Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   244
Usta va Margareta

 
Ikkinchi bob
 
PONTIY PILAT
Egniga qirmizi astarli oq rido kiygan Iudeya* prokuratori* Pontiy Pilat* bahorgi nison* oyining o‘n 
to‘rtinchi kuni ertalab barvaqt Buyuk Irod* qasrining ikki qanoti o‘rtasidagi usti yopiq ustunlar poyiga 
xuddi suvoriy kabi poshnasini sudrab chiqib keldi. 
Prokurator hamma narsadan ham atirgul moyining hidini yoqtirmas edi, shu bois, bugungi kun 
dilsiyohlik bilan o‘tishi muqarrar edi, zero bu hid bugun tongdan uni ta’qib qila boshlagan edi. 
Prokuratorning nazarida, atirgul isini bog‘dagi sarv va xurmo daraxtlari chiqarayotganday, ko‘n 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
11
abzallar va otlarning hidiga ham o‘sha la’nati atirgul hidi omixta bo‘layotgandek tuyulardi. 
Prokuratorni Yershalaimga* kuzatib kelgan O‘n ikkinchi Shiddatli legionning birinchi kogortasi* 
joylashgan qasr ortidagi uylardan bog‘ning muallaq sahni osha ustunlar maydoniga tutun esib kelar, 
oshpazlarning tushlik hozirlay boshlaganidan darak beruvchi bu achchiq tutunga ham o‘sha o‘tkir 
atirgul hidi omixta bo‘layotgan edi. O, tangrilar, qay gunohim uchun meni buncha azoblaysizlar? 
«Ha, shubha yo‘q! Yana o‘sha dard, hech daf qilib bo‘lmaydigan yaramas Xemikraniya* kasali — 
u qo‘ziganda kallaning yarmi og‘riydi. Bu dardga davo yo‘q, undan qutulish uchun hech qanday iloj 
ham yo‘q. Boshimni qimirlatmaslikka urinib ko‘ray-chi». 
Favvora yaqinidagi koshinkor sahnga suyanchiqli kursi qo‘yilgan edi, prokurator hech kimga ko‘z 
tashlamay, shu kursiga o‘tirdi-yu, qo‘lini yon tomonga cho‘zdi. 
Kotib uning uzatgan qo‘liga ehtirom bilan bir parcha pergament
3
tutqazdi. Prokurator og‘riq 
azobidan aftini noiloj bujmaytirgancha, pergamentga qiyo boqib, undagi yozuvga ko‘z yugurtirib 
chiqdi va uni kotibga qaytararkan, qiynalib dedi: 
— Tergov qilinayotgan Galileyadan* ekanmi? Uning ishini tetrarxga* yuboruvdinglarmi? 
— Ha, prokurator, — deb javob qildi kotib. 
— U qanday hukm chiqardi? 
— Tetrarx bu ish yuzasidan aybnoma chiqarishdan bosh tortdi va Sinedrion* chiqargan o‘lim 
jazosini tasdiqlashni sizga havola qildi, — deb izohladi kotib. 
Prokurator yonoq payini bir uchirib qo‘yib, past ovoz bilan dedi: 
— Ayblanuvchini olib kiring. 
Shu zahoti ikki legioner bog‘ sahnidan ustunlar poyidagi ravonga yigirma yetti yoshlardagi bir 
odamni boshlab kirib, uni prokurator o‘tirgan kursi ro‘parasiga turg‘izib qo‘yishdi. Bu odam egniga 
havorang uzun juldur ko‘ylak kiygan edi. Uning boshiga oq ro‘mol tashlanib, peshonasi tasma bilan 
bog‘langan, qo‘li esa orqasiga bog‘log‘liq edi. Bu odamning chap ko‘zi osti ko‘kargan, og‘zining bir 
chekkasi shilinib, qoni qotib qolgan edi. U prokuratorga qo‘rquv aralash sinchkovlik bilan tikildi. 
Prokurator bir oz sukutdan so‘ng arameylar* tilida so‘radi: 
— Odamlarni Yershalaim jomesini vayron qilishga undagan senmiding? 
Prokurator toshday qotib o‘tirar, gapirganida faqat lablarigina zo‘rg‘a qimirlardi. U og‘riqdan otash 
bo‘lib yonayotgan boshini chayqashdan qo‘rqqani uchun shunday haykal bo‘lib o‘tirardi. 
Qo‘li bog‘log‘liq odam xiyol oldinga talpindi-da, gap boshladi: 
— O, saxovatli odam! Gapimga ishon... 
Lekin prokurator o‘sha-o‘sha toshday qotib o‘tirgancha, tovushini ham balandlatmay, darhol 
mahbusning so‘zini bo‘ldi: 
— Sen hali meni saxovatli odam deyapsanmi? Yanglishasan. Yershalaimda hamma odamlar meni 
badqahr maxluq deb pichirlashadi — juda to‘g‘ri aytishadi, — keyin u gap ohangini o‘zgartirmay ilova 
qildi: — Kenturion* Kalamushkushni chaqiringlar. 
Maxsus kenturiya" qo‘mondoni Kalamushkush laqabli Mark prokurator qoshida paydo bo‘lganida 
hammaning nazarida go‘yo butun ravonni zulmat chulg‘aganday bo‘ldi. 
Kalamushkush legiondagi eng novcha soddatdan ham bir qarich baland va shu qadar yag‘rindor 
ediki, endi ko‘tarilib kelayotgan quyoshni tamomila to‘sib qo‘ygan edi. 
Prokurator unga lotin tilida gapirdi: 
— Jinoyatchi meni «saxovatli odam» deb aytyapti. Uni bu yerdan bir daqiqaga olib chiqingda, 
menga qanday murojaat qilishni tushuntirib qo‘ying. Lekin mayib qilmang. 
Mark Kalamushkush, orqamdan yur, demoqchi bo‘lganday, mahbusga qo‘l siltadi; shunda toshday 
qotib o‘tirgan prokuratordan boshqa hamma uni orqasidan kuzatib qoldi. 
Umuman, Kalamushkush qaerda bo‘lmasin, daroz odam bo‘lganidan, hamma uni orqasidan kuzatib 
3
Pergament — qog‘oz kashf etilmasdan oldin qog‘oz o‘rnida ishlatilgan teri. 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin