Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
15
o‘ylardi. Lekin ishonmay iloji yo‘q edi. Oqibat u, mahbusning ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan bunday 
gustohligini eshitgan tajang prokuratorning g‘azabi qanday antiqa shaklda ifoda qilinishini tasavvur 
qilishga urinib ko‘rdi. Kotib buni ham tasavvur qila olmadi, holbuki, u prokuratorning fe’lini juda 
yaxshi bilardi. 
Shunda Pilatning so‘nik va hirqiroq ovozi eshitildi: 
— Qo‘lini yechinglar, — dedi u lotin tilida. Soqchi legionerlardan biri nayzasini yerga «do‘q» etib 
urib, uni boshqa soqchiga berdi va o‘zi mahbusga yaqinlashib arqonni yechdi. Kotib yerga tushgan 
pergament o‘ramini ko‘tarib oddi, lekin hozircha hech nima yozmaslikka, hech narsadan 
ajablanmaslikka ahd qildi. 
— Rostini ayt, — yunon tilida pichirlab so‘radi Pilat, — sen hakimi hoziqmisan? 
— Yo‘q, prokurator, hakim emasman, — javob qildi mahbus anjirday ezilgan va shishib qizarib 
ketgan bilaklarini huzur qilib uqalarkan. 
Pilat mahbusga qovog‘i ostidan xuddi uni teshib yuborgudek o‘qrayib qaradi, uning ko‘zlaridagi 
xiralik endi yo‘qolib, yana hammaga tanish bo‘lgan g‘azab uchqunlari paydo bo‘lgandi. 
— Boya so‘ramabman, — dedi Pilat, — sen balki lotin tilini ham bilarsan? 
— Ha, bilaman, — javob qildi mahbus. Pilatning za’faron yuziga qon yugurdi va u lotinchalab 
so‘radi: 
— Itni yonimga chaqirmoqchi bo‘lganimni qanday bidding? 
— Bu qiyin emas, — javob berdi mahbus lotin tilida, — sen xuddi itni silamoqchi bo‘lganday 
qo‘lingni mana bunday qilding, — mahbus Pilatning qo‘l harakatini takrorladi, — keyin lablaring 
ham... 
— Ha, — dedi Pilat. 
Bir oz jim qolishdi, so‘ng Pilat yunon tilida savol berdi: 
— Demak, sen tabibsan? 
— Yo‘q, yo‘q, — shosha-pisha javob qildi mahbus, — gapim rost, tabib emasman. 
— Ha, yaxshi. Agar sir tutmoqchi bo‘lsang, ixtiyoring. Buni ishimizga bevosita daxli yo‘q. Demak, 
sen ibodatxonani vayron qilishga... yo unga o‘t qo‘yishga, yo bo‘lmasa boshqa biron yo‘l bilan uni 
barbod qilishga xalqni da’vat etmagansan? 
— Takror aytaman, igemon, men hech kimni bunday ishga da’vat etmaganman. Nahotki, kaltabin 
odamga o‘xshasam? 
— O, haq rost, sen kaltabin odamga o‘xshamaysan, — past ovoz bilan dedi prokurator va dahshatli 
tarzda jilmayib qo‘ydi. — Hay, bo‘lmasa, bunday qilmaganliging haqida qasam ich. 
— Nima deb qasam ichishimni xohlaysan? — so‘radi qo‘li yechilib, ruhi ko‘tarilgan bandi. 
— Hayotingni tikib ont ichaqol, — dedi prokurator, — hozir ayni hayotingni o‘rtaga qo‘yadigan 
payt, zero, u hozir qil uchida osilib turipti, buni unutma! 
— Hayotimni qil uchiga balki sen osib qo‘ygandirsan, igemon? — so‘radi mahbus. — Agar 
shunday deb o‘ylayotgan bo‘lsang qattiq yaiglishasan. 
Pilatni qaltiroq bosdi, so‘ng gijir tishlari orasidan dedi: 
— Men o‘sha qilni uzib tashlashim mumkin. 
— Yana yanglishyapsan, — mahbus kaftini quyoshdan soyabon qilib ochiq yuz bilan tabassum 
qildi. — Qilni kim osgan bo‘lsa, o‘shaning o‘zigina uzishi mumkin, shunday emasmi? 
— Ha, tushunarli, — dedi tirjayib Pilat, — yershalaimlik ishyoqmas anqovlarning orqangdan 
galalashib yurganiga endi hech shubham qolmadi. Tilingni kim qayragan bo‘lsa ham juda o‘tkir qilib 
qayrapti. Darvoqe, ayt-chi: sen Yershalaimga Suz qopqasidan eshak minib kirib kelganmishsan, qora 
xalq seni misoli bir payg‘ambardek shodiyona hayqiriqlar bilap kutib olganmish, shu to‘g‘rimi? — 
shunday deb prokurator pergamentga ishora qildi. 
Mahbus hayron bo‘lib prokuratorga tikilib qoldi. 
— Menda eshak degan narsani o‘zi yo‘q, igemon, — dedi u. — To‘g‘ri, Yershalaimga Suz 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin