidan keyin bir 
oydan kechiktirmasdan taqdim etilishi shart. 
Hisobot davri mobaynida soliq to‘lovchilar yuridik shaxslardan 
olinadigan foyda solig‘ini joriy to‘lovlarni kiritish orqali to‘laydilar. 
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha joriy 
to‘lovlarning summasini aniqlash uchun soliq to‘lovchilar joriy hisobot 
davri birinchi oyining 10-kunigacha davlat soliq xizmati organiga joriy 
hisobot davri uchun taxmin qilinayotgan soliq solinadigan foydadan va 
yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining belgilangan 
stavkasidan kelib chiqib hisoblangan yuridik shaxslardan olinadigan 
foyda solig‘ining summasi haqida ma’lumotnoma taqdim etadilar. 
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha joriy 
to‘lovlar har oyning 10-kunidan kechiktirmay hisoblab chiqarilgan yil 
choragi bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i 
summasining uchdan bir qismi miqdorida to‘lanadi. 
Hisobot davrida taxmin qilinayotgan soliq solinadigan foyda eng 
kam ish haqining ikki yuz baravaridan kam miqdorni tashkil etadigan 
soliq to‘lovchilar joriy to‘lovlarni to‘lamaydi. Joriy to‘lovlar belgilangan 
muddatlargacha byudjetga to‘lanmasa ularga nisbatan soliq 

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin