Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/220
tarix21.10.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#158531
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   220
Элекрон қулланма (дарслик)

Soliqni hisoblab chi-
qarish tartibi va to‘-
lash muddatlari


193
shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan - soliq davridan 
keyingi yilning 25 yanvarigacha (8-ilova). 
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lash to‘g‘risidagi 
to‘lov xabarnomasi yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda 
tuzilgan dehqon xo‘jaliklariga davlat soliq xizmati organlari tomonidan 
soliq davridan keyingi yilning 1 fevralidan kechiktirmay topshiriladi. 
Soliq davri mobaynida soliq to‘lovchilar suv resurslaridan 
foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha joriy to‘lovlarni to‘laydilar, bundan 
yagona yer solig‘ini to‘lashga o‘tmagan qishloq xo‘jaligi korxonalari, 
O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga 
oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari, shuningdek, 
yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon 
xo‘jaliklari mustasno.
Joriy to‘lovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun soliq to‘lovchilar 
joriy soliq davrining 25 yanvarigacha, yangi tashkil qilinganlari esa 
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e’tiboran o‘ttiz kundan 
kechiktirmay, suvdan foydalanish yoki suv iste’moli joyidagi davlat 
soliq xizmati organlariga mo‘ljallanayotgan soliq solinadigan bazadan 
(foydalaniladigan suv hajmidan) va suv resurslaridan foydalanganlik 
uchun belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblangan 
joriy soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 
summasi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani taqdim etadilar.
Hisoblab chiqarilgan joriy to‘lovlar quyidagicha to‘lanadi:

soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 
summasi eng kam ish haqining ikki yuz baravaridan ko‘pni tashkil 
etadigan yuridik shaxslar tomonidan (mikrofirmalar va kichik 
korxonalar bundan mustasno) - har oyning 25-kunidan kechiktirmay suv 
resurslaridan foydalanganlik uchun soliq yillik summasining o‘n ikkidan 
bir qismi miqdorida;

soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 
summasi eng kam ish haqining ikki yuz baravaridan kamni tashkil 
etadigan mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan 
yuridik shaxslar, shuningdek, mikrofirmalar, kichik korxonalar va yakka 
tartibdagi tadbirkorlar tomonidan - yilning har choragi uchinchi oyining 
25-kunidan kechiktirmay suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 
yillik summasining to‘rtdan bir qismi miqdorida.
Soliq davri mobaynida mo‘ljallanayotgan soliq solinadigan baza 
o‘zgargan taqdirda, soliq to‘lovchi suv resurslaridan foydalanganlik 
uchun soliq summasi to‘g‘risida aniqlashtirilgan ma’lumotnoma taqdim 


194
etishga haqli. Bunda soliq davrining qolgan qismi uchun joriy 
to‘lovlarga suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning o‘zgarish 
summasiga teng ulushlarda tuzatish kiritiladi.
Soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lash 
joriy to‘lovlar hisobga olingan holda soliq to‘lovchilar tomonidan, 
suvdan foydalanish yoki suv iste’moli joyida, hisob-kitob taqdim 
etiladigan muddatdan kechiktirmay amalga oshiriladi, bundan yuridik 
shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklari 
mustasno.
Soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha 
joriy to‘lovlar summasi hisob-kitobga ko‘ra byudjetga to‘lanishi lozim 
bo‘lgan soliq summasiga nisbatan 10 foizdan ortiq miqdorga 
kamaytirilgan taqdirda, davlat soliq xizmati organi joriy to‘lovlarni suv 
resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning haqiqiy summasidan kelib 
chiqib, penya hisoblagan holda qaytadan hisoblab chiqadi.
Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan 
dehqon xo‘jaliklari tomonidan suv resurslaridan foydalanganlik uchun 
soliq to‘lash yiliga bir marta, soliq davridan keyingi yilning 1 mayigacha 
amalga oshiriladi. 
Yuridik shaxslarning byudjet bilan suv 
resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 
bo‘yicha hisob-kitoblarining buxgalteriya 
hisobi byudjetga to‘lovlar bo‘yicha (turlar bo‘yicha) qarzlarni hisobga 
olish hisobvarag‘ida yuritiladi. 
Hisoblab yozilgan soliq summasi quyidagicha aks ettiriladi: 

davr xarajatlarini hisobga olish hisobvarag‘i debeti; 

byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni hisobga olish hisobvarag‘i 
krediti. 
Byudjetga o‘tkazilgan soliq summalari quyidagicha aks ettiriladi: 

byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni hisobga olish hisobvarag‘i 
debeti; 

pul mablag‘larini hisobga olish hisobvarag‘i krediti. 

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin