198
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni joriy etilishidan asosiy
maqsad – umumdavlat mulki hisoblangan yer osti boyliklaridan oqilona
tarzda butun jamiyat a’zolarini va kelajak avlod manfaatlarini hisobga
olgan holda foydalanish samaradorligini oshirish hisoblanadi.
O‘zbekistonda 2002 yil 13 dekabrda «Yer osti boyliklari
to‘g‘risida» gi Qonunning yangi tahriri tasdiqlandi va ushbu qonunning
asosiy vazifasi bo‘lib, yer osti boyliklariga egalik qilish, ulardan
foydalanish va tasarruf etishda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga
solishdan iborat ekanligi belgilandi.
Soliq kodeksining 23-moddasiga muvofiq yer qa’ridan
foydalanganlik uchun soliq umumdavlat soliqlari tarkibiga kiradi. Ushbu
soliq tabiiy boyliklardan foydalanishning samaradorligini ta’minlash
bilan birga sof fiskal vazifani ham bajaradi.
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq 2004 yilda davlat byudjeti
daromadlarining 1,7 foizini tashkil etgan bo‘lsa, 2006 yilga kelib 11,5
foizni, 2008 yilda 10,5 foizni, 2010 yilda esa 9,6 foiz bo‘lgan. 2017 yilgi
davlat byudjeti parametrlari bo‘yicha ushbu soliq davlat byudjeti
daromadlarining 6,2 foizini, mol-mulk solig‘i va resurs to‘lovlaridagi
salmog‘i esa 45,4 foizni tashkil etmoqda (3.9.1-diagramma).
Dostları ilə paylaş: