Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/220
tarix21.10.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#158531
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   220
Элекрон қулланма (дарслик)

S
QQS
 

 (IQTBQ + BBS + AS) x QQS
ST
;
 
 100 
Bu yerda: 
S
QQS
– qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi 
IQTBQ
– import qilinadigan tovarlarning bojxona qiymati; 
BBS
– bojxona boji summasi; 
AS
– aksiz solig‘i; 
QQS
ST
– qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi. 
Import qilinadigan tovarlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i 20 
foizli stavka bo‘yicha to‘lanadi. 
Quyidagi tovarlarni import qilish qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod 
qilinadi: 

jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni bojsiz olib kirishning 
bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida tasdiqlangan normalari 
doirasida olib kirilayotgan tovarlar;

chet el diplomatik vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan 
vakolatxonalar rasmiy foydalanishi uchun, shuningdek, ushbu 
vakolatxonalarning diplomatik va ma’muriy-texnik xodimlari, shu 
jumladan ularning o‘zlari bilan birga yashayotgan oila a’zolari shaxsiy 
foydalanishi uchun mo‘ljallangan tovarlar;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
belgilangan tartibda insonparvarlik yordami tariqasida olib kirilayotgan 
tovarlar;

davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar tomonidan xayriya 
yordami maqsadida, shu jumladan texnik ko‘mak ko‘rsatish maqsadida 
olib kirilayotgan tovarlar;

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bo‘yicha 
xalqaro va chet el hukumat moliya tashkilotlari tomonidan berilgan 
qarzlar (kreditlar) mablag‘lari, shuningdek, grantlar hisobiga yuridik 
shaxslar tomonidan olib kirilayotgan tovarlar;

dori vositalari va tibbiyot (veterinariya) uchun mo‘ljallangan 
buyumlar, shuningdek, dori vositalari va tibbiyot (veterinariya) uchun 
mo‘ljallangan buyumlar ishlab chiqarish uchun qonun hujjatlarida 
belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha olib kirilayotgan xom ashyo;


149

O‘zbekiston Respublikasi hududiga qonun hujjatlariga muvofiq 
tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha olib kirilayotgan texnologik asbob-
uskunalar, shuningdek, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, agar ularni 
yetkazib berish texnologik asbob-uskunalarni yetkazib berish kontrakti 
shartlarida nazarda tutilgan bo‘lsa;

investor bilan davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat 
organi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq investitsiya 
majburiyatlari sifatida olib kiriladigan mol-mulk;

vakolatli davlat organining yozma shakldagi tasdig‘i mavjud 
bo‘lgan taqdirda, telekommunikatsiyalar operatorlari va tezkor-qidiruv 
tadbirlari tizimining texnik vositalarini sertifikatlashtirish bo‘yicha 
maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining 
texnik vositalari; 

qonun hujjatlarida belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha yog‘och-taxta 
materiallari va yog‘och. 
Tovarlar respublika hududiga import qilinishida qo‘shilgan qiymat 
solig‘i bojxona deklaratsiyasi qabul qilinishiga qadar yoki u bilan bir 
vaqtda to‘lanadi. Agar bojxona deklaratsiyasi belgilangan muddatda 
topshirilmasa qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash muddatlari bojxona 
deklaratsiyasi topshirish muddati tugagan kundan boshlab hisoblab 
chiqariladi. 
Jismoniy shaxslar soliqni bojxona organi posti kassasiga naqd pul 
yoki naqd pulsiz orqali belgilangan tartibda to‘lashlari mumkin. 
Qo‘shilgan qiymat solig‘ining to‘langan summalari hududiy 
bojxona organlarining depozit hisobvaraqlariga kirim qilinib, keyin ular 
respublika byudjeti daromadlariga qayd etiladi. Bojxona organlari 3 kun 
muddat ichida undirilgan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini 
respublika byudjetiga o‘tkazadilar. 

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin