Import tovarlarga nisba- tan qo‘shilgan qiymat soli- g‘ini hisoblash tartibi
sug‘urta brokerlari uchun - sug‘urta polisi va shartnoma top-
shirig‘i hisoblanadi.
Ishlar (qurilish, ta’mirlash-qurilish, loyiha-qidiruv, ilmiy-tadqiqot
va boshqa ishlar) bajarish yoki xizmatlar (transportga doir, mol-mulkni
ijaraga berish, aloqa xizmatlari va boshqalar) ko‘rsatish bilan
shug‘ullanadigan korxonalar ham hisobvaraq-faktura yozishi shart.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadigan elektr energiyasi, suv, gaz,
aloqa xizmatlari, kommunal xizmatlar, temir yo‘lda tashishlar, bank
operatsiyalari, shuningdek, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) uzluksiz
yetkazib berishni amalga oshirayotgan soliq to‘lovchilar hisobot davrining
oxirgi kunida bir marta hisobvaraq-faktura yozadi.
Agar ishlar bajaradigan korxonalarda buyurtmachiga imzo chekish
uchun taqdim etiladigan, bajarilgan ishlar (qilingan xarajatlar) qiymati
to‘g‘risidagi ma’lumotnoma - hisobvaraq-fakturada yoki hujjatda
hisobvaraq-fakturaning belgilangan shaklida aks ettirilgan barcha
majburiy rekvizitlar ushbu hujjatda qo‘shilgan qiymat solig‘i
to‘lovchilari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi ko‘rsatilgan yoki
qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lmaganlar uchun «Qo‘shilgan
qiymat solig‘isiz» yozuvi (shtampi) qo‘yilgan holda mavjud bo‘lsa,
bunda mazkur hujjatlar hisobvaraq-fakturaga tenglashtiriladi va bunday
korxonalar qo‘shimcha ravishda hisobvaraq-faktura yozmasligi mumkin.
Import qilinadigan tovarlarga
nisbatan qo‘shilgan qiymat solig‘i
to‘lovchilari bo‘lib, tovarlarni import
qiladigan yuridik shaxslar, shuningdek,
o‘z ehtiyojlari uchun bojsiz olib kirish normalari doirasidan ortiq
tovarlar olib kiruvchi jismoniy shaxslar hisoblanadi (demak, jismoniy
shaxslar ham bevosita qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lishi
mumkin).
Qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadigan obyekt bo‘lib, O‘zbekiston
Respublikasining bojxona qonunlariga binoan belgilangan bojxona
rejimlariga muvofiq O‘zbekiston hududiga import qilinadigan tovarlar
hisoblanadi.
Tovar deganda iste’molga mo‘ljallangan va qiymatga ega bo‘lgan
barcha narsalar tushuniladi.
Import tovarlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab
chiqarish uchun asos bo‘lib, bojxona qonunchiligiga muvofiq
belgilanadigan bojxona qiymati hisoblanadi.
Tovarlar importi bo‘yicha soliq solinadigan oborot hajmiga bojxona
qiymati bilan bir qatorda bojxona boji summasi va aksiz solig‘i summasi
(aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlar bo‘yicha) kiritiladi.
148
Import qilinadigan tovarlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i
quyidagi formula orqali hisoblanadi: