Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/220
tarix21.10.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#158531
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   220
Элекрон қулланма (дарслик)

Mavzuga doir masalalar 
 
1-masala
. Sanoat korxonasi hisobot davrida jami 55000 kub metr 
suv resurslaridan foydalangan bo‘lib, shundan 38 foizi yer osti 
manbalaridan, qolgan qismi esa yer usti manbalaridan olingan.
Soliqning hisobi


195
Korxona to‘lashi lozim bo‘lgan suv resurslaridan 
foydalanganlik uchun soliq summasini hisoblang. 
 
2-masala
. Elektrostansiya hisobot davrida 38500 kub metr yer usti 
suv resurslaridan, 44800 kub metr yer osti suv resurslaridan 
foydalangan. 
Korxona to‘lashi lozim bo‘lgan suv resurslaridan 
foydalanganlik uchun soliq summasini hisoblang. 
 
3-masala
. Kommunal xo‘jaligi hisobot davrida 170 000 metr kub 
hajmida aholi punktlarini suv bilan ta’minlangan. Shuningdek, o‘z 
iste’moli uchun 27000 metr kub yer usti suv resurslaridan foydalangan. 
Korxona to‘lashi lozim bo‘lgan suv resusrlaridan 
foydalanganlik uchun soliq summasini hisoblang.
 
4-masala
. Sanoat korxonasi Toshkent shahar M.Ulug‘bek tumani 
DSIda ro‘yxatga olingan. Korxona hisobot davrida Toshkent viloyati 
Qibray tumani hududidagi suv resurslaridan (yer usti manbalaridan) 
28000 metr kub, o‘zi joylashgan tumandagi yer osti suv manbalaridan 
12500 metr kub foydalangan. 
Korxonaning hisobot davrida to‘lashi lozim bo‘lgan suv 
resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasini aniqlang. 
Korxona soliq hisob-kitobini qaysi tuman DSIga taqdim etadi va 
soliqni to‘laydi? 
O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar 
 
1.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni joriy etishda 
ko‘zda tutilgan maqsad nima? 
2.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lovchilari 
kimlar? 
3.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni davlat byudjetiga 
ta’minlab beradigan asosiy soliq to‘lovchilarni bilasizmi? 
4.
Soliqqa tortish obyekti qanday tartibda aniqlanadi? 
5.
Soliq stavkalari qaysi mezonlar asosida belgilangan? 
6.
Qanday yuridik shaxslar suv resurslaridan foydalanilganlik 
uchun soliqdan ozod etiladi? 
7.
Yuridik shaxslar suv resurslaridan foydalanilganlik uchun soliq 
bo‘yicha joriy to‘lovlarni qanday muddatda to‘laydilar? 


196
8.
Suv resurslaridan foydalanilganlik uchun soliqning hisob-kitobi 
davlat soliq xizmati organlariga qanday muddatda taqdim etiladi? 
9.
Soliq davri mobaynida mo‘ljallanayotgan soliq solinadigan baza 
o‘zgargan taqdirda, soliq to‘lovchi suv resurslaridan foydalanganlik 
uchun soliq summasi to‘g‘risida aniqlashtirilgan ma’lumotnoma taqdim 
etishga haqlimi? 
10.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lash 
to‘g‘risidagi to‘lov xabarnomasi yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil 
etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklariga qaysi davlat organi 
tomonidan topshiriladi? 
11.
Suv resurslaridan foydalanilganlik uchun soliqni to‘lash qanday 
muddatdan kechiktirmay amalga oshiriladi? 
12.
Soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 
bo‘yicha joriy to‘lovlar summasi hisob-kitobga ko‘ra byudjetga 
to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasiga nisbatan 10 foizdan ortiq 
miqdorga kamaytirilgan taqdirda, davlat soliq xizmati organi qanday 
huquqqa ega? 

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin