Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
121
boshlaganini his qilib, lekin shu zahoti uning miyasidan, tag‘in bu rahmdil odam marhumning 
kvartirasiga o‘zini propiska qilib ulgurgan bo‘lsa-ya, degan fikr lip etib o‘tdi, zero hayotda bunday 
hollar ham bo‘lib turadi. 
— Afv etasiz, siz mening rahmatli Mishamning do‘stimidingiz? — deb so‘radi u qup-quruq chap 
ko‘zini yengi bilan artarkan, o‘ng ko‘zi bilan g‘amga botgan Korovyovni kuzatib. Lekin u uyni 
buzgudek bo‘lib shunaqa ho‘ngrab yig‘lardiki, takror-takror qaytarilgan «cho‘rt uzildi, ikki bo‘lak 
bo‘ldi!» — degan so‘zlardan boshqa hech nimani anglab bo‘lmasdi. Korovyov ho‘ngrab-ho‘ngrab 
xumordan chiqqach, yuzini devordan uzib dedi: 
— Yo‘q, ortiq chidolmayman! Borib efir valeryankasidan uch yuz tomchi ichmasam bo‘lmaydi! — 
shundan keyin u ko‘z yoshidan jiqqa ho‘l yuzini Poplavskiyga o‘girib ilova qildi: — Mana sizga 
tramvayning kasofati! 
Kechirasiz, menga telegrammani siz yuborganmidingiz? — deb so‘radi Maksimilian 
Andreevich, bu g‘ayritabiiy yig‘loqi odam kim bo‘ldiykin, deb hamon peshanasini tirishtirib 
o‘ylarkan... 
— Anavi! — dedi Korovyov barmog‘i bilan mushukni ko‘rsatarkan. 
Poplavskiy, yanglish eshitdim, deb o‘ylab baqrayib qoldi. 
— Yo‘q, chidolmayman, yig‘lashga ortiq majolim qolmadi, — deb davom etdi Korovyov burnini 
«sho‘lq-sho‘lq» tortarkan, — eslasam: g‘ildirak sho‘rlikning oyog‘ini... bitta g‘ildirak kamida o‘n pud 
kelar-ov... Qars etib! Borib yotib, pinakka ketmasam, ortiq chidolmayman, — shunday dediyu 
dahlizdan g‘oyib bo‘ldi. 
Mushuk esa o‘rnidan qo‘zg‘aldi, stuldan «tap» etib sakrab tushib, orqa oyoqlariga turdi, old 
oyoqlarini beliga qo‘ydi-da, og‘zini pattoyi kavushdek ochib, tilga kirdi: 
— Ha, men yuborgandim telegrammani. Xo‘sh, nimaydi ? 
Maksimilian Andreevichning shu zahoti ko‘zi tinib, boshi aylanib ketdi, oyoq-qo‘llari shol bo‘lib 
qoldi, chamadonini tushirib yuborib, mushukning ro‘parasida stulga o‘tirib qoldi: 
— Men rus tilida gapiryapman shekilli, — dedi mushuk dag‘dag‘a bilan, — xo‘sh, yana nima 
deysiz?.. 
Biroq Poplavskiy «churq» etib ham javob qila olmadi. 
— Pasportingiz! — deb miyovladi mushuk va momiq panajsini uzatdi. 
Butunlay esi og‘ib qolgan Poplavskiy mushuk ko‘zlarida yonib turgan ikkita uchqundan boshqa 
hech nimani ko‘rmay, cho‘ntagidan pasportini xuddi xanjarni qindan sug‘urganday chiqardi. Mushuk 
ko‘zgu ostidagi stolchada yotgan qalin qora gardishli ko‘zoynakni olib taqib, yana ham savlatliroq 
bo‘lib ketdi va Poplavskiyning dag‘-dag‘ qaltirayotgan qo‘lidan pasportni yulqib oldi. 
«Qiziq, hushimdan ketarmikinman yo yo‘qmi?» — deb o‘yladi Poplavskiy. Olisdan hamon 
Korovyovning piqillab yig‘lagani eshitilar, dahlizni efir, valeryanka va yana allaqanday badbo‘y 
narsaning hidi tutib ketgan edi. 
— Hujjatni qaysi militsiya bo‘limi bergan? — deb so‘radi mushuk pasportni varaqlarkan. Javob 
bo‘lmadi. 
Mushuk teskari ushlab olgan pasport bo‘ylab panjasini yuritarkan o‘ziga-o‘zi dedi: 
— To‘rt yuz o‘n ikkinchi bo‘lim... ha, to‘g‘ri, o‘n ikkinchi! Menga tanish bu bo‘lim! U yerda itgayam-
bitgayam pasport beraverishadi! Lekin men, masalan, sizga bermasdim. Sirayam bermasdim! 
Basharangizga bir qarardimu darhol rad etardim! — Mushukning achchig‘i chiqib, pasportni yerga otib 
yubordi. — Sizning dafn marosimiga qatnashishingiz bekor qilinadi, — deb davom etdi mushuk 
rasmiyatchilik bilan. — Darhol o‘z turar joyingizga jo‘nab keting. — So‘ng eshik tomonga o‘girilib 
shang‘illadi: — Azazello! 
Shu mahal dahlizga egnidagi qora trikosi badaniga chippa yopishib turgan, pak-pakana, belidagi 
kamariga pichoq qistirib olgan, mallasoch, chap ko‘ziga oq tushgan, sap-sariq so‘yloq tishli cho‘loq 
odam otilib chiqdi. 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin