Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə186/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
185
— Ovsar! — dedi Pilat, negadir aftini burishtirib. Uning chap ko‘zi osti ucha boshladi, — oftobda 
jizg‘anak bo‘lib o‘lishni afzal ko‘ripti. Qonun yo‘l bergan narsadan bosh tortishning nima hojati bor 
ekan? Nima deb vaj qildi? 
— U, — yana ko‘zini yumib turib javob qildi mehmon, — minnatdorlik bildirdi va jonini 
olayotganlari uchun ayblamasligini aytdi. 
— Kimni ayblamasligini? — bo‘g‘iq ovoz bilan so‘radi Pilat. 
— Buni aytmadi, igemon. 
— Navkarlar oldida va’z qilishga urinmadimi? 
— Yo‘q, igemon, u yerda u nihoyatda kamsuxan edi. Bor-yo‘g‘i bitta gap aytdi; odamzodga 
mansub illatlar ichida eng marazi qo‘rqoqlikdir, — dedi. 
— Bu gapi bilan nimaga shama qildi? — degan sovuq ovoz eshitildi birdan mehmonning qulog‘iga. 
— Buni aniqlab bo‘lmadi. U, umuman, har doimgiday o‘zipi juda g‘alati tutdi. 
— G‘alatiligi nimadan iborat bo‘ldi? 
— U doim atrofdagi odamlarning ko‘ziga tikilib qarashga urindi va mudom parishonxotir jilmayib 
gurdi. 
— Bor gap shumi? — deb so‘radi xirillagan ovoz. 
— Bora gap shu. 
Prokurator o‘ziga may quyaturib, qadahni «do‘q» etib qo‘ydi. Keyin uni bir ko‘tarishda oxirigacha 
siiqordi-da, shunday dedi: 
— Gap bunday: garchi biz — loaqal bugungi kunda — uning biron-bir muxlisi yoki izdoshini topa 
olmasak ham, baribir, undaylar mutlaqo yo‘q deb kafolat bera olmaymiz. 
Mehmon boshini egib, diqqat bilan quloq solar edi. 
— Shunga ko‘ra, bironta tasodifiy holning oldini olish maqsadida, — deb gapida davom etdi 
prokurator, — zudlik bilan, hech qanday tovush chiqarmay uchala qatlning jasadini yer yuzidan yo‘q 
qilishingizni va ularni imi-jimida, hech qanday nom-nishon qoldirmay ko‘mdirib tashlashingizni 
iltimos qilaman. 
— Bosh ustiga, igemon, — dedi mehmon o‘rnidan turarkan, so‘ng ilova qildi: — Vazifa murakkab 
va mas’uliyatli bo‘lgani sababli, ruxsat eting, darhol yo‘lga tushay. 
— Yo‘q, yana bir oz o‘tiring, — dedi Pilat qo‘l ishorasi bilan mehmonni yo‘ldan to‘xtatib, — yana 
ik-kita masala bor. Ikkinchisi — sizning Iudeya prokuratori huzurida maxfiy xizmat boshlig‘i 
lavozimidek eng mashaqqatli ishda ko‘rsatgan ulkan xizmatlaringiz, ko‘rsatayotgai faoliyatingiz 
to‘g‘risida Rimda bayonot berishdek imkoniyatga musharraf bo‘lganimdan baxtiyorman. 
Mehmonning yuzi cho‘g‘dek qizarib ketdi, u o‘rnidan turib prokuratorga ta’zim qilarkan, dedi: 
— Kamina imperator xizmatidagi o‘z burchimni ado etmokdaman, xolos! 
— Vale, men sizdan shuni iltimos qilmoqchimankim, — deb davom etdi igemon, — basharti sizga 
bu yerdagidan kattaroq lavozim taklif etib, boshqa joyga jo‘natmoqchi bo‘lsalar, u lavozimdan bosh 
tortib, shu yerda qolishga harakat qiling. Men sizdan ajralishni zinhor-bazinhor istamayman. Yaxshisi, 
sizni boshqacha tarzda taqdirlasinlar. 
— Sizning qo‘l ostingizda xizmat qilish men uchun katta baxt, igemon. 
— G‘oyat xursandman. Endi, uchinchi masala. Bu masala anavi... kiriaflik Iudaga taallukli. 
Shu yerga kelganda mehmon yana prokuratorga bir lahza qattiq tikilib, so‘ng yana qovoqlarini 
o‘yib oldi. 
— Eshitishimcha, — ovozini pastlatib davom etdi prokurator, — u anavi telba faylasufni o‘z uyida 
quchoq ochib kutib olgani uchun pul olganmish. 
— Oladi, — maxfiy xizmat boshlig‘i ohista tuzatish kiritdi Pilatning gapiga. 
— Ko‘pmi? 
— Buni hech kim bilmaydi, igemon. 
— Hatto siz hammi? — dedi igemon xushomadona hayrat bilan. 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin