Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
19
so‘ndi, — bundan naf chiqmaydi. Xotining yo‘qmi? — negadir ma’yus ohangda so‘radi Pilat; bunday 
kayfiyatga tushganidan o‘zi ham hayron edi. 
— Yo‘q, so‘qqaboshman. 
— Yaramas shahar, — dedi prokurator to‘satdan va xuddi sovuq qotgandek yelkalarini uchirib 
qo‘ydi, qo‘llarini esa xuddi yuvinayotgandek, bir-biriga ishqadi, — seni o‘sha kiriaflik Iuda bilan 
suhbat qurmasingdan oldin bo‘g‘izlab ketishganidami, oriy rost, yaxshiroq bo‘lardi. 
— Sen meni qo‘yib yuborsang bo‘lardi, igemon, — deb kutilmaganda iltijo qildi mahbus, uning 
ovozida hayajon paydo bo‘lgan edi, — ko‘nglim sezyapti, meni qatl etishmoqchiga o‘xshaydi. 
Pilatning yuzi asabiy burishib ketdi, u yallig‘langan ko‘zini Ieshuaga qaratdi. Ko‘zining oqi taram-
taram qizil tomirchalar bilan qoplangan edi. 
— O, badbaxt, — dedi u, — nahotki Rim prokuratori, og‘zingdan qanday gaplar chiqqanini bila 
turib, seni qo‘yib yuboradi deb o‘ylasang? O xudolar! Yoki sening o‘rningda bo‘lishni orzu qilyapti 
deb o‘ylayapsanmi meni? Fikrlaringga men qo‘shilmayman! Endi gapimni qulog‘ingga quyib ol: agar 
shu daqiqadan boshlab churq etib og‘iz ochgudek, bironta odamga luqma tashlagudek bo‘lsang, 
mendan o‘pkalama! Takror aytaman: mendan ehtiyot bo‘l. 
— Igemon... 
— Jim bo‘l! — deb chinqirdi Pilat va bu payt yana ravonga uchib kirgan qaldirg‘ochni darg‘azab 
ko‘zlari bilan kuzata boshladi. — Xoy, buyoqqa! — deb baqirdi u. 
Kotib va soqchilar kirib, o‘z joylarini egallashdi, shunda Pilat, Kichik Sinedrion majlisida 
jinoyatchi Ieshua Ha-Notsri ustidan chiqarilgan o‘lim ja-zosini tasdiqlaganini e’lon qildi, kotib esa 
Pilatning aytganlarini darhol qayd qildi. 
Yana bir daqiqadan keyin prokuratorning qoshida Mark Kalamushkush turardi. Pilat unga shunday 
buyruq berdi: 
— Bu jinoyatchini maxfiy xizmat boshlig‘iga topshirasan, ayni paytda unga, Ieshua Ha-Notsrini 
o‘zga jinoyatchilardan ajratilgan holda saqlash haqida, shuningdek, Ieshua bilan biron narsa to‘g‘risida 
gaplashgan yoxud uning biron-bir savoliga javob bergan har bitta maxfiy xizmat xodimi eng og‘ir 
jazoga mustahiq etilajagi haqidagi farmoyishimni ham yetkazasan. 
Markning bir ishorasi bilan soqchilar Ieshua atrofini o‘radilaru uni ravondan olib chiqib ketdilar. 
Keyin prokuratorning qarshisida qaddi-qomati kelishgan, oq-sariq soqolli xushro‘y yigit namoyon 
bo‘ldi; uning ko‘ksini to‘sgan sovutda sherlarning yaltiroq tumshuqlari aks ettirilgan, dubulg‘asiga toj 
sifatida burgut pati o‘rnatilgan, shamshirining kamarbandiga oltin to‘qalar qadalgan, tagcharmi uch 
qavat bo‘lgan poyabzalining iplari to tizzasigacha butun boldirini chandib bog‘langan, qnrmizirang 
ridosi chap yelkasiga tashlangan edi. Bu — legion* sarkardasi edi. Prokurator undan, Sobastiya 
kogortasi hozir qaerda turipti, deb so‘radi. Sarkarda, sebastiyaliklarning hozir Hippodrom oldidagi 
maydonni qurshab turgani, u yerda jinoyatchilar ustidan chiqarilgan hukm xalqqa elon qilinajagi 
haqida xabar qildi. 
Shunda prokurator sarkardaga Rim kohortasidan ikki kenturiya* ajratishni buyurdi. Bu 
kenturiyalardan biri Kalamushkush boshchiligida jinoyatchilarni
,
qatl etish ashyolari ortilgan aravalarni 
va jallodlarni Taqir Tepaga kuzatib borishi, so‘ng ular yetib borgan zahoti yuqori qismini qurshab 
olishi lozim edi. Ikkinchi kenturiya esa hoziroq Taqir Tepaga jo‘nab ketib, darhol uning atrofini ihota 
qilib olishi zarur edi. Prokurator Pilat shu maqsadni ko‘zlab, ya’ni Tepani muhofaza kilish uchun, 
sarkardadan ko‘makchi otliq polk qo‘shinini yuborishni iltimos qildi. 
Sarkarda chiqib ketgach, prokurator kotibga yuzlanib, Sinedrion prezidenti hamda uning ikki 
a’zosini, shuningdek, Yershalaim ibodatxonalari soqchilarining sardorini qasrga taklif etishni buyurdi, 
lekin shu buyrug‘i ketidan yana ilova qildi: 
— Shunday qilginki, taklif etilgan shu odamlar bilan kengashga o‘tkazishdan oldin, men prezident 
bilan xoli uchrashib olay. 
Prokuratorning amri tez va aniq bajarildi. Keyingi kunlarda Yershalaimni benihoya shafqatsizlik 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin