Qo‘shilgan qiymat solig‘ini
byudjetga to‘lash va hisob-
kitoblarni taqdim etish mud-
datlari. Hisobvaraq faktura
va uni to‘ldirish tartibi
1999 yildan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblashning yangi
tartibini joriy etilishi uni hisoblashning soddalashtirilgan mexanizmini
qo‘llanilishiga olib keldi
.
3.3.1-jadval
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblashning 1999 yildan joriy etilgan
usulining taqqoslama tahlili (raqamlar shartli)
1999 yilga qadar
1999 yildan keyin
№
Ko‘rsatkichlar
oborot
qo‘shilgan
qiymat
solig‘i
oborot
qo‘shilgan
qiymat
solig‘i
1.
Hisobot davrida sotib
olingan xom-ashyo,
materiallar
100 20 100 20
2.
Ishlab chiqarishga
ishlatilgan xom-ashyo,
materiallar
50 10 50 10
3.
Tovarlar (ish va
xizmatlar)ni sotish
oboroti, ya’ni soliqqa
tortiladigan oborot
200 40 200 40
4.
Byudjetga hisoblangan
soliq summasi
X
30 (40-10)
X
20 (40-20)
Ya’ni hisobvaraq faktura usulining ishlab ketishini ta’minladi va
bunda material resurslarining ishlab chiqarishga sarflanishidan qat’iy
nazar hisobot davrida sotib olingan material resurslarga to‘langan soliq
summasi hisobvaraq faktura asosida byudjet bilan hisob-kitobga olib
boriladigan bo‘ldi.
Soliq solinadigan oborotlar
bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i
soliq solinadigan baza va belgi-
langan stavkalardan kelib chiqqan
holda hisoblab chiqariladi.
Byudjetga to‘lanishi lozim
bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘i
soliq solinadigan oborot bo‘yicha hisoblab chiqarilgan soliq summasi
bilan hisobga olinadigan soliq summasi o‘rtasidagi farq sifatida
aniqlanadi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘ining hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga
olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun
bilan:
144
qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchi mikrofirmalar va kichik
korxonalar tomonidan - yilning har choragida hisobot davridan keyingi
oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa - yillik
moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda;
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq
to‘lovchilar tomonidan - har oyda hisobot davridan keyingi oyning 25-
kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy
hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi (4-ilova).
Soliq to‘lovchilar, bundan kredit va sug‘urta tashkilotlari mustasno,
qo‘shilgan qiymat solig‘ining hisob-kitobi bilan bir vaqtda soliq davri
mobaynida olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha hisobvaraq-
fakturalar reyestrini taqdim etadi. Soliq to‘lovchilar, bundan kredit va
sug‘urta tashkilotlari mustasno, qo‘shilgan qiymat solig‘ining hisob-
kitobi bilan bir vaqtda soliq davri mobaynida olingan va realizatsiya
qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha hisobvaraq-fakturalar
reyestrlarini taqdim etadi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash quyidagicha amalga oshiriladi:
qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lgan mikrofirmalar va
kichik korxonalar tomonidan - qo‘shilgan qiymat solig‘i hisob-kitobini
taqdim etish uchun belgilangan kundan kechiktirmay;
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq
to‘lovchilar tomonidan - har oyda, keyingi oyning 25-kunidan
kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot taqdim
etiladigan muddatdan kechiktirmay.
Agar korxona hisoblangan soliq summasini byudjetga o‘z vaqtida
o‘tkazib bermasa, bunday holatda davlat soliq xizmati organlari mas’ul
xodimlari tomonidan hisoblangan soliq sumasiga nisbatan kechiktirilgan
har bir kun uchun 0,033 foiz miqdorida penya (moliyaviy jarima)
hisoblashga olib keladi. Bunda korxona rahbariyatiga nisbatan ma’muriy
chora qo‘llanilmaydi.
Soliq to‘lovchilar, bundan kredit va sug‘urta tashkilotlari mustasno,
qo‘shilgan qiymat solig‘ining hisob-kitoblari bilan bir vaqtda hisobot
davri mobaynida olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha
hisobvaraq-fakturalar reyestrini ham taqdim etadilar. Hisobvaraq-
fakturalar reyestrining shakli davlat soliq qo‘mitasi tomonidan
belgilanadi.
1998 yil 1 yanvardan O‘zbekistondagi barcha korxonalar va
tashkilotlar uchun, shu jumladan soliqqa tortishning alohida tartibi
o‘rnatilgan kichik korxonalar, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari
hamda qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod bo‘lgan korxonalar ham
145
tovarlarni sotganda, ish va xizmatlar ko‘rsatganda hisobvaraq fakturani
to‘ldirishi qonun asosida shart qilib belgilandi.
Hisobvaraq-faktura mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan
tovarlarni yuklab jo‘natilishi, ish va xizmatlar ko‘rsatilishi sanasi
(kuni)dan kechiktirmasdan yoziladi.
Hisobvaraq-fakturada - uning tartib raqami va yozilgan sanasi,
jo‘natiladigan tovarlar bo‘yicha shartnomalar raqami va sanasi hamda
soliq to‘lovchi va xaridorning nomi, manzili, solii to‘lovchining
identifikatsion raqami va shu kabi rekvizitlari ko‘rsatiladi.
Jadvalli shaklni to‘ldirishda quyidagilarni qayd etish kerak:
1-ustunda - realizatsiya qilingan tovarlar, bajarilgan ishlar,
ko‘rsatilgan xizmatlar nomi;
2-ustunda - o‘lchov birliklari (ularni ko‘rsatishning imkoniyati
bo‘lsa);
3-ustunda - o‘lchov birligidan (ularni ko‘rsatishning imkoniyati
bo‘lsa) kelib chiqib hisobvaraq-faktura bo‘yicha realizatsiya qilingan
tovarlar miqdori (hajmi);
4-ustunda - shartnoma (kontrakt) bo‘yicha QQSni hisobga olmagan
holda, QQSni o‘z ichiga oladigan davlat tomonidan tartibga solinadigan
narxlar (tariflar) qo‘llanilgan taqdirda esa, soliq summasini hisobga
olgan holda tovar o‘lchov birligiga to‘g‘ri keladigan narxi (tarifi);
5-ustunda – realizatsiya qilingan tovarlar, bajarilgan ishlar va
ko‘rsatilgan xizmatlar jami sonining (hajmining) aksiz solig‘i va QQSsiz
qiymati;
6-ustunda – aksiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha aksiz solig‘i
stavkasi;
7-ustunda – aksiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha aksiz solig‘i
summasi. Aksiz solig‘i to‘lovchilari hisoblanmaydigan yuridik shaxslar
6 va 7-ustunlarda aksiz solig‘ini ko‘rsatmaydilar va «Aksiz solig‘isiz»
shtampini qo‘yadilar (yoki yozib qo‘yadilar);
8-ustunda - QQS stavkasi;
9-ustunda - tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib oluvchisiga taqdim
etiladigan QQS summasi. QQS to‘lovchilari hisoblanmagan,
shuningdek, QQSdan ozod etiladigan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni)
realizatsiya qiluvchi yuridik shaxslar 8 va 9-ustunlarda QQS
summalarini ko‘rsatmaydilar va «Qo‘shilgan qiymat solig‘isiz»
shtampini qo‘yadilar (yoki yozib qo‘yadilar);
10-ustunda – tovarlar realizatsiyasi, bajariladigan ishlar,
ko‘rsatiladigan xizmatlarning, aksiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha aksiz
solig‘ini va QQS hamda benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik
uchun olinadigan soliqni qo‘shgan holda jami qiymati. Aksiz solig‘i va
146
QQS hamda benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun
olinadigan soliqni to‘lovchisi hisoblanmaydigan korxonalar 10-ustunni
to‘ldirmaydilar.
Hisobvaraq-fakturaning yakunlovchi satrida 5, 7, 9 va 10-ustunlar
bo‘yicha summalar jamlanadi.
Hisobvaraq-faktura rahbar va bosh buxgalter tomonidan imzolanadi
va korxona muhri bilan tasdiqlanadi.
Hisobvaraq-faktura yetkazib beruvchi korxona tomonidan 2
nusxada to‘ldiriladi, 1-nusxasi xaridorga beriladi va u xaridorga
qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini belgilangan tartibda hisobga
kiritish uchun huquq beradi, 2-nusxasi esa korxonaning o‘zida qoladi.
Ta’kidlash joizki, bevosita aholiga pullik xizmatlar (ishlar)ni
ko‘rsatadigan korxonalar uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishda
kassa cheki yoki xizmatlar ko‘rsatilishi (ishlar bajarilishi)ni tasdiqlovchi
boshqa hujjatlar hisobvaraq-faktura hisoblanadi. Bunda bu hujjatlarda
qo‘shilgan qiymat solig‘i ajralib turishi lozim.
O‘z mahsulotlarini (tovarlarini, ishlarini, xizmatlarini) uzluksiz
yetkazib beradigan korxonalar bo‘yicha hisobvaraq-fakturalar
iste’molchilarga hisobvaraqni rasmiylashtirish bilan bir vaqtda, lekin bir
oyda bir martadan kam bo‘lmagan tarzda yoziladi. Bunda hisobvaraq-
fakturalarning yozilishi mahsulot sotilgan hisobot davrida amalga
oshiriladi.
Banklar uchun, qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilingan
operatsiyalar bajarilganda, hisobvaraq-faktura bo‘lib mijoz shaxsiy
hisobvarag‘idan ko‘chirma hisoblanadi.
Lizing operatsiyalari bo‘yicha lizing beruvchilar uchun hisobvaraq-
faktura bo‘lib lizing obyektini qabul qilish-topshirish dalolatnomasi
hisoblanadi. Bunda tegishli hujjatlar (lizingning tarkibiy qismi
hisoblanadigan lizing to‘lovlari jadvali; hisobvaraq; lizing to‘lovlarini
to‘lash bo‘yicha lizing oluvchiga taqdim etiladigan bildiruvnoma va
hokazo) bilan rasmiylashtiriladigan har bir lizing to‘loviga qo‘shimcha
hisobvaraq-faktura yozilmaydi.
Agar lizing shartnomasi lizing beruvchiga qo‘shilgan qiymat solig‘i
solinadigan qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatishni nazarda tutsa, bunda
mazkur xizmatlarga belgilangan tartibda hisobvaraq-faktura yoziladi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilingan sug‘urta xizmatlarini
ko‘rsatishda, hisobvaraq-faktura o‘rniga birlamchi hujjat bo‘lib quyidagi
hujjatlar:
sug‘urta korxonalari uchun - sug‘urta polisi;
sug‘urta agentlari uchun - sug‘urta polisi va shartnoma topshirig‘i
(agentlik bitimi);
|