Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/220
tarix21.10.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#158531
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   220
Элекрон қулланма (дарслик)

Soliq bo‘yicha taqdim 
etilgan imtiyozlar


192
qo‘llanilmaydi hamda soliq summasi imtiyoz qo‘llanilgan butun davr 
uchun to‘liq miqdorda undiriladi. 
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarishda 
soliq solinadigan baza quyidagi hajmlarga kamaytiriladi:

sog‘liqni saqlash muassasalarida davolash maqsadida 
foydalaniladigan yer osti mineral suvlari hajmiga, bundan savdo tarmog‘ida 
realizatsiya qilish uchun foydalanilgan suv hajmi mustasno;

atrof muhitga zararli ta’sir ko‘rsatishining oldini olish maqsadida 
chiqazib olinadigan yer osti suvlari hajmiga, ishlab chiqarish va texnik 
ehtiyojlar uchun foydalanilgan suv hajmi bundan mustasno;

shaxtadan suvlarni qochirish uchun, foydali qazilmalarni qazib 
olish vaqtida chiqazib olingan va qatlamdagi bosimni saqlab turish 
uchun yer qa’riga qaytarib quyiladigan yer osti suvlari hajmiga, bundan 
ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun foydalanilgan suv hajmi 
mustasno;

gidroelektr stansiyalari gidravlik turbinalarining harakati uchun 
foydalaniladigan suv hajmiga; 

qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sho‘rlangan yerlarni yuvish 
uchun foydalaniladigan suv hajmiga. 
Soliq kodeksining 262-moddasiga ko‘ra 
suv resurslaridan foydalanganlik uchun 
soliqning soliq davri kalendar yil hisoblanadi. 
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun 
soliq summasi soliq solinadigan bazadan va 
belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. 
Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon 
xo‘jaliklari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi 
davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq solinadigan bazadan va 
belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda belgilanadi. 
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobi 
suvdan foydalanish yoki suv iste’moli joyidagi davlat soliq xizmati 
organlariga quyidagilar tomonidan yiliga bir marta taqdim etiladi:

yuridik shaxslar tomonidan (qishloq xo‘jaligi korxonalari bundan 
mustasno) - yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda;

yagona yer solig‘ini to‘lashga o‘tmagan qishloq xo‘jaligi 
korxonalari tomonidan - joriy soliq davrining 15 dekabrigacha;

O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali 
amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari, 

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin