Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf


 Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/220
tarix21.10.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#158531
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   220
Элекрон қулланма (дарслик)

3.7. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq
O‘zbekiston sharoitida suv qadrli 
hisoblanadi. Chunki respublikamizda 
qishloq ho‘jaligida foydalaniladigan yerlar 
asosan sug‘oriladigan yerlardan iborat. Suv 
har qanday davlat uchun asosiy boylik 
hisoblanadi. 
1982-yildan 1998-yilga qadar suv resurslaridan foydalanayotgan 
yuridik shaxslar «suv uchun to‘lov» to‘lashar edi. Iste’molchilarning suvdan 
samarali, tejab foydalanish maqsadida respublikamiz soliq qonunchiligiga 
hamda O‘zbekiston Respublikasining «Suv va suvdan foydalanish 
to‘g‘risida»gi qonuniga ko‘ra 1998 yil 1 yanvardan boshlab suv 
resurslaridan foydalanganlik uchun soliq joriy etildi. Ushbu soliq 
umumdavlat soliqlari tarkibiga kiritildi.
3.8.1-diagramma. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning 
davlat byudjeti daromadlaridagi salmog‘i dinamikasi
43
 
43
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining 2003-2016 yillardagi «O‘zbekiston 
Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi 
qarorlari asosida tayyorlangan. 
Suv resurslaridan foy-
dalanganlik uchun so-
liqning joriy etilishi 


188
Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda suv resurslaridan 
foydalanganlik uchun soliqning ahamiyati xilma-xildir. Suv resurslaridan 
foydalanganlik uchun soliqning davlat byudjeti daromadlaridagi salmog‘i 
2004-2008 yillarda 0,5 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2012 yilda 0,3 foiz 
bo‘lgan. 2017 yilgi davlat byudjeti parametrlari bo‘yicha ushbu soliq davlat 
byudjeti daromadlarining 0,5 foizini, mol-mulk solig‘i va resurs to‘lovlarida 
esa 3,5 foizni tashkil etmoqda (3.8.1-diagramma). 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 4 dekabrdagi 
2270-sonli qaroriga asosan ushbu soliqdan tushumlar mahalliy 
byudjetlarning Davlat byudjetidagi ulushini ko‘paytirish maqsadida 
to‘liq miqdorda mahalliy byudjetlar daromadiga o‘tkazilmoqda. 
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 
to‘lovchilar bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi 
hududida suvdan foydalanishni yoki suv 
iste’molini amalga oshiruvchi quyidagi shaxslar 
hisoblanadi:

yuridik shaxslar - O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari;

faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan 
O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari;

tadbirkorlik faoliyati uchun suvdan foydalanuvchi yakka 
tartibdagi tadbirkorlar; 

yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan 
dehqon xo‘jaliklari. 
O‘zbekistonda davlat byudjeti daromadlarini ushbu manba bo‘yicha 
ta’minlab beradigan asosiy soliq to‘lovchilar bo‘lib, Shirin GRES, 
Taxiyatosh GRES, Toshkent GRES va boshqa shu kabi GRESlar 
hisoblanishadi. 
Aholi punktlarining suv ta’minoti uchun suv yetkazib berishni 
amalga oshiruvchi yuridik shaxslar faqat o‘z ehtiyojlariga ishlatiladigan 
suv uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lovchidir. 
Quyidagi yuridik shaxslar suv resurslaridan foydalanganlik uchun 
soliqni to‘lovchilar bo‘lmaydi: 

notijorat tashkilotlar. Notijorat tashkilotlar tadbirkorlik faoliyatini 
amalga oshirgan taqdirda belgilangan tartibda tadbirkorlik faoliyatida 
foydalaniladigan suv hajmlari bo‘yicha suv resurslaridan foydalanganlik 
uchun soliqni to‘lovchi bo‘ladi; 

soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan yuridik 
shaxslar. 

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin