Mavzuga doir masalalar 1-masala. Toshkent shahrining 2 zonasida joylashgan ishlab
chiqarish korxonasiga shahar hokimi qarori bo‘yicha ajratilgan yer
maydoni 5.5 ga ni tashkil etadi.
Korxonaning hisobot yilida to‘lashi lozim bo‘lgan yer solig‘i summasini hisoblang. 2-masala. Toshkent shahrining 3 zonasida joylashgan korxonaga
shahar hokimi qarori bo‘yicha ajratilgan yer maydoni 3.75 ga, haqiqiy
foydalanilanishdagi yer maydoni esa 4.5 ga ekanligi aniqlandi.
Korxonaning hisobot yilida to‘lashi lozim bo‘lgan yer solig‘i summasini hisoblang. O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar 1.
Yer solig‘ini yuridik shaxslardan undirishning sababi nimada?
2.
Yer solig‘ining huquqiy asoslari O‘zbekistonda qachon
shakllangan?
3.
O‘zbekistonda yer fondi qanday tarkib topgan?
4.
Qanday yuridik shaxslar yer solig‘ining to‘lovchilari bo‘lib
hisoblanadi?
5.
Soliq solishning soddalashtirilgan tartibidagi yuridik shaxslar yer
solig‘ini to‘lovchilari bo‘lib hisoblanadimi?
6.
Qanday hollarda notijorat tashkilotlar yer solig‘i to‘lovchilar
hisoblanadi?
7.
Yer solig‘ini undirish obyekti nima?
8.
Yer solig‘i stavkalari qanday mezonlar asosida belgilanadi?
9.
Qanday yerlar soliq solinmaydigan yer uchastkalari hisoblanadi?
10.
Qanday yuridik shaxslar yer solig‘idan ozod qilinadi?
187
11.
Yuridik shaxslar yer solig‘ining hisob-kitobini qanday
muddatlarda davlat soliq xizmati organlariga taqdim etadi?
12.
Yuridik shaxslar yer solig‘i summasini byudjetga qanday
muddatlardan kechiktirmay to‘laydilar?