Soliq to‘lovchilar, so-
liqqa tortish obyekti
va bazasi
200
tadqiq qilish va qazib olish mumkin bo‘lgan makon, foydali qazilmalar
deganda - iqtisodiy va sog‘lomlashtirish ahamiyatiga ega geologik
hosilalar qaraladi.
Tarkibida rangli, nodir, asl, qora metallar va boshqa mineral xom
ashyo bo‘lgan rudalarni bir korxona qazib olib, uni bundan keyin qayta
ishlash uchun boshqa korxonalarga bersa (eksport bundan mustasno),
qazib olinadigan rudani qayta ishlaydigan va soliq stavkasi belgilangan
tayyor mahsulot chiqaradigan korxona soliq to‘lovchi hisoblanadi.
Masalan, Olmaliq mis qazib olish korxonasi tarkibida mis bo‘lgan,
qazib olingan rudani boyitish fabrikasiga beradi, fabrika boyitilgan
rudani Olmaliq tog‘-kon metallurgiya kombinatining mis eritish
zavodiga topshiradi. Kombinat tayyor mahsulot - tozalangan mis
chiqaradi, soliq stavkasi ham unga belgilangan. Mazkur holatda rudani
qazib oluvchi korxona emas, balki tozalangan misni olganlik uchun
kombinat soliq to‘lovchi hisoblanadi.
Respublikamizda ushbu soliqning asosiy qismini davlat byudjetiga
ta’minlab beruvchi eng yirik soliq to‘lovchilar bo‘lib, Olmaliq tog‘-kon
metallurgiya kombinati, Navoiy kon metallurgiya kombinati, Farg‘ona
va Buxoro neftni qayta ishlash zavodlari, Sho‘rtan va Muborak gazni
qayta ishlaydigan zavodlari, Navoiy oltinni qayta ishlaydigan korxona
shuningdek, Angren ko‘mir qazib oluvchi korxona va boshqa shu kabi
yer osti boyliklarini qazib chiqaruvchi va qayta ishlovchi yirik
korxonalar hisoblanadi.
Ruda qayta ishlash uchun O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga
yuklab jo‘natilgan yoki eksport qilingan taqdirda rudani qazib olgan
korxona soliq to‘lovchi bo‘lib hisoblanadi.
Soliq kodeksining 244-moddasiga ko‘ra kavlab olingan (ajratib
olingan) tayyor mahsulotning hajmi yer qa’ridan foydalanganlik uchun
soliq solish obyektidir. Tayyor mahsulotlar ro‘yxati O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadi.
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi belgilangan va
realizatsiya qilish yoki topshirish, shu jumladan bepul berish,
shuningdek, mahsulot ishlab chiqarish maqsadida o‘z iste’moli va
boshqa ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan foydali qazilma (foydali
komponent) tayyor mahsulot deb e’tirof etiladi.
Soliq solish obyekti tayyor mahsulotning har bir turi bo‘yicha
alohida aniqlanadi.
Uglevodorodlar uchun soliq solish obyekti quyidagilardir:
201
sanoat yo‘sinida dastlabki qayta ishlovdan o‘tkazilgan kavlab
olingan uglevodorodlar, shu jumladan qo‘shilib chiqadigan foydali
qazilmalar va foydali komponentlar;
uglevodorodlarni qayta ishlash jarayonida ajratib olingan, lekin
oldingi kavlab olinganda va qayta ishlanganda qayta ishlanadigan
foydali qazilmalar tarkibida tayyor mahsulot sifatida soliq solinmagan
foydali komponentlar.
Qatlamdagi bosimni saqlab turish va (yoki) uglevodorodlarni tugal
texnologik jarayon doirasida ajratib olish uchun mahsuldor qatlamga
qayta haydab kiritiladigan tabiiy gaz hajmi soliq solish obyekti
bo‘lmaydi.
Ajratib olingan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar, shu
jumladan texnogen mineral hosilalardan ajratib olingan qimmatbaho
metallar va qimmatbaho toshlar qimmatbaho metallar va qimmatbaho
toshlar uchun soliq solish obyektidir.
Quyidagilar qattiq foydali qazilmalar bo‘yicha soliq solish
obyektidir:
kavlab olingan (shu jumladan qo‘shilib chiqadigan) foydali
qazilmalar;
foydali qazilmalardan, mineral xom ashyodan, texnogen mineral
hosilalardan ajratib olingan foydali komponentlar.
Soliq to‘lovchilarga berilgan yer uchastkalari doirasida kavlab
olingan hamda o‘zining xo‘jalik va ro‘zg‘or ehtiyojlari uchun
foydalanilgan keng tarqalgan foydali qazilmalar soliq solish obyekti
bo‘lmaydi.
Keng tarqalgan foydali qazilmalar ro‘yxati qonun hujjatlari bilan
belgilanadi.
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish uchun
kavlab olingan (ajratib olingan) tayyor mahsulot hajmining hisobot davri
uchun o‘rtacha olingan realizatsiya qilish bahosida hisoblab chiqilgan
qiymati soliq solinadigan bazadir.
Hisobot davri uchun o‘rtacha olingan realizatsiya qilish bahosi har
bir kavlab olingan (ajratib olingan) tayyor mahsulot bo‘yicha alohida,
pulda ifodalangan realizatsiya qilish hajmlarini (qo‘shilgan qiymat
solig‘i va aksiz solig‘ini chegirgan holda) naturada ifodalangan
realizatsiya qilish hajmiga bo‘lish orqali aniqlanadi.
Hisobot davrida tayyor mahsulot realizatsiya qilinmagan bo‘lsa,
soliq solinadigan baza realizatsiya qilish amalga oshirilgan oxirgi
202
hisobot davrida tayyor mahsulotni realizatsiya qilishning o‘rtacha
olingan bahosidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Tayyor mahsulot umuman realizatsiya qilinmagan taqdirda, soliq
solinadigan baza hisobot davrida mazkur foydali qazilmalarni kavlab
olishning (ajratib olishning) ishlab chiqarish tannarxidan kelib chiqqan
holda aniqlanadi.
Bunda soliq to‘lovchi realizatsiya qilish amalga oshirilgan o‘sha
hisobot davrida hisoblangan yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq
summasiga hisobot davrida tarkib topgan o‘rtacha olingan bahodan kelib
chiqqan holda keyingi tuzatishni kiritishi shart.
Tayyor mahsulot tannarxidan past bahoda realizatsiya qilingan yoki
topshirilgan taqdirda o‘rtacha olingan bahoni hisob-kitob qilish uchun
tannarx qabul qilinadi, lekin u deklaratsiya qilinayotgan baholardan
yuqori bo‘lmasligi kerak.
Tayyor mahsulot (tayyor mahsulotning bir qismi) boshqa tayyor
mahsulotni ishlab chiqarish uchun xom ashyo bo‘lgan yoki tayyor
mahsulot (qayta ishlab hosil qilingan mahsulot) o‘zining ishlab chiqarish
yoki xo‘jalik ehtiyojlari uchun foydalanilgan hollarda bunday mahsulot
uchun soliq solinadigan baza kavlab olingan (ajratib olingan) tayyor
mahsulotning ishlab chiqarish tannarxidan kelib chiqqan holda
aniqlanadi.
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun
soliq stavkalari O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti qarori bilan belgilanadi va soliq
to‘lovchilarga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Davlat
soliq qo‘mitasi va uning quyi organlari tomonidan belgilangan tartibda
yetkaziladi.
Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda qazib olinadigan xom-ashyo turlari
bo‘yicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning tabaqalashtirilgan
stavkalari belgilangan. Foydali qazilmalarni qazib olishning tabiiy noqulay
sharoitda ishlaydigan konlar davlat tomonidan qo‘shimcha ravishda
qo‘llab quvvatlanadi. Ularga nisbatan pasaytirilgan soliq stavkalarni joriy
etish orqali bunday korxonalar ishlab chiqarishini rivojlantirish va
zamonaviylashtirishga qo‘shimcha mablag‘lar yo‘naltirish imkoniyatiga
ega bo‘ladi. Hozirgi vaqtda jami 55 turdagi foydali qazilmalarga nisbatan
tabaqalashtirilgan tarzda soliq stavkalari o‘rnatilgan.
2018-yil 1-yanvardan boshlab yer qa’ridan foydalanganlik uchun
soliq stavkalari quyidagicha belgilangan.
Dostları ilə paylaş: |