199
Ushbu ko‘rsatkichlar yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning
byudjet daromadlari tarkibida ahamiyatli ekanligidan darak beradi.
Respublikamizda yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq yer osti
boyliklarining 53 turiga nisbatan belgilangan bo‘lsada,
byudjetga soliq
tushumi faqatgina 4-5 turdagi yer osti boyliklariga mutloq ravishda
bog‘liq bo‘lib qolmoqda.
So‘nggi yillarda yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning
tushumlari tarkibida oltin 43.1 foizni, tozalangan mis 38.3 foizni, neft
4.4 foizini, tabiiy gaz va gaz kondencati 10.4 foizini, kumush 1.7
foizni
tashkil etmoqda.
Agarda hududlar bo‘yicha tahlil qilinganda yer qa’ridan
foydalanganlik uchun soliq jami tushumining 38.4 foizi Toshkent
viloyatiga, 46.3 foizi Navoiy viloyatiga, 13.2
foizi Qashqadaryo
viloyatiga to‘g‘ri kelgani holda qolgan 2.1 foizi respublikamizning
boshqa hududlari zimmalariga to‘g‘ri keladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida
konlarni
aniqlash va qidirish, foydali
qazilmalarni kavlab olish, mineral xom
ashyodan va (yoki) texnogen mineral
hosilalardan foydali
komponentlarni ajratib
olishni amalga oshirayotgan, shuningdek, foydali
qazilmalardan foydali
komponentlarni ajratib olgan holda ularni qayta ishlashni amalga
oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslar soliq solish maqsadida yer
qa’ridan foydalanuvchilardir.
Yer qa’ridan foydalanuvchilar quyidagi
soliqlar va maxsus
to‘lovlarni to‘laydilar:
yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;
qo‘shimcha foyda solig‘i;
bonus (imzoli va tijoratbop topilma bonuslar).
Soliq kodeksining 243-moddasiga ko‘ra, yer qa’ridan
foydalanganlik uchun soliqni to‘lovchilar quyidagilardir:
yer qa’ridan foydali qazilmalarni kavlab olayotgan, mineral xom
ashyodan va (yoki) texnogen mineral
hosilalardan foydali
komponentlarni ajratib olayotgan yer qa’ridan foydalanuvchilar;
foydali qazilmalardan foydali komponentlarni ajratib olgan holda
ularni qayta ishlashni amalga oshirayotgan yer qa’ridan
foydalanuvchilar.
Soliqqa tortish maqsadida yer osti
boyliklari deganda yer
qobig‘ining yuqori qismini qamrab oladigan hamda foydali qazilmalarni
Dostları ilə paylaş: