Yer solig‘i bo‘yicha
imtiyozlar
182
rekreatsiya ahamiyatiga molik yerlar (xo‘jalik faoliyati
yuritilayotgan yerlar bundan mustasno) - aholining ommaviy dam olishi
va turizmini tashkil etish uchun tegishli muassasalar hamda
tashkilotlarga berilgan yerlar;
tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar (xo‘jalik faoliyati
yuritilayotgan yerlar bundan mustasno) - tegishli muassasalar va
tashkilotlarga doimiy foydalanishga berilgan tarixiy-madaniy
qo‘riqxonalar, xotira bog‘lari, sag‘analar, arxeologiya yodgorliklari,
tarix va madaniyat yodgorliklari egallagan yerlar;
suv fondi yerlari. Suv fondi yerlari jumlasiga suv havzalari
(daryolar, ko‘llar, suv omborlari va boshqa shu kabilar), gidrotexnika va
boshqa suv xo‘jaligi inshootlari egallagan yerlar, shuningdek, suv
xo‘jaligi ehtiyojlari uchun yuridik shaxslarga belgilangan tartibda
berilgan suv havzalari hamda boshqa suv obyektlari sohillari bo‘ylab
ajratilgan mintaqa yerlari kiradi;
elektr uzatish liniyalari, ularning podstansiyalari va inshootlari
egallagan yerlar;
umumdavlat aloqa liniyalari (havo va kabelli aloqa liniyalari,
tirgakli liniyalar va radiofikatsiyalar, yer osti kabelli liniyalari, ularni
bildiruvchi signalli va harakatsiz belgilar, radiorele aloqa liniyalari,
kabelli telefon kanalizatsiyalari, yer ustidagi va yer ostidagi xizmat
ko‘rsatilmaydigan kuchaytirgich punktlari, taqsimlagich shkaflar, yerga
ulash konturi qutilari hamda boshqa aloqa inshootlari) egallagan yerlar;
madaniyat, ta’lim va sog‘liqni saqlash obyektlari egallagan yerlar;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari egallagan yerlar;
umumiy foydalanishdagi temir yo‘llar, shu jumladan tuproq
ko‘tarmasi, sun’iy inshootlar, liniya-yo‘l binolari, temir yo‘l aloqasi hamda
elektr ta’minoti qurilmalari, inshootlar va yo‘l qurilmalaridan iborat temir
yo‘llar stansiyalari hamda saralash joylari, shuningdek, belgilangan tartibda
temir yo‘l transporti korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga doimiy
yoki vaqtinchalik foydalanishga berilgan ihota daraxtzorlari egallagan
yerlar;
shahar elektr transporti yo‘llari va metropoliten liniyalari, shu
jumladan jamoat transporti bekatlari va metropoliten stansiyalari hamda
ularning inshootlari egallagan yerlar;
sport va jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish majmualari, onalar va
bolalarning dam olish hamda sog‘lomlashtirish joylari, dam olish uylari
hamda o‘quv-mashq bazalari egallagan yerlar;
183
aholi punktlarining suv ta’minoti va kanalizatsiya inshootlari:
magistral suv quvurlari, vodoprovod tarmoqlari, kanalizatsiya
kollektorlari va ularning inshootlari, nasos stansiyalari, suv olish va
tozalash inshootlari, vodoprovod va kanalizatsiya tarmoqlaridagi
kuzatish quduqlari va dyukerlari, suv bosimi hosil qiladigan minoralar
hamda shunga o‘xshash inshootlar egallagan yerlar;
magistral neft va gaz quvurlari, shu jumladan kompressor, nasos
stansiyalari, yong‘inga qarshi va avariyaga qarshi stansiyalar,
truboprovodlarni katodli himoyalash stansiyalari ularni tarmoqqa ulash
uzellari bilan, truboprovodlarni tozalash qurilmalari hamda shunga
o‘xshash inshootlar egallagan yerlar;
magistral issiqlik trassalari, shu jumladan nasos (ko‘paytiruvchi,
kamaytiruvchi, aralashtiruvchi, drenaj) stansiyalari, issiq suv
ta’minotining issiqlikni hisobga olish va nazorat qilish asboblari,
isitkichlari, tsirkulyatsiya nasoslari hamda shunga o‘xshash inshootlar
egallagan yerlar;
samolyotlarning uchish-qo‘nish maydonlari, yerda boshqarish
yo‘lkalari va to‘xtash joylari, fuqaro aviatsiyasi aeroportlarining
radionavigatsiya va elektr-yoritish uskunalari egallagan yerlar;
O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritilgan
obyektlar qurilishi uchun ajratilgan yerlar, normativ qurilish muddati
davrida;
konservatsiyaga qo‘yilishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilingan obyektlar egallagan
yerlar, ularning konservatsiyasi davrida;
gidrometeorologiya va gidrogeologiya stansiyalari hamda postlari
egallagan yerlar;
yuridik shaxs balansida bo‘lgan va xo‘jalik faoliyatida
foydalanilmaydigan fuqaro muhofazasi hamda safarbarlik ahamiyatiga
molik alohida joylashgan obyektlar egallagan yerlar;
ihota o‘rmon daraxtzorlari egallagan yerlar. Ihota o‘rmon
daraxtzorlari jumlasiga quyidagilar kiradi: o‘rmonlarning daryolar,
ko‘llar, suv omborlari va boshqa suv obyektlari sohillari bo‘ylab o‘tgan
taqiqlangan mintaqalari; o‘rmonlarning ovlanadigan qimmatli baliqlar
uvildiriq sochadigan joylarni muhofaza qiluvchi taqiqlangan
mintaqalari; eroziyadan saqlaydigan o‘rmonlar; o‘rmonlarning temir
yo‘llar va avtomobil yo‘llari yoqalab o‘tgan ihota mintaqalari; cho‘l va
chala cho‘l zonalaridagi o‘rmonlar; shahar o‘rmonlari va o‘rmon-
bog‘lari; shaharlar, boshqa aholi punktlari va sanoat markazlarining
184
ko‘kalamzorlashtirilgan zonalari atrofidagi o‘rmonlar; suv ta’minoti
manbalarini sanitariya jihatidan muhofaza qilish zonalaridagi o‘rmonlar;
kurort tabiiy hududlarni sanitariya jihatidan muhofaza qilish tegrasidagi
o‘rmonlar; alohida qimmatga ega bo‘lgan o‘rmonlar; ilmiy yoki tarixiy
ahamiyatga ega bo‘lgan o‘rmonlar;
qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yangi o‘zlashtirilayotgan
yerlar, ularni o‘zlashtirish ishlari bajariladigan davrda va ular
o‘zlashtirilgan vaqtdan e’tiboran besh yil mobaynida;
melioratsiya ishlari amalga oshirilayotgan mavjud sug‘oriladigan
yerlar, ishlar boshlanganidan e’tiboran besh yil muddatga;
yangi barpo etilayotgan bog‘lar, tokzorlar va tutzorlar egallagan
yerlar, daraxtlarning qator oralaridan qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish
uchun foydalanilishidan qat’iy nazar uch yil muddatga. Kuzda
o‘tkazilgan yangi ko‘chatlar uchun beriladigan imtiyoz muddatini
hisoblab chiqarish keyingi yilning 1 yanvaridan e’tiboran boshlanadi,
bahorda o‘tkazilgan ko‘chatlar uchun esa joriy soliq davrining 1
yanvaridan e’tiboran boshlanadi;
ilmiy tashkilotlarning qishloq xo‘jaligi ahamiyatiga molik va
o‘rmon fondidagi yerlari, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi
sohasidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari hamda o‘quv yurtlariga qarashli
tajriba, eksperimental va o‘quv-tajriba xo‘jaliklarining bevosita ilmiy
hamda o‘quv maqsadlari uchun foydalaniladigan yerlari. Ushbu bandga
muvofiq ilmiy tajribalar, eksperimental ishlar, yangi navlarning
seleksiyasi o‘tkazilishi uchun hamda mavzulari tasdiqlangan boshqa
ilmiy va o‘quv maqsadlari uchun foydalaniladigan ekinlar hamda
daraxtzorlar egallagan yer uchastkalari soliq to‘lashdan ozod qilinadi.
Belgilangan maqsadda bevosita foydalanilmayotgan yer
uchastkalariga yuqorida belgilangan imtiyozlar tatbiq etilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 2
oktabrdagi 281-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Mahalliy davlat
hokimiyati organlari tomonidan ayrim toifadagi yuridik shaxslarga mol-
mulk solig‘i, yer solig‘i, yagona yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlar berish
tartibi to‘g‘risida»gi nizomga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati
organlari tomonidan ayrim toifadagi yuridik shaxslarga belgilangan
shartlar asosida yer solig‘i bo‘yicha qo‘shicha imtiyozlar taqdim etishi
mumkin.
Soliq kodeksining 285-moddasiga ko‘ra
yer solig‘i har bir soliq davrining 1-
yanvariga bo‘lgan holatga ko‘ra hisoblab
Dostları ilə paylaş: |