141
1994 yildan ular byudjetga qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘i
o‘rniga yalpi daromad solig‘i hamda mol-mulk solig‘ini to‘laydigan
bo‘lishdi. Keyingi davrlarda soliq hisoblashning «yalpi foyda»
(chegirish) usuli asta-sekin «hisobga olish-hisobvaraq» usuliga aylanib
bordi. Soliq kodeksi kuchga kirgandan boshlab qo‘shilgan qiymat
solig‘ini hisoblashning «yalpi foyda» (chegirish) usuli faqat vositachilik
va «O‘zdonmaxsulot» DAK tizimi tarkibiga kiradigan,
birlamchi
ishlovdan keyingi don, qo‘shimcha mahsulot va chiqindilarni sanoatdan
donni qayta ishlashga sotishni amalga oshiradigan korxonalar uchun
qo‘llaniladi. Boshqa holatlarda «hisobga olish hisob-faktura» usuli
qo‘llaniladi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblashning «hisobga olish hisob-
faktura» usulining mohiyati shundaki, korxona byudjetga to‘lanishi
lozim bo‘lgan soliq summasi ishlab chiqarilgan mahsulotlarga
(xizmatlarga) hisoblangan soliq miqdoridan
shu mahsulotni ishlab
chiqarish uchun sotib olingan xom-ashyo, materiallar uchun to‘langan
soliq miqdorini chiqarib tashlash yo‘li bilan aniqlanadi. Chegirishga
hisobot davrida hisob-faktura bilan qabul qilingan xom-ashyo,
materiallar, shu jumladan import qilingan tovarlarga to‘g‘ri keladigan
qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi qabul qilinadi.
Quyidagi shartlarni bajargan holda hisobga olish amalga oshiriladi:
birinchidan, bu hisobot davrida tovar va xizmatlar haqiqatda sotib
olingan bo‘lishi kerak;
ikkinchidan, ular bo‘yicha tovar yetkazuvchidan hisob-faktura
to‘ldirilgan bo‘lishi;
uchinchidan, ular soliqqa tortiladigan
faoliyatda ishlatilgan
bo‘lishi kerak.
Asosiy vosita va nomoddiy aktivlarni sotishda qo‘shilgan qiymat
solig‘ini hisoblash. Korxonaning o‘z ehtiyoji uchun olingan asosiy
vosita va nomoddiy aktivlari korxonaning buxgalteriya balansida mol
yetkazib beruvchiga to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi bilan
birga yozilib kirim qilinadi. Agar balansdagi asosiy vositalar va
nomoddiy aktivlar sotilsa, u holda asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar
bo‘yicha soliqqa tortish obyekti bo‘lib, sotish
bahosi bilan qoldiq qiymat
o‘rtasidagi farq hisoblanadi. Bunda, agar korxona asosiy vositalar va
nomoddiy aktivlarni qoldiq qiymatida sotsa, u holda soliqqa tortiladigan
obyekt bo‘lmaydi va byudjetga soliq to‘lanmaydi. Shuningdek, asosiy
vositalar va nomoddiy aktivlarni ishlab chiqaruvchi va
uni oldi-sotti
faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar uchun qo‘shilgan qiymat
solig‘i hisoblashning alohida tartibi mavjud.
142
Vositachilik xizmatlari ko‘rsatilganda qo‘shilgan qiymat solig‘ining
hisoblanishi. Vositachilik xizmatlari bo‘yicha qo‘shilgan qiymat
solig‘ini hisoblashda «yalpi foyda»
Dostları ilə paylaş: