Belgilangan muddatlarda tu-
gallanmagan qurilish obyekt-
lari va me’yoriy muddatlarda
o‘rnatilmagan uskuna uchun
mol-mulk solig‘ini to‘lash
tartibi
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi
organning ma’lumotlari asosida to‘lov xabarnomasini yozib beradi.
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq O‘zbekiston
Respublikasining norezidentlari tomonidan yilda bir marta, soliq
hisoboti davridan keyingi yilning 15 fevralidan kechiktirmay to‘lanishi
kerak.
Normativ muddatlarda tugallan-
magan qurilish obyekti uchun mol-
mulk solig‘ini to‘lovchilar bo‘lib
qurilishni amalga oshiruvchi yuridik
shaxslar, ya’ni buyurtmachilar
hisoblanadi.
Soliqqa tortish obyekti bo‘lib,
normativ muddatlarda tugallanmagan qurilish obyektining qiymati, ya’ni
buyurtmachi tomonidan F-3 shaklida (bajarilgan ishlar va xarajatlar
hajmi to‘g‘risida ma’lumotnoma) rasmiylashtirilgan statistika hisobiga
obyekt bo‘yicha kiritilgan va tugallanmagan qurilish hisobvarag‘ida
hisoblanadigan barcha ishlar va xarajatlar hajmi hisoblanadi.
Qurilishning me’yoriy muddati deb qurilishni tashkil qilish loyihasi
(QTQL) tarkibida 1.04.03-85-son QMQ «Korxonalar, binolar va
inshootlarni qurish muddati me’yorlari»ga muvofiq loyihalash tashkiloti
tomonidan aniqlanadigan obyekt qurilishining me’yoriy muddati
hisoblanadi. Loyihalash tashkilotlari loyiha-smeta hujjatlarida tayyorlash
muddatlarini ajratgan holda qurilish muddati me’yorini ko‘rsatishlari shart.
Loyiha-smeta hujjatlarida qurilish muddati me’yori ko‘rsatilmagan
taqdirda, buyurtmachi loyihalash tashkilotidan muayyan obyekt bo‘yicha
qurilish muddatining me’yori to‘g‘risida xulosa olishga majbur.
Belgilangan muddatlarda o‘rnatilmagan uskunalar uchun mol-mulk
solig‘ini to‘lovchilar bo‘lib kapital mablag‘lar hisobiga qayta
jihozlanadigan obyektlarda montaj qilish talab qilinadigan va
o‘rnatishga belgilangan texnologik, energetik va ishlab chiqarish
uskunalari bo‘lgan yuridik shaxslar hisoblanadi.
Belgilangan muddatlarda o‘rnatilmagan uskunalar uchun soliq
solish obyekti bo‘lib o‘rnatishga belgilangan uskunalar qiymati
hisoblanadi, ular qatoriga montaj qilishni talab qiladigan, faqat
qismlarini yig‘ish va poydevorga yoki ustunlarga, polga, qavatlararo
to‘siqlarga va boshqa bino va inshootlarni ko‘tarib turuvchi
konstruksiyalarga o‘rnatiladigan uskunalar hamda uskunalarni hisobga
olish hisobvarag‘ida hisoblanadigan shunday uskunalarning ehtiyot
173
qismlar to‘plami (belgilangan muddatda o‘rnatilmagan uskunalar
qismida) hisoblanadi. Ushbu uskunalar tarkibiga o‘rnatiladigan
uskunalar qatorida montaj qilish uchun belgilangan nazorat-o‘lchov
apparaturasi yoki boshqa asboblar ham kiradi.
Korxonalar, binolar va inshootlar qurilishida tasdiqlangan qurilish
muddati va tayyorlab qo‘yilgan zaxiralar me’yoriga muvofiq har bir
obyekt bo‘yicha texnologik yoki boshqa uskunalarni yetkazib berish va
montaj qilish jadvali belgilangan bo‘lishi lozim.
Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan va import qilingan uskunalarni
yetkazib berish va montaj qilish jadvalida quyidagi muddatlarda
topshirish hisobga olinadi:
yirik texnologiya va energetika uskunalari - ularni nomma-nom
ro‘yxatlari bo‘yicha montaj qilish va yetkazib berish jadvallarining
rejadagi muddati o‘tib ketgandan keyin;
texnologiya uskunalari, texnologiya liniyalari, qurilmalar va
boshqa umumzavod uskunalari - uskunalarni montajga topshirishining
rejadagi muddati o‘tgandan keyin, lekin olti oydan ortiq bo‘lmagan
muddatda;
komplekt import uskunalari - ularni montajga topshirishning
rejadagi muddati o‘tib ketgandan keyin, lekin bir yildan ortiq bo‘lmagan
muddatga, agar texnik shart-sharoitlariga ko‘ra uskunani qismlar
bo‘yicha montaj qilish mumkin bo‘lmasa, ularni montajga topshirish
muddati uskunalar butun komplektining kelib tushishi paytidan
hisoblanadi;
qismlarga ajratilgan import uskunalari, shuningdek, kabel
mahsulotlari, simlar va troslar - ularni montajga topshirishning rejadagi
muddati o‘tgandan keyin, lekin olti oydan ortiq bo‘lmagan muddatda.
Uskunalarni montaj qilish va o‘rnatish uchun me’yorlar va jadvallar
bo‘lmaganida soliq quyidagi muddatlarda to‘lanadi:
ishlab chiqarish maqsadlaridagi obyektlar bo‘yicha
mamlakatimizda ishlab chiqarilgan va import qilingan uskunalarning
o‘rnatilmaganligi uchun - sotib olinganiga bir yillik muddat to‘lganidan
keyingi oydan boshlab;
noishlab chiqarish maqsadlaridagi obyektlar bo‘yicha - sotib
olinganiga olti oy tugagandan keyin;
Uskunalarni yetkazib berish va montaj qilishning yuqorida
ko‘rsatilgan muddatlarini buzganligi uchun korxona va tashkilotlar,
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollardan
174
tashqari, mol-mulk solig‘ini ikki baravar ko‘paytirilgan stavka bo‘yicha
to‘laydilar.
Dostları ilə paylaş: |