Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə182/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
181
sadosi edi. Hech nima g‘oyib bo‘lmadi, iqtidorli Voland chindan ham qudratli ekan, Margarita 
ko‘ngliga siqqancha, hattoki tong otgunga qadar ham daftarlarni varaqlab, ularga ko‘z yugurtirib, 
sahifalarini o‘pib, undagi so‘zlarni qayta-qayta o‘qib o‘tirishi mumkin edi: 
— O‘rtaer dengizi yoqdan bostirib kelgan zulmat prokuratorga manfur bo‘lgan shaharni burkab 
oldi... Ha, O‘rtaer dengizi.... 
Yigirma beshinchi bob
 
PROKURATORNING KIRIAFLIK IUDANI QUTQARMOQCHI BO‘LGANI
O‘rtaer dengizi yokdan bostirib kelgan zulmat prokuratorga manfur bo‘lgan shaharni burkab oldi. 
Jomeni dahshatli Antoniy minorasi bilan ulagan muallaq ko‘priklar g‘oyib bo‘ldi, osmondan tushgan 
quyuq zulmat hippodrom uzra qanot yozgan ma’budlarning haykallarini, Xasmoney qasrini va uning 
shinaklarini, bozorlarni, karvonsaroylarni, ko‘chalar va hovuzlarni qamrab oldi... Azim shahar — 
Yershalaim go‘yo hech qachon dunyoda bo‘lmaganday ko‘zdan yo‘qoldi. Yershalaim va unipg 
atrofida tirik jon borki, hammasiga zulmat tahdid soldi va bitta qo‘ymay yutib yubordi. Bahorgi nison 
oyining o‘n to‘rtinchi kuni kechki payt dengiz tomondan juda alomat bulut bostirib kelgan edi. 
Bulut Taqir Boshchanoqni — jallodlar qatllarga shosha-pisha nayza sanchib o‘ldirayotgan o‘sha 
Taqir Tepani — butkul burkab oldi. U yana ayni paytda Yershalaimdagi jomeni ham chulg‘ab oldi, 
so‘ng u joylashgan tepalikdan misoli tutundek burqsab oqib tushib, Quyi Shaharni ham butkul 
qamradi. U uy darchalaridan oqib kirar va qing‘ir-qiyshiq ko‘chalarda yurgan odamlarni uy-uylariga 
quvib kiritardi. U o‘z obi-rahmatini quyishiga shoshilmas, hozircha faqat shu’la sochardi. Chaqmoq 
chaqilib, qora bo‘tqani eslatuvchi bulutni chok qilishi bilan quyuq zulmat og‘ushidan tomi baliq 
tangalarini eslatuvchi jomening xmahobatli qomati qad ko‘tarardi. Lekin chaqmoq bir zumda 
so‘nardiyu jome yana zulmat qa’riga g‘arq bo‘lardi. Jome binosi shu zayl bir necha taqir zulmat 
qo‘ynidan otilib chiqib, yana shu zulmatga sho‘ng‘idi, lekin uning har sho‘ng‘ishini momaqaldiroq 
mudhishona gumburlab kuzatdi... 
Jala kutilmaganda sharros quyib yubordi, shunda momaqaldiroqdan quyun vujudga keldi. 
Prokurator bilan hazrati buzruk boya choshgohda suhbat qurgan bog‘dagi marmar o‘tirg‘ich yonida 
hozir misoli zambarakdek gumburlagan yashin bir tup sarv daraxtini xuddi bir cho‘pdek cho‘rt 
sindirdi. Bo‘ron ustunlar poyiga — balkonga yomg‘ir va do‘l bilan birga atirgullaru magnoliya 
yaproqlarini uzib, shox-shabbalar va qum to‘zoni bilan uchirib kelardi. 
Bu mahal ustunlar poyida faqat bir kishi bor edi, u ham bo‘lsa prokurator edi. 
Endi u kresloda o‘tirmas, balki chorpoyada yonboshlab yotardi, chorpoya oldida turgan xontaxtaga 
turli noz-ne’matlaru may to‘ldirilgan ko‘zalar qo‘yilgan edi. Xontaxtaning narigi tomonida ikkinchi 
chorpoya bor edi. Prokuratorning oyog‘i ostida qizil ko‘lmak bo‘lib, u qonni eslatar, shu ko‘lmakda 
singan ko‘zaning sopolaklari yotardi. Boya momaqaldiroq oldidan prokurator uchun dasturxon 
tuzayotgan xizmatkor sohibining qattiq tikilib qaraganidan negadir esankirab qolgan va xo‘jamning 
ko‘nglini topolmadim chog‘i, deb bezovta bo‘la boshlagan edi, shunda prokuratorning achchig‘i chiqib 
may ko‘zasini koshinkor polga urib chilchil qilgan va xizmatkorga: 
— Nega uzatayotganingda ko‘zimga qaramaysan? Nima, biron nima o‘g‘irladingmi? — deb 
o‘dag‘aylab bergan edi. 
Afrikalik xizmatkorning qop-qora yuzi shunda ko‘karib ketgan, ko‘zlarida dahshat alomatlari paydo 
bo‘lgan edi, u dag‘-dag‘ qaltirab sal bo‘lmasa ikkinchi ko‘zani ham sindirib qo‘yardi-yu, biroq 
prokuratorning g‘azabi qanchalik tez qaynagan bo‘lsa, shunchalik tez so‘ngan edi. Afrikalik apir-shapir 
sopolaklarni yig‘ishga va ko‘lmakni artishga kirishgan edi, lekin prokurator qo‘l siltadi va qul bu 
yerdan g‘izillab chiqib ketdi. Ko‘lmak artilmay qoldi. 
Endi, bo‘ron paytida, afrikalik qul prokuratorning ko‘ziga bevaqt tashlanishdan qo‘rqib va ayni 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin